Psixologik masalalar


AYZENK SO`ROVNOMASI BO`YICHA XULQ–ATVOR



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə16/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Psixologik masalalar

AYZENK SO`ROVNOMASI BO`YICHA XULQ–ATVOR


Ayzenk doirasi

Shunday qilib, onalar va otalarning tarbiya masalasidagi tutgan yo`nalishlaridagi farqlar o`smir-qizlar nazarida quyidagicha ko`rinadi. Onalarda pozitiv e’tiborda otalardan farqli ravishda, oldingi o`rinda o`zaro ishonch va itoatkorlik turadi. Otalarda esa o`ziga ishonch, qattiqlik va hukmronlikning yo`qligi, tarbiya masalalarida kuch va tayziq ishlatmasligi turadi. Onalarning direktivligi asosan egotsentrik qarashlar (o`zini yuqori qo`yish) va qizining xatti-harakatlarini qattiq nazorat qilishda ko`rinadi, otaning direktivligi esa shular bilan birgalikda yana atrofdagilarning fikriga hisbga olish hamda o`zining haqligiga ishonch bilan belgilanadi. G`arazlilikda, hissiy begonalikda onalarda irodasizlik bilan atrofidagilarning fikriga tobelik, ular bilan hisoblashish, murosavozlik ko`rinadi; bu o`z navbatida otaning yetakchilik (ustunlik) qilishga intilishi oqibatida ham sodir bo`lishi mumkin. Otalarda esa g`arazlilikda birinchi o`ringa qiziga nisbatan zulmkorlik, o`zining haqligini mavqei hamda kuchi bilan asoslash kiradi. Onalar tomonidan avtonomlik oddiy, ijobiy insoniy munsabatlarning yo`qligi, qizining muammolari va qiziqishlariga beparvolik, otalarda esa ularning oiladagi so`zsiz yetakchiligi (hokimligi) va ularning qizlar bilan bemalol muloqat qila olishlariga imkoniyat bermasliklari kiradi. Izchillikning yo`qligi otalar uchun ham, onalar uchun ham ularda namoyon bo`ladigan qarama-qarshiliklar nuqtai–nazaridan bir xilda qabul qilinadi. Farq faqat otalardagi manmanlikning va onalardagi itoatkorlik va ishonchsizlikning namoyon bo`lishida.


TIPIK EKSTRAVERT

  • boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqat qilishga, yangi ta’sirotlarga doimo intiluvchi odam. U ulfatlarni yoqtiradi, ko`p do`stlari va tanishlari bor, beparvo, umid–ishonch bilan to`lgan, kulishni yoqtiradigan odam. Tajovuzkor, serjahl, ta’sirchan inson bo`lib, ko`pincha daqiqa ta’sirida harakat qiladi. His–tuyg`ularini qattiq nazorat qila olmaydi, tanishuvchi, odatda yaqinlashish uchun birinchi bo`lib so`z boshlaydi.

Bu aksariyat hollarda boshqa hollarda boshka odamlarga , tashqi xodisalarga qaragan, boshqalar uchun ochik odam, bundaylar nisbatan oson tushunish obyekti bo`lgan odamlardir. Unga muloqatga kirishuvchanliq doimo odamlarga talpinish xarakterlidir. Kechalarni, o`tirishlarni, davralarni yoqtiradi, o`z atrofida yugurib–yelishlarini, jonlanishni yoqtiradi. Quvnoq, sho`x, yolg`izlikka toqati yo`q, odamlarga ehtiyoj sezib turadi. Doimo yangi taasurotlarga talpinib turadi, agar ish tortishuvga, "garov"ga borib taqalsa tezda qizishib ketadi, juda ko`p narsalarga urinishi mumkin. Odatda o`zi o`qishni, nimanidir qidirib topishni yoqtirmaydi, biroq yangi ma’lumotlarni boshqalardan olishni yoqtiradi. Qo`zg`alishlarga, taasurotlarga chanqoq, tavakkal qiladi va tavakkal qilishni yoqtiradi, ko`pincha soniyaviy holatlar, vaziyatlar ta’siri ostida xatti-harakat qiladi, tashqi ta’sirlarga beriluvchan, o`z ishlarini oldindan o`ylab o`tirishni yoqtirmaydi, balki birdaniga ishga kirishishni ma’qul ko`radi, o`tkir hazillarni yaxshi ko`radi, mijg`ovlanib gap bilan birovning ko`ngliga qo`l solmaydi., tez gapiradi va ishlaydi, odatda o`ziga ishonadi, o`zgarishlarni yaxshi ko`radi. Harakatsiz muloqot yuritishdan ko`ra, ish ko`rish, harakat qilishni ma’qul ko`radi. Tajovuzkorlikka, qiziqqonlikka mayli bor, sezilarli darajada betashvish va beg`am, hamma narsa o`z–uzidan yo`lga tushib ketadi deb hisoblaydi. Boshqalarning xatti-harakati, qiliqlarini baholashda yon beruvchan. Uning hissiy kechinmalari jiddiy nazoratga ega emas, shuning uchun u hamma vaqt ham ishonsa bo`laveradigan odam emas.

Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə