Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə27/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Psixologik masalalar

Natijaviy ma'lumotlar:

So`ng boshlovchi olingan natijalarning mazmuni va mohiyatini bildiradi:
1-javob uchun bir ball, 2-javob uchun ikki ball, 3-chi javob uchun uch ball, 4-chi javob uchun to`rt ball.

    • 21-28 ball – sizda obro`li va nufuzli bo`lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

    • 17-20 ball – siz shu yo`l tomon ketyapsiz

    • 13-16 ball – siz obro`li bo`lishingiz uchun, ushbu sifatlarni shakllantirishingiz kerak bo`ladi

    • 12 va undan past ball – ayni paytda obro`li bo`lish imkoniyati sizda yo`q. Agar o`z o`stingizda ishlasangiz, bu sifatlarga ega bo`lishingiz mumkin. O`z-o`zingizni tarbiyalashga harakat qiling. Ishoning, ishingiz baroridan keladi.

  • O`yindan kutilayotgan natijalar:

Mashg`ulot yakunida boshlovchi mustaqillik, mas'uliyatning amaliy ko`rinishlari beqiyos darajada keng ekanligini ta'kidlab o`tishi lozim. Har bir shaxsning faolligi va shu asosda o`z tengqurlari orasida obro`ga erishishi u qaerda bo`lishidan qat'iy nazar, muomala sohasida hamdm xulq-atvorida uni namoyon etish imkoniyatlarining chegarasi yo`q. Mazkur imkoniyatlarni hayotga tadbiq etish uchun har bir shaxs o`z imkoniyatlarini to`g`ri baholay olishi, o`z kuchlarini to`g`ri taqsimlay bilishi, yuz berishi mumkin bo`lgan vaqtinchalik muvaffaqiyatsizliklardan tushkunlikka tushmasligi, qiyinchiliklarni va to`siqlarni yengib o`tishni mashq qilishi lozim. Bunga shaxsning o`zini baholay olishdek fundamental (mukammal) tavsifi samarali ta'sir ko`rsatadi. Bu o`yin oz bo`lsada, bu ishda ko`maklashadi.


JAMOADA JAMOAT ISHLARINI TASHKIL ETISH”
NOMLI ISH O`YINI
4 soatlik amaliy mashg`ulot

  • Maqsad:

Jamoani o`rganish usullari bilan tanishish va bu sohada tajriba almashish; jamodagi shaxslararo munosabatlarni, undagi guruhlarni, guruh sardorlarini aniqlash; o`yin qatnashchilariga notiqlik, o`z fikrini o`zgalarga o`tkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirish.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə