Odiljon AVAZNAZAROV,
Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada tasavvuf
adabiyoti, jumladan, Navoiy ijodida
kengqo‘llanganmayobrazitahlilqilin-
gan. Uning moddiy ma’nosidan uzoq-
lashib, poetik obraz maqomini olishi
bilan bog‘liq sabablari ilmiy asoslab
berilgan.
Kalit so‘zlar
:
lirika, may, timsol,
zardushtiylik, Dionis, Islom, tasavvuf,
ishq, ma’rifat, ruhiyat, talqin, g‘oya, ba
-
diiyat.
Аннотация.
В статье привo-
дитсянаучноеобоснованиепроцес-
са возвышения поэтического об-
раза слова «вино» и свойственных
этомупричин,отличающихегоот
основногозначениякак«напиток».
Ключевые слова:
лирика, вино,
символ, зороастризм, Дионис, Ис-
лам,суфизм,любовь,просвещение,
дух, интерпретация, идея, художе-
ственность.
Annotation.
The article analyses
the character of wine which is wide
-
lyusedinSufiliteratureincludingin
Navoi’s works. It also scientifically
substanciates the reasons related
with its going away from its material
meaning and acquiring the status of
poetic image.
Key words:
lyricism, wine, sym
-
bol, Zaroastrism, Dionis, Islam, Su
-
fism,love,enlightenment,spirit,inter-
pretation,idea,fiction.
qalbi ham ma’naviy sharob tufayli ko‘kka parvoz qiladi,
ya’ni erkinlikka, hurlikka erishadi, deb ishonilgan.
1
Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor-
liklar” asarida xristianlar tammuz oyining yigirmanchi
kunida yangi pishgan uzumdan olib kelib, bu kunni
uzum hayiti sifatida nishonlashlari haqida aytib o‘tiladi.
2
O‘tmishda mayning dunyo xalqlari diniy-mifologik
tasavvurlari, ma’naviy-ruhiy dunyosi, ijtimoiy-maishiy
turmush tarzi, kundalik hayoti, hatto siyosiy faoliyati bi-
lan chambarchas bog‘liq bo‘lgani keyinchalik ularning
badiiy tafakkuri hamda adabiyotiga poetik obraz sifati-
da kirib kelishiga sabab bo‘lgan. Hattoki, ba’zi shoirlar
ijodida may bosh mavzu darajasiga ko‘tarila borgan.
Masalan, “Qadimgi Yunoniston shoiri Anakreon (era-
mizdan avvalgi VI asr) ijodida ham may obrazi go‘zallik
va hayotsevarlik mazmunini ifoda etgan. Shu sababdan
bo‘lsa kerak, keyingi davrlarda yaratilgan may mavzusi-
ga oid she’rlar “Anakreon xarakteridagi she’rlar” deb
ham yuritiladi”
3
. Arablarda ham ummaviylar va abbosiy-
lar hukm surgan vaqtlarda may mavzusidagi she’rlar-
ning xamriyat deb nomlangan maxsus janri yuzaga kel-
gan.
4
Hindlarning mashhur eposi “Mahobhorat”da ham
sharob qudrat va g‘alaba ramzi sifatida tasvirlangan.
Rus adabiyotshunosi M.Rusanovning ta’kidlashicha,
qadimgi hind shoiri Bxaravining “Mahobhorat” asosida
yaratilgan “Kiratarjuniya” dostoni qadimgi hind she’riya-
tida may mavzusi yoritilgan maxsus janr – “maxakviy”-
ning yuzaga kelishida muhim rol o‘ynagan.
5
Sharqda tasavvuf ta’limoti vujudga kelgach, tasav-
vuf adabiyoti ham paydo bo‘ldi. “VIII – XI asrlarda Ro
-
biya Adaviya, Mansur Xalloj singari ulug‘ so‘fiylar ijodi
bilan boshlangan so‘fiyona ash’or X – XII asrlarga kelib
ulkan bir adabiyotga aylandi”
6
.
Dostları ilə paylaş: |