Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə28/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Psixologik masalalar

Kutilayotgan natija:

  • Insonning psixologik imkoniyatlarini o`rganish usullari bo`yicha bilimni egallash va bu bilimlardan foydalana ola bilish;

  • Notiqlik san'atiga ega bo`lish.

  • Odamlarni psixologik tahlil qila bilish ko`nikmasini o`zlashtirish.

  • Munozara yuritish madaniyatini egallash.

Noaniqlik sharoitida o`z faoliyatini tanlash vaziyatida shaxs xulqi modeli bo`yicha imitatsion ishchanlik o`yini

  • O`yinning maqsadi:

    • Jamoda psixologik muhitni hamda liderlarni aniqlash;

    • Jamoda psixologik sharoitni, liderlarni (oq va qora) aniqlash, rahbar uchun jamoani samarali boshqarishga yordam.

Liderni aniqlash uchun ushbu o`yin ushbu o`yin xohlagan kollektivda ishlatilishi mumkin.
O`yinning vaqti – 2 soat.
ISH O`YINI

  • Vaziyat:

“Taqsimot bo`yicha bir oy mobaynida ishlayotgan jamoangizda Sizga jamoatchilik ishini tashkil qilish, hamda boshqarish vazifasi qo`yilgan”.
Jamoangiz unchalik katta emas, taxminan 50 nafar odam. Sizga --------- tashkil qilish uchun bir hafta muhlat berilgan. Xo`sh, jamoangizda jamoa hamda tashkiliy ishlarga qiziqqan odamlarni aniqlash uchun, qanday tashkiliy tadbirlar o`tkazish mumkin? (ishtirokchining blankiga qarang).

  • O`yin qoidasi:

    • Jamoa ishlariga faol nomzodlarni aniqlash, qisqa muddatda liderni, jamoa sardorini topish uchun Sizga berilgan harakat turlaridan bittadan-uchtagacha tanlashingiz mumkin.

Tanlagan ishtirokchilar blankida “_” belgisini qo`yib harakatingizni belgilang.

    • Har bir ishtirokchi individual ishida boshqa ishtirokchilar maslahatisiz, shaxsan o`zi yechimni topish kerak. Tushunmagan savollarga rahbar javob beradi. Individual ishining tugatganligini ishtirokchi qo`lini ko`tarib bildiradi.

    • Barcha ishtirokchilar 4 kishidan iborat bo`lib komandalariga bo`linadigan hamda erkin fikrlash jarayonida komandalari o`zining yakuniy qaroriga keladilar. Ushbu bosqichda har bir ishtirokchining vazifasi komandaga o`z fikrining to`g`riligini o`tkaza olishdir.

Komandalar o`zaro maslahatlashmaydilar. Ishning yakunlanganligi qo`l ko`tarish bilan bildiriladi.

    • Ish jarayonida komandaning vakili umumiy qarorini izohlab, himoya qilib tushuntirib beradi. Boshqa komandadagi ishtirokchilar savollar berib, qarama-qarshi fikrlar bildiradilar. Shunda komanda o`z fikrini himoya qiladi va munozara (tortishuv) jarayonini o`tkazadi.

    • O`yinning rahbari komandalar qaror chiqarayotganida aralashmaydi, faqat o`yinni nazorat qilib turadi.

    • Har bir ishtirokchi o`zining ishbilarmonlik xususiyatini, sifatlarini, shuningdek, o`z-o`zini baholash uchun berilgan tartibdagi ro`yxatdan 6 tasini tanlamog`i kerak.

O`z-o`zining ishbilarmonligini o`zi baholashi, boshqa ishtirokchilarning konsultatsiyasi individual tartibda olib boriladi.

    • Xarakter turini baholash: agar Siz tanlagan xislatlarning aksariyati birinchi yarmida bo`lsa, ijodiy xarakter; ikkinchisiga tushsa bajaruvchi; uchinchisiga tushsa – tashkilotchi.

Agar siz tanlagan xislatlar xarakterning uch turiga barobar taqsimot qilingan bo`lsa, demak, Sizga xarakterning uch turi ham xosdir.

    • Agarda ishtirokchi o`z fikrini komandaga o`tkaza bilsa hamda ijodiy va tashkilotchilik xarakteriga ega bo`lsa, ushbu ishtirokchi lider, deb hisoblanadi.


  • Yüklə 252,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə