Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə35/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Psixologik masalalar

TEST KALITI



Ha

Yo’q



Ha

Yo’q



Ha

Yo’q

1.

E




20.




E

39.

E




2.

A




21.

A




40.

A




3.

E




22.

E




41.




E

4.

A




23.

A




42.




Yo

5.




E

24.

Yo




43.

A




6.

Yo




25.

E




44.

E




7.

A




26.

A




45.

A




8.

E




27.

E




46.

E




9.

A




28.

A




47.

A




10.

E




29.




E

48.




Yo

11.

A




30.




Yo

49.

E




12.




Yo

31.

A




50.

A




13.

E




32.




E

51.




E

14.

A




33.

A




52.

A




15.




E

34.




E

53.

E




16.

A




35.

A




54.




Yo

17.

E




36.

Yo




55.

A




18.




Yo

37.




E

56.

E




19.

A




38.

A




57.

A






Test natijalari testning kaliti bilan solishtirib ko’rib chiqiladi. Tekshiriluvchilarning javoblari yoniga kalitda mos kelgan “E”, “A” , “Yo”harflarini qo’yib chiqadilar. “E” va “A” harflar bo’yicha olingan natijalar 0 dan 24 gacha bo’lgan shkalalarga gorizontal va vertikal holatda joylashtirilib chiqiladi. “Yo ”harfi bo’yicha 0 dan 6 gacha belgilangan.
Agar “E ” shkalasi bo’yicha ballar soni 12dan ortiq chiqsa, bu shaxs “ekstrovert”dir. Bu tashqi muhitga yo’nalgan, obyektning magnit kabi tortuvchi, qiziquvchan, impulsiv, hulq –atvori mustahkam, muloqotli, ijtimoiy muhitga moslashgan va unda o’z o’rnini topgan shaxsdir.
Agar “E” shkalasi bo’yicha ballar soni 12 dan kam chiqsa, unda shaxs “introvert” Bu og’ir, vazmin, ehtiyotkor, aqlli, muloqotga birinchi bo’lib kirisha olmaydi. O’z-o’zini nazorat qilishga va o’z- o’zini tahlil qilishga moyil shaxsdir.
“A” shkalasi bo’yicha 12 dan ortiq chiqsa, bu shaxs “Asabiy” hisoblanadi. O’zini tuta bilmaslik, irodaviy bo’sh, serjahl, shu bilan birgalikda faol, harakatchan, Muloqotli va boshlagan ishini oxirigacha yetkazadi.
“Yo” shkalasi - bu yolg’onchilik shkalasidir. Bu ichki dunyosini ochmaslik, fikr va mulohazalarini boshqalardan sir tutishlik, oddiy qilib aytganda o’zini “oyna” da odilona qilib ko’rsatish yoki o’z-o’zini baholashdir.
Agar tekshiriluvchining javob varaqasida “Yo” shkalasi bo’yicha ballar soni 6tadan ortiq chiqsa, u holda tekshiriluvchi bir oz tanaffusdan so’ng qayta tekshirilishi lozim.
0–2 ball o’z-o’zini past baholash.
3–4 ball o’z-o’zini adekvat (haqqoniy) baholash.
5–6 ball o’z-o’zini yuqori daraja baholash.
Temperament xususiyatlari quyida keltirilgan jadvalli ma’lumotlar asosida bayon etiladi.
INSONGA XOS BO’LGAN XUSUSIYATLAR VA XISLATLARNING TIPOLOGIYASI
Insonda shunday xususiyatlar mavjud bo’lishi ehtimoli borki, ularning mavjudligini hyech kim, hattoki mazkur shaxsning o’zi ham bilmasligi mumkin. Bunday hislatlar bir umr mobaynida yuzaga chiqmasligi ham mumkin. Biroq, agar muayyan shart-sharoitlar tug’ilsa, ular go’yoki osmondan tushganday, kutilmaganda yuzaga chiqadi. Masalan, favqulotda holatlarda, yashash muhiti va sharoiti hamda ijtimoiy mavqyei o’zgarganda...
Shuning uchun qadimiy maqollardan birida odamni to’liq bilish, uni mufassal baholash uchun u bilan birgalik bir botmon tuz yeyish kerak deyilgan…
AYZENK SO`ROVNOMASI BO`YIChA XULQ–ATVOR


Ayzenk doirasi


G.Ayzenk bo’yicha shaxs fe’li.
Tipik ekstravert -- boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqat qilishga moyil, yangi ta’sirotlarga intiluvchan. U ulfatlarni yoqtiradi, ko’p do’stlari va tanishlari bor, beparvo, umid-ishonch bilan to’lgan, kulishni yoqtiradigan odam. Shuningdek, tajovuzkor, serjahl, ta’sirchan inson bo’lib, ko’pincha daqiqa ta’sirida harakat qilishi mumkin. His-tuyg’ularini qattiq nazorat qila olmaydi, tanishuvchi, odatda yaqinlashish uchun birinchi bo’lib so’z boshlaydi.
Bu aksariyat hollarda boshqa odamlarga , tashqi xodisalarga qaragan, boshqalar uchun ochik odam, bundaylar nisbatan oson tushunish obyekti bo’lgan odamlardir. Unga muloqatga kirishuvchanlik, doimo odamlarga talpinish xarakterlidir. Kechalarni, o’tirishlarni, davralarni yoqtiradi, o’z atrofidagi yugurib-yelishlar, jonlanish yoqadi. Quvnoq, sho’h, yolg’izlikka toqati yo’q, odamlarga ehtiyoj sezib turadi. Doimo yangi taasurotlarga talpinib turadi, agar ish tortishuvga, "garov"ga borib taqalsa, tezda qizishib ketadi, juda ko’p narsalarga urinishi mumkin. Odatda o’zi o’qishni, nimanidir qidirib topishni yoqtirmaydi, biroq yangi ma’lumotlarni boshqalardan olishni yoqtiradi. Qo’zg’alishlarga, taasurotlarga chanqoq, tavakkal qiladi va tavakkal qilishni yoqtiradi, ko’pincha soniyaviy holatlar, vaziyatlar ta’siri ostida xatti-harakat qiladi, tashqi ta’sirlarga beriluvchan, o’z ishlarini oldindan o’ylab o’tirishni yoqtirmaydi, balki birdaniga ishga kirishishni ma’qul ko’radi, o’tkir hazillarni yaxshi ko’radi, mijg’ovlanib gap bilan birovning ko’ngliga qo’l solmaydi, tez gapiradi va ishlaydi, odatda o’ziga ishonadi, o’zgarishlarni yaxshi ko’radi. Harakatsiz muloqot yuritishdan ko’ra, ish ko’rish, harakat qilishni ma’qul ko’radi. Tajovuzkorlikka, qiziqqonlikka mayli bor, sezilarli darajada betashvish va beg’am, hamma narsa o’z-o’zidan yo’lga tushib ketadi deb hisoblaydi. Boshqalarning hatti-harakati, qiliqlarini baholashda yon beruvchan. Uning hissiy kechinmalari jiddiy nazoratga ega emas, shuning uchun u hamma vaqt ham ishonsa bo’laveradigan odam emas. Ekstravert («tashqariga yo’nalgan») — muloqatga oson kirishadi, yuqori darajadagi tajovuzkorlikka ega, yetakchilik qilishga intiladi, ko’pchilikning diqqat-markazida bo’lishni yoqtiradi, osonlik bilan tanishadi, g’ayratli, ochiq, tavakkalchi, odamlarning ichki dunyosiga qaramay tashqi ko’rinishiga qarab baho beradi, xolerik yoki sangvinik.
Tipik introvert -- qiyinchilik bilan muloqatga kirishuvchi, uyatchan, og’ir, o’z ichki dunyosiga ko’milgan, o’z-o’zini kuzatadigan, tuyuq odam. Yaqin odamlaridan, boshqa hammadan ajralgan inson. U o’z harakatlarini oldindan rejalashtirib oladi, kutilmagan istaklarga ishonmaydi. U qo’zg’alishni, tartibni yoqtiradi, hayotda jiddiy. U his-tuyg’ularini qattiq nazorat ostiga oladi, kamdan-kam jahli chiqadi, qizishib ketmaydi, muloqatdagi va janjallardagi kelishmovchiliklarni jim turib to’xtatishga intiladi. U diqqatni, kuchni bir joyga to’playdigan va kam harakat talab qiladigan faoliyat turlarini yoqtiradi.
U o’zining ichki olamiga yo’nalgan, boshqa odamlar uchun yopiq, chetdan tushunish uchun bir oz qiyinroq odam. Odatda u xotirjam, vazmin, og’ir tabiatli, tortinchoq, o’z kechinmalarini muntazam tahlil qilib boruvchi odam. U kitob bilan muloqotda bo’lishni odamlar bilan muloqotda bo’lishdan afzal ko’radi, odatda gapga aralashmaydigan va o’zining yaqin odamlaridan boshqalar uchun uzoq, "notanish" odam, o’z atrofida yelib-yugurishlarini yoqtirmaydi. U o’z xatti-harakatlarini oldindan batafsil rivojlantirib borishga moyil, to’satdan yuzaga kelgan ta’sirlarga ishonmaydi. U qo’zg’alishlarni, hayajonlarni yoqtirmaydi, jiddiy, doimo nimaningdir tashvishida yuradi, hayotda tartibni yoqtiradi, sekin harakat qiladi, juda kam gapiradi. U o’z hissiyotlarini jiddiy nazorat ostida tutadi, kamdan-kam hollarda tajovuzkorona hatti-harakatlar qiladi, qizishib ketmaydi, unga ishonsa bo’ladi. Biroz pessimistroq, estetik me’yorlarni yuqori qadrlaydi. Introvert («ichkariga yo’nalgan») — ichki kechinmalari dunyosiga yo’nalgan, kam muloqatchan, kamgap, yangi tanishlarni qiyinchilik bilan orttiradi, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, eski aloqalar va munosabatlar uzilib qolsa qattiq hafa bo’ladi, havotirligi va ehtiyotkorligi yuqori, faolligi past, flegmatik, melanxolik.
Tipik ekstravert va introvertlar hayotda kam uchraydi, ular ko’pchilik odamlarda namoyon bo’ladigan hislatlarning qarama-qarshi qutblari hisoblanadi. Qolgan ko’pchilik odamlar shu qutblar oralig’ida joylashgan bo’ladi.
Tipik nevrotik (asabiy noturg’un) onglilik va ongsizlik o’rtasida yorqin nizolarni xarakterlaydi, shuning uchun ham salbiy his-tuyg’ularini yomon boshqaradi. Hissiy noturg’unlik odatda insonning gap ko’tara olmasligi bilan bog’langan bo’lib, u o’ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki qo’llab-quvvatlashiga doimiy muhtoj. Uning kayfiyati o’zgaruvchan. U ko’pincha bunga jiddiy asos bo’lmasada o’zini bahtsiz, nimadandir boshqalardan yomon his qiladi, ba’zan u o’zini aybdordek sezadi. U orzu qilishni, har narsadan shubha qilishni yoqtiradi, jizzikilik qilib turadi. Nevrotik odatda boshidan kechirgan ko’ngilsizlikni uzoq vaqt eslab yuradi, muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqadi. Unga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat shuni talab etsada o’z niyatlaridan voz kechishi ham qiyin. Nevrotik uchun tashqi psixik funksiyalarni to’liq saqlash xos.
U o’zining salbiy hissiyotlarini boshqara olmaydigan odam, shuning uchun bundan o’zi ham azob chekadi va boshqalarni ham qiynaydi. U doimo o’ziga ishonmaydi, unga, u nimasi bilandir boshqalardan kamdek u omadsizdek baxtsiz odamdek tuyulaveradi, doimo nimanidir noto’g’ri, boshqacha gapirib qo’ygandek siqilib yuradi, doimo kimlardir unga dalda berib, uni qo’llab-quvvatlashga, uni ma’qullashlariga yoki uni tinchlashtirishlariga muhtojlik sezib yuradi. Unda ko’pincha kayfiyatning keskin o’zgarishi, quvvatining ortishi va tushib ketishi hollari bo’lib turadi, juda oson hafa bo’ladi, tanqidga juda og’ir, bunga salbiy munosabatda bo’ladi, jahli tez chiqadi. Unda o’zining holati, jismoniy salomatligiga bo’lgan e’tibori o’ta yuqori, o’zicha doimo kasal bo’lib qoladigandek bo’lib tuyulaveradi, o’zini asabiy odam deb hisoblaydi, o’z diqqatini asabiylikning tashqi namoyon bo’lishiga (yurak urishi, bosh og’rig’i, titroq, nafas olishning o’zgarishi va boshqalar) jamlaydi, ko’pincha uyqusizlikdan qiynaladi, doimo nima uchundir havotirlanib yuradi, o’ziga ishonmaganligidan u juda at’iyatsizdir, ish qilishni emas balki hayol surish, orzu qilishni yoqtiradi, o’zining o’tmishini kavlashtirishni yoqtiradi, ayrim narsalarga ta’sirchan. O’ziga ishonmaslik o’zining omadsizligini anglash nevrotiklarda ko’pincha hasad va rashk kabi sifatlarni yuzaga keltiradi va bularni odatda uning o’zi tan olmaydi, biroq bular anglanmagan holda uning hatti-harakati, qiliqlarida, odamlarga bo’lgan munosabatida namoyon bo’lib turadi. Jamoada bu og’ir, murakkab odam, unga juda sezgirlik, ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak.

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə