Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»


Seminar mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə9/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Seminar mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ma’ruza, amaliy mashg‘uloti hamda mustaqil ta’lim jarayonida olgan bilim va koʻnikmalarini amalda ko‘rsatib beradilar va yanada boyitadilar. Matn bilan ishlash, tahlil va talqin etish, lug‘atlar asosida olib boriladigan faoliyatga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Seminar darslari trening shaklida, talabalar faoliyatini tashkil qilish, nazorat qilish va baholash tarzida o‘tkaziladi. Seminar darslarining mavzusi, rejasi va o‘tkazilish tartibi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda "Fanning ishchi dasturi", "Seminar darslari ishlanmasi" va "Ta’lim texnologiyalari"da ifoda etiladi.

  • Xalq og'zaki ijodining janrlari. Janrlararo munosabatlar

  • Qadimgi afsona va rivoyatlar: To‘maris, Shiroq, Zarina, Zariadr, Rustam, Elikbek, Qayumars, Jamshid, Siyovush, Mitra haqidagi asotir, afsona va rivoyatlar tahlili.

  • “Alpomish” dostonining g’oyaviy va badiiy tahlili.

  • “Malika ayyor” dostonining g’oyaviy va badiiy tahlili.

  • Ertak va uning janr xususiyatlari. «Uch og‘ayni botirlar» ertagining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

  • Xalq qo‘shiqlarining tasnifi va badiiy xususiyatlari. Qo‘shiqlarda timsollar

  • . Xalq dramasi-qo‘g‘irchoq teatrining turlari: “Chodir jamol”, “Chodir xayol”, “Fonus xayol”

  • Bolalar folklori janrlari va oʻyinlari. O‘zbek marosim falklori



Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl va mazmuni
«O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’limi til o‘rganish jarayonining bevosita tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda adabiyotshunoslik fanlari (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik oʻzlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish;
-berilgan mavzu boʻyicha axborot (referat) tayyorlash;
-seminar va amaliy mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish;
-laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrish;
-seminar mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrish;
-malakaviy bitiruv ishi va magistrlik desertaciyasini tayyorlash;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash;
-amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
-ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
Oʻqitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.

  • Tarqatma materialar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish.

  • Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash.

  • Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish.

  • Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.

O‘tilgan materiallarning o‘zlashtirilishi, konspektlar, uy vazifalarini tekshirish va baholash mashg‘ulot olib boruvchi o‘qiyuvchi tomonidan doimiy tarzda har bir dars davomida olib borilsa, referatlar himoyasi jadval asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə