Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date



Yüklə 124,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix23.12.2023
ölçüsü124,9 Kb.
#155019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
224 | 
P a g e
 
jadallashtirish 
maqsadida, 
pedagogning 
o‘quvchiga bo‘lgan munosabati 
«sardor»likdan, «sherik»likga aylanishi zarur. 
Bizning fikrimizcha Tarbiya fanini o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan 
texnologiyalar quyidagi asosiy tamoyillar tayanishi lozim bo‘ladi: 
insonparvarlik,
ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga 
yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘rlashdan to‘la voz 
kechish; 
hamkorlik,
ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, 
sheriklik; 
erkin tarbiyalash,
ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida 
tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki 
hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning 
kommunikativ asosi – pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv 
hisoblanadi. 
Shaxsiy yo‘naltirilgan ta’lim - bu shunday o‘rganishdir, bu yerda bolaning 
shaxsiyati, uning o‘ziga xosligi, ichki hissiyoti va qadr-qimmati, har birining 
o‘quvchining individual tajribasi avval ochib beriladi, so‘ngra ta’lim mazmuni bilan 
muvofiqlashtiriladi. 
Ushbu yondashuvni amalga oshirishda o‘quv va bilish jarayonlari o‘quvchilarning 
bilish mexanizmlari, aqliy va xulq-atvor xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro 
muvofiqlashtiriladi va o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari hamkorlik va tanlov 
erkinligi tamoyillariga asoslanadi. 
Shu boisdan Tarbiya darslarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari - 
o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, 
o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Bu ta’lim o‘qitish 
muhitining o‘quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra 
ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini 
to‘laligicha o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini 
rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va 
dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga 
xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun 
qulay, zarur muhitni yaratishdan iboratdir. Tarbiya fani o‘quv jarayonlarida bu 
turdagi ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, javobgarlik 
kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini 
tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har 



Yüklə 124,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə