Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə10/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Psixologik masalalar

Topshiriq # 13
(Javoblardan birini tanlang va unga sharh yozing)
Sinfga kiradigan vaqtida o’qituvchisini ko’rib qolgan o’quvchi: «Siz bugun juda ham horg’in ko’rinasiz» deb so’radi. Bunga qanday javob berish kerak?

  1. «Mening o’ylashimcha, sen tomondan bunday ogohlantirishlar ma’qul emas».

  2. «Ha, men o’zimni yomon his qilayapman».

  3. «Men haqimda qayg’urma, undan ko’ra o’zinga qara».

  4. «Men bugun yomon uxlagandim, ishlarim ko’payib ketgan».

  5. «Tashvishlanma, bu mashg’ulotimizga ta’sir qilmaydi».

  6. «Sen juda ham e’tiborlisan, e’tiboring uchun rahmat!»

Topshiriq # 14
(Javoblardan birini tanlang va unga sharh yozing)
O’quvchi o’qituvchiga dars beradigan fanidan o’zining o’zlashtirish imkoniyatlarini bayon qilar ekan dedi: «Men sizga o’zimni tashvishlantiradigan narsalar haqida aytdim. Endi siz menga maslahat bering buning sababi nimada va men endi nima qilishim kerak?». O’qituvchi nima deb javob berishi kerak?

  1. «Menimcha senda bir dunyo yetishmovchiliklar bor».

  2. «Tashvishlanish uchun senda hech qanday asos yo’q»

  3. «Senga biror asoslangan fikr aytishim uchun bu muammo yuzasidan yanada chuqurroq bilishim zarur»

  4. «Kel yaxshisi yana birgalikda biroz ishlaylik va natijasini kutaylik. Menimcha bu muammoni uddasidan chiqamiz»

  5. «Men senga hozir aniq bir javob bera olmayman, bu haqida obdon o’ylab ko’rishim kerak»

  6. «Hayajonlanma, vaqtida menda ham shunday bo’lgan»

Topshiriq # 15
(Javoblardan birini tanlang va unga sharh yozing)

O’quvchi o’qituvchiga namoyishkorona tarzda: «Men xohlasam hamma narsani qila olaman, bajara olmaydigan hech narsam yo’q, shuningdek, siz o’tadigan darsni o’zlashtirish menga cho’t emas» dedi. Bunga o’qituvchi qanday javob berishi lozim?



  1. «Sen o’zing haddan tashqari yuqori baho berib yuborasan».

  2. «Yana nimalarni o’ylab topding!»

  3. «Balki sen o’zinga boshqa o’qituvchi toparsan?»

  4. «Men nega sen bu fikrga kelganingni batafsil bilmoqchiman?»

  5. «Balki ikkalamiz sening muammong ustida ishlab ko’rarmiz?»

  6. «Balki sening muammongni boshqacha hal qilsa bo’lar?»

Topshiriq # 16
Quyidagi strelkalarni shunday harakatlantirish zarurki, natijada ular X ko`rinishini olsin. Sharti, harakatlantirilayotgan har bir strelka alohida turgan ikkitasini, X ko`rinishida turgan bittasini ustidan sakrab o`tadi. Natijada beshta X hosil bo`ladi.



Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə