Psixikaning evolyusion taraqqiyoti. Psixika haqida umumiy tushuncha Psixologik fikrlarning rivojlanish itarixi Sharq mutafakkirlarining psixologik g’oyalari Psixologik maktablarning yuzaga kelishi tarixi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#143249
  1   2   3   4
Hamdamov Ilyos

Psixikaning evolyusion taraqqiyoti. Psixika haqida umumiy tushuncha Psixologik fikrlarning rivojlanish itarixi Sharq mutafakkirlarining psixologik g’oyalari Psixologik maktablarning yuzaga kelishi tarixi

REJA

  • Psixikaning Evolyutsion Tarqalishi
  • Umumiy Tushuncha Psixika va Psixologik Fikrlarning Rivojlanish Itarixi
  • Sharq Mutafakkirlarining Psixologik G'oyalari
  • Psixologik Maktablarning Yuzaga Kelishi Tarixi
  • Xulosa

Psixikaning Evolyutsion Tarqalishi

  • Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy madaniyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixologiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda voyaga yetkazib bo‘lmaydi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan, chunki ular bevosita va bilvosita odamlar bilan ishlaydi. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofdagi odamlarning psixik xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. «Jon» 5 tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qarashlari bilan bog‘liqdir. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan xoli tabiati haqida g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, avvalgi antimistik, afsonaviy tasavvurlar o‘rnini ruhni borliqning tabiatni falsafiy tushunish manzarasi nuqtai nazardan tushuntirishga urinishlar egallay boshladi. Tabiatni falsafiy tushunuvchi allomalar – Fales (miloddan avvalgi VII–VI acrlar), Anaksimen (miloddan avvalgi V asr) va Geraklit (miloddan avvalgi VI–V asrlar) ruhni olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsaning (suv, havo, olov) odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining bu g‘oyani izchillik bilan ilgari surishlari materializmning o‘ziga xos shakli – materiyaning jonliligi (gilozoizm) to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bunday materialistik g‘oyalarni Demokrit (miloddan avvalgi V– IV asrlar), Epikur (miloddan avvalgi IV–III asrlar) va Lukresiy (miloddan avvalgi I asr) kabi atomistlarning rivojlantira borishi oqibati o‘laroq, ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda, hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi.
  • Ruh bilan aqlning o‘zi tananing a’zolari bo‘lgani uchun ularning o‘zi ham tana hisoblanadi va atomistlarning fikriga ko‘ra, sharsimon kichik va ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga qaramay, unda jonli narsa tananing eng sodda funksiyalardan tortib to psixikaga xos xususiyat ekanligining tasdiqlanishi progressiv hol edi. Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlar uning tabiiy olam qonunlariga bo‘ysunishini isbot qilish va uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy aloqadordir. Shu bilan birga, o‘sha davr materializm namoyandalari ega bo‘lgan ma’lumotlar yordamida kishiga xos mavhum mantiqiy tafakkur 6 qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu kabilarni tushuntirib berish qiyin edi. Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar» aralashmasi yoki miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427– 337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh, ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini belgilaydi. Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384–322 yillar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixologiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi. Sharq allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asarlarida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha yondashuvlar bilan chiqishdi. Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning mahsuli bo‘lib, u obyektiv olamni subyektiv aks ettiradi. Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko‘p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi. Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolutsiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatlarning fiziologik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan bo‘la bordi. I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» (1863) asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda, hali yuzaga kelmagan natija (ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini bajaradi. Psixik j
  • 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi syezdida K. N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g‘oyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk o‘rin tutgan B. G. Ananyev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. V. Zaporojes, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontyev, A. R. Luriya, S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadze va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Psixologiya fanining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – determinizm prinsipi; – ong va faoliyat birligi prinsipi; 11 – psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi. Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega ekanligini tushuntirish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik prinsipdan kelib chiqadigan eng muhim xulosadir. Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladi, odam o‘zini qurshab turgan muhitda uning yordamida mo‘ljal oladi. Ong va faoliyatning birligi prinsipi psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadiga erishishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri ta’riflangan bo‘ladi. Aynan shunday nuqtai nazar P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn, B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan. Psixikaning taraqqiyotini dialektik-materialistik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. S. L. Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb ta’kidlagan edi. Psixologiyaning kategoriyalari quyidagilardan iborat: – bilish jarayonlari; – emotsional-irodaviy holatlar; 12 – individual-psixologik xususiyatlar. Bilish jarayonlari – diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol. Emotsional-irodaviy holatlar – kayfiyat, affekt, stress, frustratsiya, chidamlilik, bardoshlilik, qat’iyatlilik. Individual-psixologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyat, iste’dod, yo‘nalganlik. Psixologik tadqiqot metodlari psixologiya amal qiladigan nazariy prinsiplarga va psixologiya hal etayotgan aniq vazifalarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib beradi
  • Psixologiyaning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi: tashqi; 1) kuzatish ichki; laboratoriya; 2) eksperiment tabiiy; 3) suhbat; 4) anketa; 5) sotsiometriya; 6) faoliyat natijalarini o‘rganish; 7) test; 8) biografik. Kuzatuv, agar tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanib qolmasdan, ushbu hodisalarning psixologik tabiatini izohlab berish darajasiga ko‘tarilsa, psixik tadqiqot metodi bo‘la oladi. Ilmiy psixologik kuzatuv turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va faoliyatning kuzatilgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyatini tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Psixologik kuzatuvlarning jiddiy muhim talablari aniq rejaning bo‘lishi va shuningdek olingan natijalarning maxsus kundalikda qayd etilishidan iborat. 14 Yangi psixologik faktlarga ega bo‘lishning va obyektiv tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi eksperiment metodidir. Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishi va sinaluvchilarning xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluvchi (garchi odatda sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimalardan iboratligini, nimani va nima maqsadda tadqiq qilishayotganini aniq bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok va xotira, sezgi chegaralarini va boshqalarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish mumkin. Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 yilda A. F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlar (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar)ga ko‘chirishi lozim. Suhbat metodi yordamida shaxsni o‘rganishda suhbat maqsadi va vazifasini belgilash, suhbat mavzusining obyekti va subyektini tanlash, muddati va vaqtini aniqlash, uni individual, guruhiy va jamoa shaklida o‘tkazish, mavzuga bog‘liq savol-javob tizimini tayyorlash kabilar ko‘zda tutiladi. Test metodi orqali psixologiya fanida taxminan 1905 yildan boshlab A. Bine insonning aqliy o‘sish darajalarini o‘rgangan. «Test» inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish ma’nosini anglatadi. Shaxsning aqliy taraqqiyotini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan standart masalalar va topshiriqlar test deb qabul qilingan. «Psixologiya tadqiqot metodi» muayyan ilmiy-psixologik muammoni hal etishning maxsus metodikasi ma’nosida ham ishlatiladi. Tadqiqot to‘rt bosqichga ajratiladi: 1) tayyorgarlik bosqichi; 2) eksperimental bosqich; 3) tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatdan qayta ishlash; 15 4) olingan ma’lumotlarni sharhlab berish. Tayyorgarlik bosqichida har xil vositalar yordamida materiallar o‘rganiladi va dastlabki ma’lumotlar to‘planadi. Eksperimental bosqichda tadqiqotning muayyan metodikasi amal qiladi, o‘z navbatida, bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga – eksperiment seriyalariga bo‘linadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə