Psixikaning evolyusion taraqqiyoti. Psixika haqida umumiy tushuncha Psixologik fikrlarning rivojlanish itarixi Sharq mutafakkirlarining psixologik g’oyalari Psixologik maktablarning yuzaga kelishi tarixi


Umumiy Tushuncha Psixika va Psixologik Fikrlarning Rivojlanish tarixi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#143249
1   2   3   4
Hamdamov Ilyos

Umumiy Tushuncha Psixika va Psixologik Fikrlarning Rivojlanish tarixi

  • Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning asosiy kategoriyalari bo‘lgan shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ongning tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va vazifalari kiradi. Shu munosabat bilan psixologiya umumiy psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni, avvalo, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi munosabati haqida, uni tadqiq qilish metodlari to‘g‘risida, ong va psixika, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni professional ishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o‘z zimmasiga oladi. 22 Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatning fiziologik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez javob qila oladigan va moslashuvchan bo‘la bordi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda a’zolarining ixtisoslashuvi ozuqani farqlash, xavf-xatarni juda tez va aniq sezish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning yakkayu-yagona funksiyasi signallarni idrok etishdan iborat hujayralarning paydo bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Bu hujayralar ritseptorlar (tashqi muhitning ta’sirini qabul qiluvchi apparat) deb atalmish hujayralar guruhini tashkil etadi. Boshqa hujayralar mushak to‘qimalari ishini yoki turli bezlarning shira chiqarishini o‘z zimmasiga oladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Organizmning asosiy «boshqaruv pulti» – markaziy asab tizimi hisoblanadi. Asab tizimi tuzilishining umumiy rejasi barcha umurtqalilarda bir xildir. Uning asosiy elementlari asab hujayralari yoki neyronlar bo‘lib, ularning vazifasi qo‘zg‘atishdan iborat. Neyron hujayra tana va tanachaning shoxlab ketgan o‘simtalari – qo‘zg‘alishni qabul qiluvchi dendritlardan va qo‘zg‘atishni boshqa neyronlarga o‘tkazadigan tolalar –aksonlardan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog‘laydigan nuqta sinaps deb ataladi. Markaziy asab tizimi ikki qismdan – bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat (10 milliardga yaqin) neyronlar bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni hosil qiladi. Po‘stloq – psixik faoliyatning eng muhim (lekin yakkayu-yagona emas) organi. U yarim sharlardan pastroqda, ensa qismida miyada joylashgan bo‘lib, uning funksiyalari hali yetarlicha o‘rganilmagan. Po‘stloqning mushaklar harakatini uyg‘unlashtirishda muhim o‘rin tutishi ma’lum. Katta yarim sharlar miya naychasiga kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi – talamus orqa miyadan yarim sharlarga boradigan barcha asab yo‘llari uchun «oraliq stansiya» vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi – gipotalamus suv almashuvi, ovqatlanish ehtiyojini 23 va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markazlardan tarkib topgan.
  • Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining 30 % ni egallaydigan peshana qismlari alohida o‘rin tutadi. Peshana qismlarining (kasallik, yaralanish va shu kabilar oqibatida) shikastlanishi xulq-atvorning oddiy ko‘rinishlariga emas, balki yuksak ko‘rinishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, peshana qismlari shikastlangan bemorlar ko‘rish, nutq, yozish qobiliyatlarini saqlab qolib, arifmetika masalalarini yechgan holda, uning shartlarini tahlil etishga urinmaydi. Masalani yechish rejasini tuzganlarida oxirgi savolni tushirib qoldiradilar. Ular masalaning yechimini uning sharti bilan solishtirib chiqmaydilar, o‘z xatolarini sezmaydilar va hokazo. Ko‘pgina klinik faktlar shuni ko‘rsatadiki, miyaning peshana qismlari shikastlanishi aqliy qobiliyatni susaytirish bilan birga, kishining shaxsiyati, uning xarakterida ham qator buzilishlarga sababchi 24 bo‘ladi. Oldin xushmuomalaligi, vazminligi bilan ajralib turgan bemorlar yengiltak, qiziqqon, qo‘rs bo‘lib qoladilar. Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi aniqlangan. Har ikkala yarim shar axborotni obrazlar tarzida ham, so‘zlar tarzida ham qabul qilish va qayta ishlash qobiliyatiga ega, ammo chap va o‘ng yarim sharlar u yoki bu funksiyalarning turlicha darajada ifodalanishi – bosh miyaning funksional assimetriyasi ham yuz beradi. Chap yarim sharning funksiyasi o‘qish va hisoblashdan ko‘ra ko‘proq belgilarga asoslangan axborot (so‘zlar, belgilar, raqamlar va shu kabilar)ga tayanishdan iborat. Chap yarim shar mantiqiy tuzilishlar imkoniyatini ta’minlaydi, busiz izchil analitik tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Chap yarim shar faoliyatining izdan chiqishi, odatda nutqning buzilishiga (so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishiga) olib keladi, normal muomala imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi, asab to‘qimalari og‘irroq shikastlanganda, fikrlash faoliyatida jiddiyroq nuqsonlar sodir bo‘ladi. O‘ng yarim shar obrazi axborotni ishga solib, bo‘shliqda mo‘ljal olish, musiqani idrok etilayotgan va tushunilayotgan obyektlariga nisbatan his-hayajonli munosabatda bo‘lishga imkon beradi. Bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini belgilaydigan darajada faoliyat ko‘rsatadigan organ yoki, to‘g‘rirog‘i, organlarning murakkab tizimidir. Psixik va asab-fiziologik jarayonlarning o‘zaro munosabati ancha murakkab masalalardandir. O‘rganish jarayonida psixikaning o‘ziga xos jihatlari asab-fiziologik xususiyatlardan qaysi muhim belgilari bilan farq qilishini aniqlash mumkin. Psixik jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi obyektlarning tavsifini (narsalarning shaklini, kattakichikligi, o‘zaro munosabatlarini) mujassamlashtiradi. Psixik jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish psixikaning mazmuni va tuzilishida neyrofiziologik jarayonlar mavjud bo‘lmagani yoki sezilmasligi sababli jiddiy qiyinchilik tug‘diradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, psixikani fiziologik hodisa bilan va psixologiyani fiziologiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.
  • Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonunlarini I. P. Pavlov aniqlab bergan. Psixikaning organi – bosh miya ham o‘zgardi. Uning hayvonlar miyasidan sifat jihatdan farqi yuksak bilish jarayonlari, avvlo, tafakkur mexanizmlarini o‘rganish paytida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu jarayonlar sezgi va idrok jarayonlari singari miyaning muayyan qismlari doirasida cheklanib qolmaydi. Agar odamda qobiqning ensa qismi shikastlangan bo‘lsa, u ko‘rish sezgilarini yo‘qotishi turgan gap.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə