Psixologik masalalar


TADQIQOTNI O`TKAZISH TARTIBI



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə12/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Psixologik masalalar

TADQIQOTNI O`TKAZISH TARTIBI
Ishni boshlashdan oldin talabalarni testning maqsadi va vazifalari bilan tanishtiriladi hamda ularga quyidagicha yo`riqnoma beriladi:
«Sizdan o`z tajribangizga asoslangan holda berilgan ta’kidlarning qaysilari ota-onangizga xosligini belgilash so`raladi. Buning uchun har qaysi ta’kidni diqqat bilan o`qib chiqing, birortasini ham qoldirmang. Agar muayyan ta’kidlash otangiz (onangiz)ning tarbiya sohasidagi tamoyillariga to`liq mos kelsa, «2» raqamini doira bilan belgilang. Muayyan ta’kidlash otangiz (onangiz)ning tarbiya sohasidagi tamoyillariga faqat qisman mos kelsa, «1» raqamini doira bilan belgilang. Agar ta’kid ota-onangizga mutlaqo xos bo`lmasa (to`g`ri kelmasa) «0» raqamini doira bilan belgilang».
So`ngra o`smirga savolnoma teksti va ota-onaning har qaysinisi uchun alohida bo`lgan javob varaqalari beriladi. Javoblar ota uchun alohida, ona uchun alohida beriladi, lekin ta’kidlar har ikkala holda ham bir xil bo`ladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, o`smir avval ota yoki ona yuzasidan javob varaqasini to`liq belgilab va tadqiqotchiga topshirib bo`lgandan so`nggina keyingisini to`ldirishni boshlashi mumkin. Bunda oldin kimdan (otadan yoki onadan) boshlashning tadrijiy ahamiyati yo`q.
O`smirlar uchun ADOR savolnomasi

Ismi–sharifi______________________________Sinfi____Sana_______







Mening otam (Mening onam):

Ha

Ba’zan

Yo`q

1

Ko`pincha menga jilmayib qaraydi

2

1

0

2

Nima qilishim mumkin–u nima qilishim mumkin emasligini qat’iy bilishimni talab qiladi

2

1

0

3

Menga nisbatan yetarli darajada sabr–bardoshli emas

2

1

0

4

Biror joyga ketsam, qachon qaytib kelishimni o`zi belgilab beradi

2

1

0

5

Doimo o`zi nima gapirayotganini yoki bo`yurayotganini tezda unutib qo`yadi

2

1

0

6

Kayfiyatim yomon bo`lsa, menga tinchlanishni va quvnoq bo`lishni maslahat qiladi

2

1

0

7

Meni, yaxshi bola bo`lishim uchun, ko`plab qoidalarga amal qilishi kerak, deb hisoblaydi

2

1

0

8

Doimo kimlargadir mendan shikoyat qilib yuradi

2

1

0

9

Menga qancha erkinlik kerak bo`lsa shunchaga imkon beradi

2

1

0

10

Ayni bir ish uchun bir xil vaqtda rag`batlantiradi va maqtaydi, boshqa bir vaziyatda esa jazolaydi yoki tanbeh beradi

2

1

0

11

Men bilan birgalikda nimadir qilishni yaxshi ko`radi

2

1

0

12

Agar biror ish buyursa, o`shani tugatmaguncha boshqa ishga chalg`imay faqat o`sha bilan band bo`lishim kerak, deb hisoblaydi

2

1

0

13

Arzimagan kamchiliklarim uchun ham achchig`i chiqib javrashni boshlaydi

2

1

0

14

Biror joyga borishni xoxlasam, undan ruxsat so`rashimni talab qilmaydi

2

1

0

15

Mening kayfiyatim bilan hisoblashgan holda, o`zining ko`p ishlaridan voz kechadi

2

1

0

16

G`amg`in yoki hafa bo`lsam meni quvontirishga va kayfiyatimni ko`tarishga harakat qiladi

2

1

0

17

Qilgan ayblarim uchun har doim jazolanishimni talab qiladi

2

1

0

18

Mening tashvishlarim, qiziqishlarim va hohish–istaklarim bilan kam qiziqadi

2

1

0

19

Menga har kuni kechqurun hoxlagan joyimga borishimga imkon beradi

2

1

0

20

Uning muayyan qoida, odat va amallari bor. Lekin ularga ba’zan amal qiladi, ba’zan amal qilmaydi

2

1

0

21

Doimo mening fikrlarim va qarashlarimni diqqat–e’tibor berib tinglaydi

2

1

0

22

Aytilgan ishni doimo oxirigacha bajarishimni kuzatib boradi

2

1

0

23

Ba’zan menda, go`yoki uning meni ko`rgani ko`zi yo`qdey hissiyot paydo bo`ladi

2

1

0

24

Menga nima yoqsa va ma’qul kelsa, shuni qilishimga imkon beradi

2

1

0

25

O`z qarorlarini o`ziga qulay va ma’qul bo`lgan ko`rinishda o`zgartiradi

2

1

0

26

Tez–tez meni biror narsam uchun maqtaydi

2

1

0

27

Doimo qayerdaligim va nima ish bilan bandligimni bilishni xoxlaydi

2

1

0

28

Mening o`zgarishimni, boshqacha bo`lishimni xohlaydi

2

1

0

29

Ko`nglimga mos bo`lgan ish bilan mashg`ul bo`lishimga imkon beradi

2

1

0

30

Ba’zida meni osongina kechiradi, ba’zida esa – yo`q

2

1

0

31

Meni yaxshi ko`rishini ochiq namoyish qilishga intiladi

2

1

0

32

Maktabda yoki ko`chada nima ishlar qilishimni doimo surishtirib–kuzatib boradi

2

1

0

33

Agar biror narsani aytilganidek qilmasam, bu haqda doimo hamma yerda gapirib yuradi

2

1

0

34

Menga ko`p erkinlik beradi. «Mumkin emas», «Qilishing kerak», «Bo`lishing kerak» iboralarini kam ishlatadi

2

1

0

35

Agar biror yaxshi yoki yomon ish qilib qo`ysam, uning bunga qanday munosabatda bo`lishini oldindan aytish qiyin

2

1

0

36

Har qaysi masala bo`yicha meni o`z fikriga ega bo`lishi kerak deb hisoblaydi

2

1

0

37

Qanday bolalar bilan do`stlashayotganimni doimo sinchkovlik bilan kuzatib boradi

2

1

0

38

Agar o`zim gap boshlamasam, yoki unga yoqmaydigan va xafa qiladigan ish qilmasam, men bilan gaplashmaydi

2

1

0

39

Doimo meni osonlikcha kechiradi

2

1

0

40

Maqtashi yoki jazolashida biror izchillik yo`q: ba’zan bunday harakatlari juda ko`p, ba’zan juda oz bo`ladi

2

1

0

41

Menga kerak bo`lganda, men uchun doimo vaqt topa oladi

2

1

0

42

O`zimni qanday tutishim kerakligini doimo ta’kidlab va eslatib turadi

2

1

0

43

Aslini olganda, meni juda yomon ko`rayotgan bo`lishi ham mumkin

2

1

0

44

Ta’tilni (kanikulni) yoki davomli bo`sh vaqtimni qanday o`tkazishimni men o`zim rejalashtirishimga imkon beradi

2

1

0

45

Ba’zan xafa qiladi, ba’zan esa mehribon va minnatdor bo`ladi

2

1

0

46

Nima haqida savol bermay, doimo to`g`ri, ochiq va samimiy javob beradi

2

1

0

47

Narsalarni yoki joyni u aytgandek qilib yig`ishtirib qo`yganimni tez-tez tekshirib turadi

2

1

0

48

Nazarimda, men bilan mutlaqo hisoblashmaydi

2

1

0

49

O`z xonamni yoki uyning o`zimga ajratilgan bo`lagini yig`ishtirish–yig`ishtirmasligim, u erda nimalar borligi bilan ishi yo`q – bu to`liq mening ixtiyorimdagi, unga birov aralashmaydigan qal’a.

2

1

0

50

O`x xohishlari va ko`rsatmalarini aniq ifoda etmaydi

2

1

0

51

O`z xonam yoki uyning o`zimga ajratilgan bo`lagi (burchagi) bor

2

1

0

DASTLABKI MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TARTIBI
O`smir har ikkala javob varaqasini (ota va ona uchun) to`ldirib berganidan so`ng, barcha javoblar «baholash varag`i»da ota uchun alohida, ona uchun alohida umumlashtiriladi. Har qaysi parametr bo`yicha dastlbki ballarning yig`indisi hisoblanadi (POZ — pozitiv e’tibor (qiziqish), DIR — direktivlik (ko`rsatmalilik), HOS — dushmanlik (murosasizlik), AUT — avtonomlik (erkinlik) va NED — izchillikning yo`qligi (tartibsizlik). Keyin dastlabki ballar tegishli jadvalga asosan standart ballarga aylantiriladi. Standart ko`rsatkichlar 1 dan 5 gacha bo`lgan qiymatga ega, ularning o`rtachasi, ya’ni 3 me’yor (norma) hisoblanadi.
Agar muayyan parametr bo`yicha 1–2 ball chiqsa, u kuchsiz namoyon bo`lgan, agar 4–5 ball bo`lsa bu xususiyat yaqqol ifodalangan deb hisoblash mumkin. So`ngra maxsus varaqlarda ham otaga, ham onaga bo`lgan munosabat ko`rinishlari tuziladi.
Shkalalarning interpretatsiyasi (sharhi)
1. ONANING O`G`IL TOMONIDAN BAHOLANISHI
Pozitiv e’tibor shkalasi
Avvalo, shuni nazarda tutish kerakki, o`smirlar odatda onani nisbatan tanqidiy nazar bilan qabul qiladilar. Shunga qaramay, o`smir ko`pincha onalarining yordamiga va qo`llab–quvvatlashiga muhtoj bo`ladi, ko`pincha onaning fikr–mulohazasini inobatga oladi, uning aytganiga rozi bo`lishga moyil. Ona–bola o`rtasidagi munosabat to`la o`zaro ishonchga asoslanadi. Onadagi hukmronlik, shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik, ustivorlikka intilish kabi xislatlar o`smir tomonidan inkor etiladi. Ayni vaqtda o`smir onadan haddan tashqari kelishuvchanlik (konformizm), murosavozlikni, «nima desa o`shanga yuradigan» bo`lishni kutishmaydi. Shunchaki oqilona xatti-harakat, do`stona munosabat va yaxshi hissiyotlarning o`zigina o`smir «onam menga pozitiv (ijobiy) munosabatda» deb aytish uchun kamlik qiladi. Onada umuman ayollarga xos bo`lgan cheklanganlik, ojizliklar tufayli o`smirlar katta yoshdagi kuchli, mustaqil odamning o`ta homiyligiga muhtojlik sezadilar.
Direktivlik shkalasi
O`smirlar onalarining o`zlariga nisbatan direktivligini o`g`ilning ona oldida ayibdorligi hissini singdirishga urinishi, onaning o`g`ilga nisbatan turli da’volari, talablari va «ona o`g`li uchun hamma narsadan kechayotgan, hamma narsani qurbon qilayotgani» yuzasidan zorlanishlari, hamma narsa uchun butun mas’uliyatni o`z zimmasiga olishi, bolasi uchun hamma narsani qilgani, qilayotgani va bundan keyin ham qilishi haqidagi da’volari orqali qabul qilishadi. Ona tomonidan uning jamiyatdagi maqomi va atrofdagilarning bahosi o`g`ilning muayyan «etalon, namuna»ga mos kelishiga bog`liqligi haqidagi mulohazalari, bunda o`g`il tomonidan o`zligini namoyon qilishning boshqa variantlarini inkor qilish yuzasidan qat’iy fikrlariga asoslaniladi. Shunday qilib, ona qanday yo`llar bilan bo`lmasin, keyin mulzam bo`lib qolmaslik ma’sadida o`g`ilni noma’qul xatti-harakatlardan tiyish harakatida bo`ladi. Odamda ijobiy hissiyotlar o`yg`otadigan yaxshi, samimiy, ochiq munosabatda bo`lish, mehribonlik va muhabbatning oddiy, sodda ko`rinishlari ona va o`g`il o`rtasida mavjud bo`lgan direktivlik munosabati bilan mutlaqo mos tushmaydi, chiqishmaydi, shuning uchun yuzaga chiqmaydi. Oqibatda ona–o`g`il munsabatida rasmiy–ko`rsatmali yo`nalish ustivorlik qiladi.
G`arazlilik shkalasi
Onaning o`smirga bo`lgan g`arazli munosabati uning tajovuzkorligi va haddan tashqari qattiqqo`lligi bilan ifodalanadi. Ona shaxsiyatining faqat o`ziga yo`nalganligi, uning manmanligi, o`ziga bino qo`yishi, dimog`dorligi odatda o`g`il tomonidan qabul qilinmaydi. Buning oqibatida o`g`ilga o`zining o`rni va mavqeiga putur yetkazayotgan raqib sifatida qaraladi, shuning uchun o`g`ilga nisbatan «esini kiritib qo`yish», qattiq jazolash va hattoki yaqson qilish yuzasidan harakatlar amalga oshiriladi. Jumladan, o`smirga nisbatan hissiy sovuqlik niqoblanadi va ko`pincha vazminlik, kamtarlik, «odob–tarbiya doirasidan chiqmaslik», erkalatmaslik va hattoki o`g`ilning ra’yi–hohishiga itoat etish sifatida taqdim etiladi. Ayni vaqtda o`smirga nisbatan yaqqol ifodalangan shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik, o`g`ilga va atrofdagilarga ortiq darajadagi tanqidchilik namoyon bo`ladi, bundan maqsad o`g`ilni va uning atrofidagilarni boshqalar nazarida pastga urishdir. Shu bilan birga doimiy ko`rinishda (asosan gap va da’vo ko`rinishida) o`g`ilga nisbatan ijobiy faollik, uning taqdiri yuzasidan mas’uliyat namoyish etiladi.
Avtonomlik shkalasi
Onaning o`g`il bilan munosabatdagi avtonomlik o`g`il tomonidan onaning «kattaligi», o`z hukmronligiga berilganligi, hattoki bu boradagi ozgina «vosvosligi» sifatida qaraladi, bunda fe’l va munosabatlardagi boshqa variantlar butunlay istisno qilinadi. Bunda ona o`g`ilga o`z hissiyotlari, kechinmalari, qarashlari, intilishlariga ega bo`lgan shaxs («odam») sifatida qaramaydi, u ko`r–ko`rona hukmronlik kuchini nomoyon etadi, unga hamma xech narsaga qaramay tobe’, itoatda bo`lishlari, bo`ysinishlari majbur, deb hisoblaydi. Bunda ona hurmat–e’tiborinining o`zaro hurmat va ishonchga asoslangan moslashgan shakli, Shuningdek vaziyatni hisobga olgan qat’iylik, cho`rtkesarlik o`rinli bo`lmay qoladi (o`tmay qoladi). Shuningdek, o`g`illarning fikricha, hissiy bog`langanlikni ham, munosabatlarning do`stona shaklini ham onadagi bolaning ishlari bilan qiziqmasligi, ulardan ajralganligi, bexabarligi bilan bog`lab bo`lmaydi. O`smir o`z holiga, maqomiga tashlab qo`yilgan. U o`z muammolarini asosan ona ishtirokisiz hal qiladi.
Izchillikning yo`qligi
Tarbiya borasidagi izchillikning yo`qligi o`smir tomonidan bir–biri bilan informativ ahamiyatlilik darajasiga qarab, almashinib turadigan kuchning va da’vogarlikning ustivorligi, moslashgan shakllarda esa itoatkorlik, nazokatlilik, fidoiylik, ishonchsizlik, shubhalanuvchanlik kabi psixologik yo`nalishlar sifatida qabul qilinadi.
Bunda bu xususiyatlar keskin (yo maksimal yoki minimal) ko`rinishda namoyon bo`ladi – tebranishlar amplitudasi juda katta bo`lib, oraliq va o`rtacha ko`rinishlar deyarli bo`lmaydi.

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə