Преподавание зыка и литературы anguage and literature


Juft otlarning ko‘pchiligida jamlik ma’nosi bel-



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
uzb-2019 4-son

Juft otlarning ko‘pchiligida jamlik ma’nosi bel-
gilangan:
qozon-to­voq,­ bola-chaqa,­ oziq-ovqat,­ yax-
shi-yomon,­do‘st-dushman...
Ayrim takroriy otlardan ham jamlik anglashiladi: 
sa
-
vat-savat,­qator-qator,­to‘da­-to‘da...
Birlik va ko‘plikka betaraf vositalarga quyidagi-
lar kiradi:
– donalab sanaladigan yakka jismiy turdosh otlar: 
bola,­o‘quv­chi,­kitob,­o‘yinchoq,­guldon,­shahar,­qish­-
loq, baliq, qush, ari, tarvuz, nok.
Bu otlar birlik, ikkilik, 
ikkidan ortiq aniq ko‘plik, noaniq bo‘linuvchan ko‘plik, 
jamlik va umumiylik ma’nosiga betaraf;
– juft a’zo
 (ko‘z, quloq, qosh, oyoq)
kabi va juft nar-
Firuz SAFAROV, 
Buxoro davlat universiteti dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi;
Nodir RAMAZONOV, 
Chirchiq davlat pedagogika instituti 
o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
OTNING SON -MIQDOR KATEGORIYASI VA GRAMMATIK ME’YOR
sani bildiruvchi
 (etik, paypoq, qo‘lqop)
otlar. Bu otlar bir-
lik va ikkilik ma’nosiga betaraf; 
– 
fikr,­so‘z,­qonun,­bayram
kabi ayrim mavhum otlar 
ham bir lik, ikkilik, ikkidan ortiq aniq ko‘plik, noaniq bo‘li-
nuvchan ko‘plik, jamlik va umumiylik ma’nosiga betaraf;
– 
-lar­shakli
ikkilik va umumiylik ma’nosiga betaraf. 
Son-miqdor (ya’ni birlik va ko‘plik)ka daxli 
bo‘lmagan vosi ta larga quyidagilar kiradi:
– mehr, uyqu, alam, jahl, sukunat, qo‘rqoq lik, hasad, 
sadoqat, tinchlik, ma’naviyat, marifat
kabi mavhum ot-
larga 
-lar
qo‘shilganda ko‘plik anglashilmaydi, o‘zak 
yoki negizning lug‘aviy ma’nosi kuchaytiriladi;
– shakar, tuz, yog‘, asal, suv, un, qor, yomg‘ir, 
tuproq, loy, havo
kabi mayda qism yoki zarrachalardan 
tuzilgan narsani bildiruvchi otlarning miqdori o‘lchov 
orqali ifodalanadi: 
uch litr yog‘, ikki kilogramm shakar. 
Bunday otlarga 
-lar
qo‘shilganda tur, nav ma’nosi ifoda-
lanadi: 
unlar, choy lar, suvlar...
Son-miqdor­kategoriyasi­shakllarining­nutqiy­xususi-
yatida
mazkur shakllar lisoniy xususiyatining nutqda vo-
qelanishi kontekstual tahlil qilinadi. Kontekstual tahlilda 
son-miqdor kategoriyasi vositalarining lisoniy xususiyati 
nutq (so‘z, so‘z birikmasi, gap)da qay darajada namo-
yon bo‘lishi hamda nutq ta’sirida qanday o‘zgarishini 
kuzatish nazarda tutiladi. Son-miqdor kategoriyasi vo-
sitalari lisoniy xususiyatining nutqda voqelanishi ularda 
birlik yoki ko‘plik (ikkilik, ikkidan ortiq aniq miqdor, noa-
niq bo‘linuvchan ko‘plik, jamlik, umumiylik) ma’nolari-
ning belgilanganlik darajasiga bog‘liq.
Birlik yoki ko‘plik belgilangan ot (shakl) kontekst 
yordamiga muhtoj bo‘l maydi. Uning ifodalanishi uchun 
kontekstning betaraf bo‘lishi kifoya. Binobarin, shaklda 
belgilangan ma’no betaraf kontekstda namoyon bo‘ladi.
Birlik yoki ko‘plikka betaraf vosita kontekst yorda-
miga muhtoj. Betaraf ma’no li soniy va nolisoniy ko‘ri-
nishga ega qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Lisoniy 
qulay kontekstda daxldor ma’noning namoyon bo‘lishi-
ga yordam beruvchi lug‘aviy, morfologik, sintaktik yoki 
fonetik vositalardan biri qo‘llaniladi. Nolisoniy kontekst-
da bu vazifani ijtimoiy omil, mantiqan ayonlik, vaziyat 
bajaradi. 
Son-miqdor kategoriyasi shaklining lisoniy xususi-
yati o‘zgarishi mumkin. Bu hodisa noqulay kontekstda 
ro‘y beradi. Shakl lisoniy xususiya tining qay darajada 
o‘zgarishi kontekstdagi noqulay vosita hamda daxldor 
ma’noning belgilanganlik darajasiga bog‘liq.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
Tahlil
-lar
qo‘shilsa, shunday ko‘plik ifoda 
lanadi: 
bolalar, 
o‘quv chilar, dehqonlar, quruv chilar, kitoblar, qalamlar, 
binolar, maktablar, qo‘ylar, chumchuqlar, daraxtlar, 
teraklar
. Mazkur shakl ifo dalagan ma’noni grammatik 
ko‘plik deyish mumkin. Chunki istalgan lug‘aviy vosita 
yordamida ko‘plik ifodalan ganda uni 
-lar
shakli bilan al-
mashtirish mumkin: 
ikkita kitob – kitob lar, o‘nta kitob, 
ko‘p­kitob­–­kitoblar,­barcha­kitob­–­kitoblar,­javon-javon­
kitob – kitoblar...
Bu shakl anglatgan miqdor ikkidan tortib chek-
sizgacha bo‘lishi mumkin. Mazkur shakl sanaladigan 
mavjudotning ko‘pligini aniq ko‘rsatish zarurati bo‘l-
maganda ishlatiladi: 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə