Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date



Yüklə 124,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix23.12.2023
ölçüsü124,9 Kb.
#155019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
223 | 
P a g e
 
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy 
e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni 
guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. 
O‘zaro hamkorlikning muhim omili va o‘quvchilarning o‘zaro munosabati 
xususiyatini belgilovchi asos o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligining shakllaridir. 
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining va 
birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish ob’ektini, bilim 
faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi. 
Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va 
birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini 
yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o‘quvchilar ilgari surgan yangi 
g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va 
sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. 
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi 
hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o‘qituvchining 
o‘quvchiga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi; 
O‘quvchilarning faolligi asta-sekin o‘sib borib, butunlay ularning o‘zi 
boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o‘qituvchi bilan o‘quvchi 
o‘rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta’lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan 
yangi ta’lim tizimining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Ushbu davr o‘quv-tarbiya 
jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan 
kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa 
yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari 
shakllanyapti [4]. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi 
texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar tizimini taqozo 
etmoqda.
Tarbiya fanida shaxsga yo‘naltirgan ta’lim texnologiyalarida o‘qituvchi quyidagi 
mezonlarga amal qilish lozim: boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash 
emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab 
olishga imkon bersagina samaradorlikka erishadi.
Bugungi globallashuv jarayonida axborotning hajmi, xilma-xilligi va vositalarining 
yetarliligi samarali individual va mustaqil o‘qitishni tashkil etish uchun zaruriy 
shart-sharoitlarni yaratish imkoniyati vujudga keldi. Tarbiya fanida o‘qitishni 



Yüklə 124,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə