Psixologik masalalar


TEST NATIJALARINI QAYTA ISHLASH



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə20/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Psixologik masalalar

TEST NATIJALARINI QAYTA ISHLASH

  1. Har bir talabaning har qaysi subtest bo`yicha shaxsiy ko`rsatkichlari (№ 5 topshiriqdan tashqari) to`g`ri topilgan javoblar uchun belgilangan ballarni qo`shish orqali topiladi. Har qaysi to`g`ri javob uchun 1 balldan beriladi. Masalan, agar talaba № 3 topshiriqda 13 ta savolga to`g`ri javob bergan bo`lsa, uning shu subtest bo`yicha to`plagan ballari ham 13 bo`ladi.

  2. 5 subtestning bo`yicha ballar umumlashtirish yuzasidan berilgan javoblarning sifatiga qarab belgilanadi. Eng to`g`ri, berilgan juftlik so`zlarga monand javoblarga 2 ball, keng ma’noli umumiy javoblarga 1, noto`g`ri javoblarga 0 ball beriladi. Masalan, agar talaba 3–A topshiriqqa «fan», deb javob bersa 1 ball oladi. Shuningdek to`g`ri, lekin juda tor ma’nodagi, javob jadvalidagidan farq qiladigan javoblarga ham 1 ball beriladi. Masalan, 18–A topshiriqdagi «adabiy yo`nalish» degan javobga. Ushbu subtest bo`yicha yig`ilishi mumkin bo`lgan eng ko`p ballar 38 ga teng. Bu raqam № 5 subtestdagi javoblarning 100 foizi deb olinadi.

  3. Test bo`yicha jami ballar barcha subtestlar bo`yicha to`plangan ballarning arifmetik yig`indisi ko`rinishida bo`ladi. Uning eng katta qiymati 138 bo`lishi mumkin. Bahoni foizlar ko`rinishida ham ifodalash lozim. Shunda turli talabalarni va guruhlarni solishtirish osonroq bo`ladi. Foiz ko`rinishidagi baho quyidagicha topiladi:


bunda X – yig`ilgan barcha ballar qiymati.

  1. Turli sinflar va guruhlarni solishtirish uchun asos sifatida o`rtacha arifmetik qiymat, moda va mediana olinadi. Qiymatlar qatorida moda – bu eng ko`p uchraydigan qiymat, mediana – to`plamning o`rtasidagi qiymat. Guruhlarning ko`rsatkichlari ijtimoiy–psixologik me’yorlarga qanchalik mos kelishini bilish uchun har qaysi subtestning % larda bajarilishini ko`rish kerak. Shu jihatdan subtestlarni bajarilishi bo`yicha 5 ta guruhchaga bo`lib qaraladi:

1 — yuqori – 91–100 % talaba to`g`ri bajargan;
2 — yaxshi – 81–90 % talaba to`g`ri bajargan;
3 — o`rtacha – 71–80 % talaba to`g`ri bajargan;
4 — past – 50–70 % talaba to`g`ri bajargan;
5 — qoniqarsiz — 50 % dan kam talaba to`g`ri bajargan.
Har qaysi guruhda o`rtacha balllar aniqlanadi. Koordinatalar sistemasi tuzilib, abstsissa o`qiga guruh nomeri, ordinata o`qiga — guruh tomonidan topshiriqlarning o`rtacha bajarilishi tushiriladi va grafik tuziladi.

  1. Test yakunlari sifat jithatdan tahlil qilish (shaxsiy va guruhlar bo`yicha) mantiqiy munosabatlarni topish eng qiyin bo`lgan qayidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:


Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə