Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date



Yüklə 124,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix23.12.2023
ölçüsü124,9 Kb.
#155019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
221 | 
P a g e
 
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 
(1997 yil 29 avgust) bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? 
Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? degan savollarni 
qo’ydilar va ularga quyidagicha javob berdilar: «Aminmanki, o‘rgatilmaydi. 
Mobodo biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas 
qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U 
boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham 
tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan» [1]. Demak, an’anaviy ta’lim 
texnologiyasida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya’ni 
zo‘ravonlik pedagogikasi amal qiladi». Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 
zo‘ravonlikka asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona sub’ekt, o‘quvchilar 
pedagogik jarayon ob’ekti, o‘qitish tushuntiruv-ko‘rgazmali usulda olib boriladi. 
O‘qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o‘quvchilarning tashabbusi va 
mustaqilligi o‘zidan-o‘zi so‘nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan 
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni 
ko‘zda tutmaydi. 
Mazkur o‘qitish texnologiyasida pedagogikaning o‘quvchiga munosabati avtoritar 
xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi, 
o‘quvchilar esa faqatgina ob’ekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib 
aytganda avtoritar o‘qitish texnologiyasida o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi 
deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha 
jahonda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning sinf-dars tizimida mashg‘ulotlari asosiy 
birligi dars bo‘lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi 
tomonidan boshqariladi. 
O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, an’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘z tabiatiga ko‘ra ta’lim 
muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilgan talablarga butunlay javob 
bermaydi. Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda o‘quvchi 
ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, 
uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-
sharoitlar yaratib beriladi. Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, 
uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy 
tarkibiy qism – birinchi o‘rinda turadi [2]. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, 
shu jumladan o‘qitish o‘quvchi shaxsiga yo‘nartirilgan bo‘lishi lozim. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli ta’lim, modul ta’limi dasturiy ta’lim, 
rivojlantiruvchi ta’lim, o‘yin texnologiyalari, interfaol ta’lim, hamkorlik ta’limi, 



Yüklə 124,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə