Psixologik korreksiya haqida tushuncha



Yüklə 42,29 Kb.
səhifə6/11
tarix28.11.2023
ölçüsü42,29 Kb.
#138023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Psixologik korreksiya haqida tushuncha-fayllar.org

2.Bixeviorizm
Bixeviorizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. SHunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar.
Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining "quyi darajalari"ni o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo’lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular insonning organik eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi tariqasida tashlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko’ra, ikkilamchi qo’zg’ovchilar organik qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog’lab tushuntirishga harakat qilgan.
Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha "asosiy instinktlar" sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:

3.Gumanistik yo’nalish
Mazkur yo’nalish ekzistensializmning falsafiy g’oyalariga asoslangan bo’lib, vaqt, hayot, o’lim, ozodlik, masuliyat, tanlov huquqi, muloqot, sevgi, hayot mazmunini anglash muammolarini o’rganishga qaratilgan (M.Xaydegger, P.Sartr, A.Kamyu). Inson mehribon, ozod bo’lishi belgilangan deb qabul qilinib, individuallik integrativ yahlitlik hisoblanadi.
Gumanistik yo’nalishning asosiy tamoyillari:
1. Psixolog va mijoz uchrashuvi ikki har xil kishilarning uchrashuvi.
2. Agarda psixolog mijozga o’zining asl his-tuyg’ularini anglashga, qabul qilishga va namoyon qilishga imkon yaratib bera olsa, mijoz muammolari o’z-o’zidan hal bo’ladi.
3. O’z hayot tarzi, fikr-mulohazalari, xulq-atvorini tanlashga mijoz o’zi mas’ul.
Inson tomonidan ruhiy uyg’unlikka erishish, yani hayot mazmunini anglash, ma’naviy qadriyat, estetik his-tuyg’ularni sifatiy o’zgarishiga asos bo’ladi. Men - konsepsiyasini adekvat shakllantirish o’z-o’zini anglash va shu asosida o’zini faollashtirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Psixokorreksion yordam ko’rsatishda mijozni o’z-o’zini anglashi, shaxsiy uyg’unlik, “men”ni adekvat integratsiyasi, borliq chegaralarini kengaytirib berish psixologning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ushbu yo’nalishning asosiy metodi ekzistensial tahlil hisoblanib, unda “inson - biladi - his etadi - istaydi” formulasi inson ozod mavjudot tushunchasi asosida tahlil qilinadi. Agarda individ kelajakni tasavvur qila olmasa, o’zini salbiy his etib, ichki olami torayadi, rivojlanish imkoniyatlari sustlashib, oqibatda nevrozlar yuzaga kela boshlaydi. Demak, yordam ko’rsatish vaqtida shaxsning ruhiy olamini tahlil qilish asosida o’zini erkin his qilishga imkon yaratib berib, mijozni uni bog’lab turgan, bezovta qilayotgan oqibatlardan xalos qilinadi.

Yüklə 42,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə