Psixologik masalalar


OTANI QIZ TOMONIDAN BAHOLANISHI



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə15/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Psixologik masalalar

4. OTANI QIZ TOMONIDAN BAHOLANISHI
Pozitiv e’tibor shkalasi
Qizlar otadagi pozitiv e’tiborni otaning o`ziga ishonchi, qattiqqo`llik o`rniga o`ziga ishonch bilan mehribonlik, ochiqlik, samimiyligida deb biladilar. Qizlar otadagi mutloqo erkinlik berib o`z holiga qo`yish yoki qattiq turib jazolash kabi xislatlarni qabul qilmaydilar. Ularning nazarida pozitiv e’tibor asosida muloyim–do`stona munosabatlar yotadi. Bunda qizlar nima qilishi mumkin–u, nima ta’qiqlanishi aniq–oydin belgilab qo`yilgan bo`lishi mumkin. Bunday holat otaning ta’qiqlari faqat umumiy mehr–muhabbat muhiti orqali qabul qilinadi.
Direktivlik shkalasi
O`smir-qizlar otaning direktivligini uning o`ta qattiqqo`lligida, ba’zan qo`lini musht qilib tugishida, ba’zan qizining jamiyatdagi yoki oiladagi o`rnini (burchini) ko`rsatib berishida deb tushunadilar. Direktiv ota o`sayotgan qizga go`yoki haq yo`lni ko`rsatish uchun, unga jamiyatda va muayyan madaniy muhitda qabul qilingan fe’l–atvor qoidalarini o`rgatishga, uning ongiga odob-axloq tushunchalarini singdirishga harakat qiladi.
G`arazlilik shkalasi
Bu yerda otaning shunday yoqimsiz tipi haqida gap boradiki, u bir tomondan «namunali qiz» etaloniga suyangan holda bolasiga nisbatan haddan tashqari talabchan bo`lsa, ikkinchi tomondan hissiy–sovuq, o`zidan uzoqlashtiruvchi (begonalashtiruvchi) munosabatda bo`ladi. Bularning hammasi ota bilan qiz o`rtasidagi munosabatlarning buzilishiga va buning oqibatida qizda asabiylik, noturg`unlik xususiyatlarning paydo bo`lishiga olib keladi.
Avtonomlik shkalasi
O`smir-qizlar otalarning avtonomligini ustivorlik (yetakchilik) uchun qilingan harakat shaklida ko`rishadi, bunda otalarning yetakchilik mavqei qizlar yetisha olmaydigan balandlikda (uzoqlikda) bo`ladi. Ota qizidan chegaralangan, oilaning muammolaridan o`tib bo`lmas devor bilan ajratilgan holatda qabul qilinadi. Otaga uning atrofida nimalar sodir bo`layotganining mutlaqo ahamiyati yo`q, uning harakatlari ko`pincha yaqinlarining ehtiyojlari va talablari bilan bilan uyg`unlashmagan, yaqinlarining talab–ehtiyojlari inkor qilinadi, inobatga olinmaydi.
Izchillikning yo`qligi
Bu yerda ota, munosabatlarini, fe’lini, oldindan aytib bo`lmaydigan, kutilmagan xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin bo`lgan shaxs sifatida ifodalanadi. Uning harakatlarida bir xildagi ehtimollik bilan bir–biriga qarama-qarshi psixologik qo`rinishlar namoyon bo`lishi mumkin va ularning tebranishlar amplitudasi juda katta bo`ladi.



Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə