Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə18/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Psixologik masalalar

EMOTSIONAL TURG`UN

AQLIY DARAJA TASHXISI “IQ”
Bu maqsadda aqliy darajani aniqlaydigan ShTUR–ADAMT testidan foydalanish mumkin. Uning tarkibida quyidagi oltita subtestlar bo`lgan topshiriqlar to`plamidan iborat: «bilimdonlik» (2 ta subtest), «analogiya («o`xshashlik»)», «klassifikatsii» («guruhlashtirish»), «umumlashtirish», «sonli qatorlar». Test o`zaro ekvivalent bo`lgan A va B shakllardan iborat.
Test olishni to`g`ri amalga oshirish uchun yo`riqnomaga qat’iy amal qilish kerak, test bajarish uchun sarflanayotgan vaqtni nazorat qilish (sekundomer yordamida), sinaluvchilarning yo`naltiruvchi va qo`shimcha savollariga javob bermaslik kerak.

Subtestlar
nomeri



Undagi topshiriqlar soni

Bajarish vaqti, min.



1. «Bilimdonlik 1»

20

8

2. «Bilimdonlik 2»

20

4

3. «Analogiya»

25

10

4. «Klassifikatsiyalash»

20

7

5. «Umumlashtirish»

19

8

6. «Sonli qatorlar»

15

7

Ishni boshlashdan oldin psixolog sinovning maqsadini tushuntiradi va test bajaruvchilarda shunga mos kayfiyatni vujudga keltiradi. Buning uchun u ularga quyidagi so`zlar bilan murojaat qiladi: «Hozir Sizlarga topshiriqlar beriladi. Ular Sizning mulohaza qilish, atrof olamdagi narsa va hodisalarni solishtirish, hamda ulardagi umumiylik va farqlarni topa olish qobiliyatingizni aniqlash uchun hizmat qiladin. Bu topshiriqlar sinfda predmetlarni o`rganish vaqtida bajariladigan topshiriqlardan farq qiladi. Siz javoblaringizni berilgan maxsus jadvallarga yozishingiz kerak.
Siz bir necha to`plamdan iborat topshiriqlarni bajarasiz. Har qaysi to`plamni taqdim Sizga etish va uni bajarishga kirishishdan oldin shu guruhdagi topshiriqlarning umumiy xususiyatlari va ularni bajarish tartibi bir necha misollar yordamida tushuntiriladi.

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə