Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date



Yüklə 124,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix23.12.2023
ölçüsü124,9 Kb.
#155019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
222 | 
P a g e
 
tabaqalashtirilgan ta’lim, individual ta’lim, masaofaviy ta’lim, mustaqil ta’lim va 
innovatsiya ta’lim kabi turlari mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-son 
qaroriga asosan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan 
tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari 
tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1 – 9-sinflarda – 
2020/2021 o‘quv yilidan, 10 – 11-sinflarda esa – 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 
fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma – bosqich amaliyotga joriy 
etish [3] masalasi muhokama etilib, Tarbiya fani umumta’lim maktablarining DTS 
va o‘quv rejalarida o‘z aksini topdi. 
Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya va 2020 
yildan boshlab Tarbiya fanlarining o‘rganish ob’ektidir. Falsafa shaxsni uning 
ijtimoiy ahvoli, faoliyati, bilish, ijod sub’ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya 
shaxsni psixik holatlar, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik munosabatlar, 
shaxsning temperamenti, fe’l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning 
uyg‘unligi asosida o‘rganadi. Sotsiologiyada shaxsning jamiyatdagi o‘rni turli 
ijtimoiy so‘rovlar asosida ijtimoiy guruhlar, stratifikatsiyalar, steriotiplar, etnik 
birliklarda shaxning mavqei belgilanadi. Tarbiya fani o‘qitish jarayonida shaxsga 
yangicha yondoshuv quyidagilardan iborat bo‘ladi: pedagogik jarayonda shaxs 
ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanib, har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa 
iste’dod egasi sifatida qaralib, yuqori axloqiy qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, 
mehnatsevarlik, 
vijdon 
va 
boshqalar)ni 
ustuvor 
xislatlarni 
o‘zida 
mujassamlashtirgandagina ta’lim sub’ektlarini shaxs sifatida ifodalaydi. 
Tarbiya darslarida guruh hamkorligiga asoslangan dars mashg‘ulotlari turli 
darajadagi samaradorlikka olib keluvchi noan’anaviy mashg’ulot turi hisoblanadi. 
Kichik guruhlar bilan ishlashda guruh 6 yoki 8 ta o’quvchidan tashkil topadi. 
O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari 
tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir 
o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir 
o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra 
guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. 
O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida 
bilimlarni nazorat qilib baholaydi. 
O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) 
shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi ham mumkin. 



Yüklə 124,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə