Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə26/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Psixologik masalalar

Tashkillashtirish:

O`yin o`tkazayotgan shaxs guruh tuzadi. Bu guruhda har bir ishtirokchi o`z nomidan qatnashadi. Guruhni istalgan o`quv muassasasida tuzish mumkin. Guruh 3 tadan ortiq odamdan tuziladi.

  • O`yinning sharti:

O`yinda har bir ishtirokchi avval savollarga javob beradi. Keyin munozarada qizg`in qatnashishi va anketa (so`rovnoma) to`ldirishi kerak. So`rovnomaga to`g`ri, haqqoniy javob berilishi kerak.

  • O`yin jarayoni:

Ishtirokchilar bilan jamoa ishida javobgarlikni anglagan holda qatnashish masalasi muhokama qilinadi. Boshlovchi quyidagi savolni beradi: «Sizning nazaringizda, birinchi navbatda ko`pincha kimlar jamoada u yoki bu muammolarni hal etish mas'uliyatini o`z zimmasiga oladi? Qanday yoshlar? Ular qanday xususiyatlarga ega bo`lishi kerak?»
Bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, boshlovchi ishtirokchilarning e'tiborini guruhda ma'lum ma'noda obro`ga ega bo`lgan yoshlar birinchi navbatda o`z zimmalariga javobgarlikni olishiga qaratadi. Bu fikrni boshlovchi ishtirokchilar tomonidan bildirilmasa ham qayd etib o`tadi.
Yana quyidagi savollarni berib, ularga javob oladi: Obro` nimani anglatadi? Har biringiz o`z guruhingizda obro`yingizdan foydalanishga harakat qilasizmi? Unga qanday erishish mumkin? Boshlovchi ishtirokchilarni yangi munozaraga yo`llaydi va ishtirokchilar bilan bo`layotgan qizg`in suhbatga yanada jonlashtirish kiritadi. Boshlovchi shu kunlarda ko`plab korxonalar va firmalarda ishga qabul qilish to`ldirilgan shaxsiy varaqalar va o`zaro suhbatlar orqali tanlov yo`li bilan bo`layotganligini ta'kidlab o`tadi. Boshlovchi ishtirokchilarga quyidagicha deb aytadi:
Agar tanlov paytida, kishi yaxshi kiyinmagan bo`lsa, cheksa (yuz, tish rangi o`zgarishi, badanidan tamaki hidi kelishi), suhbatga kechikib qolsa, madaniyatsizlik qilsa, bilim saviyasi sayoz bo`lsa, bunday shaxslar xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, deb topiladi.
Yuqoridagi kam-ko`stsiz shaxs ishga kirmoqchi bo`lsa, ular albatta hurmat bilan kutib olinadi. Bundaylarga alohida e'tibor beriladi.
Faraz qiling, ishga kirish paytida zarur hujjatlarni to`ldirayotib, anketa (so`rov) va unga oid ko`rsatma olasiz; anketadagi o`z fe'lingizga xos xususiyatlarni ifodalovchi bandlarga tegishli belgi qo`yib chiqishingiz kerak bo`ladi.
Siz bunga qanday javob berasiz? To`g`ri, haqqoniy javob berish sizga faqat foyda keltiradi.

    • Tashabbuskorlik:

      • Tashabbuskor emas, ko`rsatma kutadi

      • Rahbarning buyrug`isiz zarur deb bilgan hajmdagi ishlarni amalga oshiradi

      • Berilgan topshiriqlarni bajarishda chaqqon

      • Sidqidildan qo`shimcha topshiriqlarni qidiradi

    • Boshqalarga bo`lgan munosabati:

    • Etakchilik – «liderlik»:

      • Ergashib yuradi, boshqalarning irodasiga bo`ysunadi

      • Odamlarni etaklab yuradi

      • Samarali buyruqlarni o`z vaqtida beradi

      • Kuchli, boshqalarda ishonch uyg`otadi

    • Javobgarlik:

      • Topshiriqlardan bo`yin tovlash

      • Topshiriqlarni bajarishga yoqinqiramasdan kirishadi

      • Norozilik bildirib, buyruqni bajarishga rozi bo`ladi

      • Buyruqni bajarishda juda mas'uliyatli

    • Tashkilotchilik qobiliyatlari:

      • Yomon tashkilotchi

      • Tashkilotchilik qobiliyati o`rtacha

      • Qobiliyatli tashkilotchi

      • Odamlarni ishontirishda, dalillarni mantiqiy tartibda joylashtirishda juda ham qobiliyatli tashkilotchi

    • Dadillik:

      • Ikkilanuvchan va qo`rquvchan

      • Tezkor, lekin ko`p xato qiluvchi

      • Ehtiyotkor, pishiq-puxta

      • Tezkor va aniq

    • Qat'iylik:

      • Deyarli hech qanday qat'iylik yo`q

      • Dadillik va qat'iylikning o`rta darajasi

      • Doim harakat qiladi

      • Maqsadini aniq biladi. Uni mashaqqatlar cho`chitmaydi

So`rovnoma to`ldirilgach, ishtirokchilardan belgi qo`yilgan sifatlarning ballarini hisoblab chiqish so`raladi.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə