Psixologik masalalar


Subtestlarni bajarishga misollar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə19/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Psixologik masalalar

Subtestlarni bajarishga misollar

1 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR


Topshiriqlar so`rov ko`rinishidagi jumlalardan iborat. Ularning har qaysinisida bitta so`z yetishmaydi. Siz berilgan beshti so`zdan jumlaga mantiqan mos keladigan to`g`ri javobni ko`rsatishingiz kerak. Tanlagan so`zingiz nomerini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so`zni va nomerni belgilang.

  • Misol: Ma’nosi bo`yicha «tarjimai hol» va ... so`zi bir xildir:

  • tasodif;

  • jasorat;

  • hayotining bayoni;

  • kitob;

  • yozuvchi.

To`g`ri javob «hayotining bayoni» bo`ladi. O`shani belgilash kerak.

  • Misol: «Salbiy» so`ziga qarama-qarshi ma’nodagi so`z...?

  • mos bo`lmagan;

  • munozarali;

  • muhim;

  • tasodifiy;

  • ijobiy.

Bu holda to`g`ri javob «ijobiy» bo`ladi.
2 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR
Test varag`ining chap tomonida birinchi bo`lib yozilgan so`zga o`ng tomonda berilgan to`rtta so`zdan mazmunan mos keladigan bittasini (sinonimini) tanlab ko`rsating. Tanlagan so`zingiz nomerini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so`zni va nomerni belgilang.

  • Misol: Asr –

  • tarix;

  • yuz yi;

  • voqea;

  • taraqqiyot.

To`g`ri javob «yuz yil». Shuning uchun uni belgilang.

  • Misol: Oldindan aytish –

  • ob-havo;

  • ma’lumotnoma;

  • bashorat;

  • sabab.

Bu yerda to`g`ri javob «bashorat». O`shani belgilash kerak.
3 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR
Sizga uchta so`z taklif etiladi. Birinchi va ikkinchi so`zlar o`rtasida muayyan bog`lanish mavjud. Sizga berilgan uchinchi so`z bilan tanlash uchun berilgan pastdagi beshta so`zdan bittasining o`rtasida ham huddi shunday bog`lanish bor. Siz ana shu so`zni topib belgilashingiz lozim.
Tanlagan so`zingiz nomerini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so`zni va nomerni belgilang.

  • Misol: Qo`shiq: bastakor = samolyot: ?

  • aeroport;

  • uchish;

  • konstruktor;

  • yoqilg`i;

  • qiruvchi.

To`g`ri javob – «konstruktor». O`shani belgilash kerak.

  • Misol: Yaxshilik: yomonlik = kun: ?

  • quyosh;

  • tun;

  • hafta;

  • chorshanba;

  • vaqt.

Bu yerda to`g`ri javob «tun». O`shani belgilash kerak.
4 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR
Sizga beshta so`z beriladi. Ulardan to`rttasi bitta umumiy belgiga ega. Beshinchi so`z ularga mazmunan mos kelmaydi. O`shani topib belgilash kerak. Tanlagan so`zin–giz nomerini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so`zni va nomerni belgilang.

  • Misol:

  • tarelka;

  • piyola;

  • stol;

  • qoshiq;

  • choynak.

Birinchi, ikkinchi va to`rtinchi, beshinchi so`zlar idish-tovoqlarga, uchinchi so`z mebelga kiradi. O`shani belgilash kerak.

  • Misol:

  • yurmoq;

  • sakramoq;

  • raqs tushmoq;

  • o`tirmoq;

  • yugurmoq.

Bu yerda to`rtta so`z harakatni, faqat bittasi – o`tirmoq haraktsizlikni bildiradi. Shuning uchun u ortiqcha.
5 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR
Sizga bir juft so`z beriladi. Ular uchun umumiy bo`lgan xususiyatni ifodalaydigan so`zni toping. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, mavjud barcha umumiy xususiyatlardan iloji boricha bevosita shu ikki narsaga eng yaqin va eng xos xususiyatni topib yozish kerak. Javobingizni so`zlar juftligining yoniga yozing.

  • Misol: Archa — qarag`ay: to`g`ri javoblar…

  • «Daraxtlar»;

  • «Doimiy yashil o`simliklar»;

  • «Ninabargli daraxtlar».

Eng to`g`ri javob «Ninabargli daraxtlar». Shu so`zni yozish to`g`riroq bo`ladi.

  • Misol: Yomg`ir — do`l: to`g`ri javoblar…

  • «Atmosfera hodisalari»;

  • «Ob–havoning holatlari»;

  • «Yog`ingarchiliklar».

Eng to`g`ri javob «Yog`ingarchiliklar». Shu so`zni yozish to`g`riroq bo`ladi.
6 TOPSHIRIQNI BAJARISHGA MISOLLAR
Sizning e’tiboringizga muayyan qoida asosida joylashtirilgan sonlar qatori havola etiladi. Sizning vazifangiz uch nuqta o`rniga shu qatorni to`g`ri davom ettirishi mumkin bo`lgan navbatdagi raqamni topib yozishdan iborat. Ayrim topshiriqlarni bajarish uchun xayolan (dilda) yoki yozma ravishda bir qancha arifmetik amallarni – qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lishlarni bajarishga to`g`ri keladi.

  • Misol: 2, 4, 6, 8, …

Bu qatorda har qaysi keyingi raqam oldingisidan 2 taga ortiq. Shuning uchun uch nuqta o`rniga 10 raqami yozilishi kerak.

  • Misol: 9, 7, 10, 8, 11, 9, 12, …

Bu qatorda navbati bilan keyingi raqamlarga oldin 2 qo`shilib, keyin 3 ayiriladi. Shuning uchun uch nuqta o`rniga 10 bo`lishi kerak.
Har qaysi guruhdagi topshiriqlarni bajarish uchun qat’iy cheklangan vaqt beriladi. Shu vaqt tugagach, nechta topshiriqni bajarishga ulgurishingizdan qat’iy nazar topshiriqni bajarish to`xtatiladi. Ishni bajarish va to`xtatishda mening ko`rsatmalarimga amal qilasiz. Topshiriqlarni bir boshdan bajarish kerak. Birorta topshiriqda uzoq vaqt ushlanib qolib vaqtni yo`qotmang – tushunarsiz ko`ringan yoki bajara olmagan topshirig`ingizni qoldirib darrov keyingisiga o`ting. Topshiriqlarni bajarish vaqtida aqlingiz va fikringizni bir joyga to`plang, boshqa sheriklaringizga murojaat qilmanga, bir–biringizga halaqit bermang. Tez va xatosiz ishlashga harakat qiling».
Bu ko`rsatmadan so`ng psixolog testlar yozilgan varaqlarni tarqatadi va unga sinaluvchilarning familiyasi va ismi, sinfi, sanani yozishni so`raydi. Hamma buni bajarib bo`lgandan so`ng psixolog sinoluvchilarda ruchkalarni stolga qo`yishni va uni diqqat bilan tinglashni so`raydi. Keyin u birinchi subtestdagi topshiriqlar–ning xususiyati va bajarish qoidasini misollar yordamida tushuntiradi, kimlarda savollar borligini so`raydi. Agar savollar bo`lsa yana bir bor subtestni bajarish tartibini tushuntiradi. Shundan so`ng sinaluvchilarga o`z javoblarini maxsus javob varaqasiga tushirish tartibini tushuntirib, ishni bajarishga kirishishga ruxsat beriladi. Ayni vaqtda ularga sezdirmagan holda (ularning diqqatini chetga tortmaslik va asabiylashtirmaslik uchun) sekundomerni yurgiziladi. Belgilangan vaqt tugagach psixolog qat’iy tartibda ruchkalarni stolga qo`yishni taklif qiladi va keyingi subtestni bajarish tartibini tushuntiradi.
Testni bajarish vaqtida barcha talabalar psixologning ko`rsatmalaringizga qat’iy amal qilishlarini nazorat qilib borish lozim.



Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə