Psixologik masalalar



Yüklə 252,91 Kb.
səhifə8/41
tarix11.12.2023
ölçüsü252,91 Kb.
#148082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Psixologik masalalar

Topshiriq # 4
Lyusherning ranglar testidan foydalanib, yon-atrofingizdagilarning hissiy holatlarini tahlil qiling.
Topshiriq # 5
O`z hayotingizda ro`y bergan hodisa va vaziyatlardan ikkitasini eslangki, unda siz o`zingizni juda ishonchli, dadil tutgansiz. Yana ikkitasini eslang; unda siz ishonchsizlikni namoyon qilgansiz. Shu vaziyatlardagi o`z xulqingiz sabablarini tavsiflab bering.
Topshiriq # 6

Fikrlash uchun 10 daqiqa.


1 raqamini doiraning shunday joyiga qo`yingki, u to`rtburchakda va uchburchakda bo`lmasin.
2 raqamini esa uchburchakning to`rtburchak joylashgan doiraga taalluqli joyida joylashtiring.
Topshiriq # 7
Jamoada rahbarning avtoritetini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar to`g`risida yozma ish yozing.
Topshiriq # 8
(Javoblardan birini tanlang va unga sharh yozing)
O’quvchi o’qituvchiga namoyishkorona tarzda: «Men xohlasam hamma narsani qila olaman, bajara olmaydigan hech narsam yo’q, shuningdek, siz o’tadigan darsni o’zlashtirish menga cho’t emas» dedi. Bunga o’qituvchi qanday javob berishi lozim?

  1. «Sen o’zing haddan tashqari yuqori baho berib yuborasan».

  2. «Yana nimalarni o’ylab topding!»

  3. «Balki sen o’zinga boshqa o’qituvchi toparsan?»

  4. «Men nega sen bu fikrga kelganingni batafsil bilmoqchiman?»

  5. «Balki ikkalamiz sening muammong ustida ishlab ko’rarmiz?»

  6. «Balki sening muammongni boshqacha hal qilsa bo’lar?»



Topshiriq # 9
(Javoblardan birini tanlang va unga sharh yozing)
O’quvchi o’qituvchiga: «Menga siz dars davomida aytadigan fikringiz va uni himoya qilishingiz yoqmaydi» dedi. O’qituvchining javobi qanday bo’lishi lozim?

  1. «Bu – yomon».

  2. «Seni bu narsaga aqling etmaydi»

  3. «Menimcha, kelgusi mashg’ulotlar davomida sening fikring o’zgaradi».

  4. «Nima uchun?»

  5. «Sen nimani xohlaysan va uni himoya qila olasanmi?»

  6. «Sen nima deb o’ylaysan, nega men buni gapiraman va himoya qilaman?»

  7. «Mulla bilganini o’qiydi»


Yüklə 252,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə