Psixologik masalalar


II.TALABALAR UChUN METODIK KO’RSATMA



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə34/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Psixologik masalalar

II.TALABALAR UChUN METODIK KO’RSATMA
Muammo
O’quvchiga xos bo’lgan individual xususiyatlarni dars jarayonida aniqlash
Vazifalar

  1. Po’latning dars jarayoniga bo’lgan munosabatini aniqlash.

  2. Darsdan tashqari paytda Po’latda kuzatiladigan xususiyatlarni aniqlash.

MASALANI YECHISH TARTIBI
1. Po’latga xos bo’lgan temperamentni aniqlash:
-o’quvchining temperamentini aniqlash;
-temperamentlarga xos xususiyatlarni o’rganish (G.Yu.Ayzenkning “Temperamentlarni aniqlash” testi yordamida).
2.Jamoatchilik ichida Po’latning xususiyatlarini kuzatilishi:
-o’z fikrini bayon qilishga nisbatan munosabati;
-dars jarayonida Po’latning xususiyatlarini namoyon bo’lishi.
3.Individual xususiyatlarning dars jarayoniga ta’siri yuzasidan pedagoglarga maslahat va tavsiyalar berish.
O’QUV-METODIK MATERIAL
G.Yu.Ayzenkning “Temperamentlarni aniqlash” testi.
1.Yangi taassurotlarga intilish sizda tez-tez seziladimi?
2.Sizni tushunadigan va qo’llab-quvvatlaydigan do’st kerakligini his qilasizmi?
3.Siz o’zingizni tashvishi yo’q odam deb hisoblaysizmi?
4.O’ylagan narsangizdan qiyinchiliksiz voz kecha olasizmi?
5.Bir ish qilishdan oldin shoshmasdan, o’ylab ish tutasizmi?
6.Hatto sizga foydasi bo’lmasa ham va’dangizda turasizmi?
7.Ruhiyatingiz tez tushib, tez ko’tariladimi?
8.Ko’p o’ylamay tez ish yurita olasizmi?
9.Jiddiy sabab bo’lmasa ham o’zingizni baxtsiz deb hisoblagan vaziyatlar bo’lganmi?
10.Birov bilan bahslashsangiz, o’zingizni ko’p narsaga qodir ekanliginingizga ishonasizmi?
11.Sizga yoqqan qarama-qarshi jinsli kishi bilan tanishishni istasangiz, tortinasizmi?
12.Jahlingiz chiqqanda o’zingizni yo’qotasizmi?
13.Ko’pincha o’ylamasdan sharoitga qarab ish tutasizmi?
14.Gapirmasam bo’lar edi, shu ishni qilmasam bo’lar edi, degan xayollar sizni tez-tez bezovta qiladimi?
15.Sizga odamlar bilan uchrashishga nisbatan kitob o’qish afzalmi?
16.Sizning shaxsiyatingizga tegish osonmi?
17.Do’stlar davrasida tez-tez bo’lishni yoqtirasizmi?
18.Birovlar bilishini istamagan sirlaringiz bormi?
19.Ba’zan g’ayratingiz jo’shib qadamingizdan o’t chaqnaydi, ba’zan esa hamma ishdan hafsalangiz pir bo’lib, loqayd bo’lasizmi?
20.Do’stlaringiz davrasini eng yaqin do’stlaringiz bilan chegaralanishini istaysizmi?
21.Siz ko’p narsani orzu qilasizmi?
22.Sizga baqirib gapirishsa, siz ham xuddi shunday javob qaytara olasizmi?
23.Ba’zan o’zingizni biron narsada aybdor deb his qilasizmi?
24.Siz o’z odatlaringizni yaxshi ekanligiga ishonasizmi?
25.O’z hislaringizga erk berib, do’stlar davrasida o’zingizni betashvish his qilasizmi?
26.Asabingiz tarang bo’lgan paytlar sizda ko’p bo’ladimi?
27.Sizni xushchaqchaq va tiyrak odam deb hisoblashadimi?
28.Biror ishni bajarib bo’lgandan keyin, shu ishni bundan ham yaxshiroq bajarishingiz mumkinligi haqida o’ylaysizmi?
29.Katta davralarda o’zingizni xotirjam his qilasizmi?
30.Siz g’iybat qilasizmi?
31.Miyangizga har xil xayollar kelib, sizga uyqu bermaydigan vaqtlar ko’p bo’ladimi?
32.Siz biror narsani bilishni istasangiz, do’stlaringizdan so’rab-surishtirishga nisbatan, shu narsani tezroq kitobdan qidirib topishni ma’qul ko’rasizmi?
33.Sizni yuragingiz tez-tez o’ynab turadimi?
34.Diqqat - e’tiborni bir joyga tortadigan ishlar sizga yoqadimi?
35.Sizni qaltioq tutadimi?
36.Siz doim haq gapirasizmi?
37.Bir-birini kamsitadigan davralarda siz o’zingizni xotirjam his qilasizmi?
38.Siz serjahlmisiz?
39.Sizga tez harakat talab qiladigan ishlar yoqadimi?
40.Hammasi yaxshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibatlarga olib keladigan ishlar sizni xayolingizni bezovta qiladimi?
41.Harakatlaringiz sekin, chaqqon emasligi bu haqiqatmi?
42.Siz ishga yoki birov bilan uchrashuvga hyech kechikkanmisiz?
43.Be’mani tushlarni tez-tez ko’rasizmi?
44.Siz gaplashishini sevganingiz uchun, notanish odamni ko’rganingizda paytni boy bermasdan u bilan gaplashishga harakat qilasizmi?
45.Sizni biror bir og’riq bezovta qiladimi?
46.Agar sizni o’zga kishilar bilan suhbatlashish imkoniyatidan mahrum qilishsa, siz o’zingizni baxtsiz kishi deb hisoblarmidingiz?
47.Siz o’zingizni asabi yomon kishi deb hisoblaysizmi?
48.Sizning tanishlaringiz orasida o’zingizga yoqmaydiganlari ham bormi?
49.Siz o’zingizni o’ziga ishongan odam deb hisoblaysizmi?
50.Sizni shaxsiy yoki ishdagi kamchiliklaringizni tanqid qilishsa, bu shaxsiyatingizga tegadimi?
51.Ko’pchilik bilan bajarilgan ishdan qoniqish qiyinligi rostmi?
52.Sizni boshqalardan nima bilandir yomonman degan fikr bezovta qiladimi?
53.Zerikarli davralarni qiziqtira olasizmi?
54.O’zingiz tushunmagan narsalar to’g’risida ham gapirgan vaqtlaringiz bo’ladimi?
55.O’z sog’lig’ingiz haqida qayg’urasizmi?
56.Birovlar ustidan hazil qilishni yoqtirasizmi?
57.Uyqusizlikka duchor emasmisiz?

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə