Преподавание зыка и литературы anguage and literature



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
uzb-2019 4-son

turli 
noz-ne’matlar,
­rang-barang­sharbat­shishalari,­anvoyi­
gullar bilan zeb berilgan stollarga o‘tirishdi
(A.Qahhor, 
“Muhabbat”). 
Birlik va ko‘plik ma’nosiga daxli bo‘lmagan mavhum 
otga qo‘shilgan 
-lar
kuchaytiril gan ma’noni ifodalashga 
xizmat qiladi. Shunga ko‘ra bunday shakldagi hissiy 
gap matn da qo‘llanadi:
S
hu go‘zal qizning xushtori bo‘ldim, 
San’atin ko‘rib, zavqlarga to‘ldim.
(A.Po‘lat)
Mayda qism, zarrachalardan tuzilgan narsani bildi-
ruvchi otga
­ -lar
qo‘shil ganda quyidagi ma’nolar ifoda-
lanadi:
– o‘zakdan anglashilgan narsaning turi, navi: 
Ona 
sutida 
oqsil lar, yog‘lar,
 fosfor kabi to‘yimli moddalar 
yetarli bo‘ladi
(“Saodat” jurna lidan);
– o‘zakdan anglashilgan narsaning bo‘lingan, ajral-
gan holatda va ko‘p ekan ligi: 
Bahor keldi. 
Qorlar
 erib, 
yerlar
dan qish zahri ko‘tarila bosh 
ladi.
(H.Nu’mon, 
“Qahramonning tug‘ilishi”). Biroq bunday holda 
-lar­
shakli sanaladigan ko‘plikni bildir maydi.
Ko‘rinadiki, 
-lar
shakli o‘zak, negizning lug‘aviy maz-
muniga bog‘ liq holda faqat grammatik ma’no (ko‘plik) 
emas, uslubiy ma’no (ta’kidlash, kuchay tirish) ham-
da tur, nav kabi ma’nolarni ham ifodalaydi 
(Profes
-
sor­А.G‘ulomov
-
lar
 shaklining 13 xil nutqiy ma’nosini
ko‘rsatib bergan).
Birlik va ko‘plik ma’nosiga betaraf vositalar
bu 
ma’nolar ni qulay vosita yordamida ifodalaydi. Qulaylik 
so‘z, birikma, matn (eng kichik, kichik, katta)da hosil 
bo‘ladi.
Donalab sanaladigan otning o‘zagi, negizi birlik va 
ko‘plik (ikkilik, ikkidan ortiq aniq miqdor, noaniq bo‘li-
nuvchan ko‘plik, jamlik, umumiylik) ma’nolariga betaraf 
bo‘lga nda mazkur ma’nolarni qulay vosita yordamida 
ifodalaydi.
Birlik
ma’nosiga quyidagi vositalar qulayliklarni ho-
sil qiladi:
– egalik qo‘shimchasi: 
otam, onam, otang, onang;
– bir sanoq soni: 
bir bola, bir tulki, bir bino, bitta non, 
bitta tuxum; 
– vaziyat konkretlikni taqozo qilsa, 
bir
soni bilan 
dona, nusxa, tup, bosh kabi hisob so‘z qo‘llaniladi: 
bir 
dona kitob, bir nusxa jurnal, bir tup gul, bir bosh qo‘y. 
Lekin bu so‘zlar birlik ma’nosini emas, sanaladigan 
mavjudot ning turini konkretlashtiradi;
– tartib son qo‘shimchasi: 
birinchi kitob, ikkinchi 
ara va, uchinchi qishloq, o‘ninchi maktab.
Mazkur birik-
malardagi tartib son qo‘shimchasi tushirib qoldirilsa, bi-
rinchi birikma birlik, qolgani ko‘plik ma’nosini bildiradi. 
Demak, sonning o‘zagi qanday miqdorni bildirishidan 
qat’i nazar, 
-(i)nchi
qo‘shimchasini olgach, birlikni ifoda-
laydi;
– ko‘rsatish olmoshi: 
shu bola, bu bino, ana u da
-
raxt, mana shu maqola, o‘sha hovli, haligi yigit;
– gumon olmoshi: 
allaqaysi eshik, qaysidir sandiq
qandaydir juvon;
– sifat: 
yolg‘iz­ayol,­yakka­buta,­ilk­qaldirg‘och,­yago-
na asar.
Yuqoridagi misollarda donalab sanaladigan otda 
birlik ma’nosi ifoda la ni shi uchun qu laylik so‘z birikmasi-
da hosil bo‘lgan. Binobarin, bunday bi rikmalar donalab 
sanaladigan otning birlik ma’nosi uchun qulay kontekst 
vazifasini bajaradi. Mazkur vositalarda 
bir
soni boshqa-
lariga nisbatan ko‘p ishlati ladi. 
Otdan oldin takroriy so‘z ishlatilsa birlik ta’kidlana-
di, kuchaytirib ifodalanadi: 
bitta-yu­bitta­do‘st,­yakka-yu­
yagona farzand.
Bunday birikma donalab sanala-
digan otning birlik ma’nosi uchun ham qulay, ham 
konkretlash tiruvchi kontekst vazifasini bajaradi. Bun-
day birikma hissiy gap (kon tekst)da ishlatiladi: 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə