Psixologik masalalar


IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TRENINGLAR VA O`YINLAR



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə6/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Psixologik masalalar

II qism

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TRENINGLAR VA O`YINLAR





  • «TELEFON» o`yini

Guruh a’zolari navbat bilan telefonda o`zi tanlagan abonent bilan 30 sekund mobaynida o`zi xohlagan mavzuda gaplashadi. Kuzatuvchilar uning o`zini tutishi, klient bilan muomalasi, narigi tarafdagi gaplashuvchi shaxs bilan gaplashuvchi o`rtasidagi yaqinlik, o`zaro munosabatlarini tahlil qiladilar va kerakli maslahatlarni beradilar.

  • «BOTQOQLIK» o`yini

Buning uchun karton qog`ozdan qilingan o`rtacha kattalikdagi «likopchalar» kerak bo`ladi. Ularning soni 9 ta bo`lgani ma’qul. Guruh a’zolari qator bo`lib, birin-ketin likopchalarni bosib, botqoqlikdan o`ta boshlaydilar, atrofda esa qaroqchi «timsohlar» bor. Ular bo`shab qolgan tarelkalarni olib qo`yadilar.

    • Maqsad: har bir guruh a’zosi tarelkadan oyoq uzmasligi, hech bo`lmaganda, bir oyoqni uchi bilan ularni bosishi kerak. Agar guruh a’zolari ittifoq bo`lib, ular harakatida muvofiqlik yuzaga kelsa, albatta botqoqlikdan mag`lubiyatsiz o`tadilar va birorta likopchani timsohlarga bermaydilar.

  • «OMMA OLDIGA CHIQISH QILISH» o`yini

Bu o`yinga a’zolar oldindan tayyorgarlik ko`rishgani ma’qul. Chunki ma’lum vaqt davomida notiqlik mahorati va guruhga murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish hamda eshitish san’atlari mashq qilinadi.

  • «INKOR ETILGANLAR» o`yini

Munozara yoki breynshtorming usuli yordamida jamiyatda inkor etilganlar toifasiga kiruvchilar va ularning paydo bo`lish omillari hamda shundaylarga yordam choralari haqida fikr almashiniladi. Ma’lum muddat o`tgach, guruhning o`zida ayrim belgilar asosida a’zolar toifalarga bo`linib, trener boshchiligida tabiiy eskperiment yo`li bilan «inkor etilganlikni his qilish» o`yini tashkil etilishi mumkin.

  • TANISHISH” o`yini

Trenerning ko`rsatmasiga binoan uning o`ng yoki chap tomonida turgan ishtirokchilardan bittasi o`z ismini aytadi. Ikkinchi ishtirokchi esa birinchisini va o`zining ismini aytadi. Treningning uchinchi ishtirokchisi esa, birinchisini, ikkinchisini va o`zining ismini aytadi va shu tariqa oxirigacha davom etadi. Treningning oxirgi ishtirokchisi birinchisidan boshlab, to guruh a’zolarining hammasini ismini aytadi. Guruh a’zolarining bir-biri bilan tanishishi mana shu tarzda amalga oshadi.
Agar guruh a’zolari tanish bo`lsalar, ikkinchi turda bir ishtirokchi o`ziga “taxallus” (gul, meva, badiiy qahramon, planeta nomi kabi) o`ylab topib, keyin o`sha taxallus bo`yicha o`zini tanishtiradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə