Psixologik tavsifnoma



Yüklə 17,98 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü17,98 Kb.
#114174
Документ Microsoft Word


Samarqand viloyati Paxtachi tumani 31-maktab amaliyotchisi Homidov Muxriddin Nurmat O’g’liga
PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Homidov Muxriddin (30 yosh) Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Toshko’prik” mahallasi G’ofur G’ulom ko’chasi 7-uyda istiqomat qiladi. Buxoro Davlat Universitetining 1-bosqich talabasi, jismoniy holati yaxshi, kayfiyati turg’un, tushkunlikdan tez chiqadi.
Oilasi – to’liq. Uylangan, 2 nafar o’g’li bor. Ota-onasi, rafiqasi va farzandlari bilan munosabati yaxshi, ota va ona o’rtasida o’zaro hurmat mavjud. Qiziqishlari shaxslararo munosabatlarga yo’naltirilgan. Amaliyoti boshlanishi bilan maktab jamoasiga tez kirishib ketdi. Berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajardi.
Jamoat ishlarida juda faol, har qanday ishni bajonidil bajaradi, saramjonlikka befarq emas, atrofdagilarga yordam beradi, o’z foydasi uchun yolg’on gapirmaydi.
Temperamenti – flegmatik. Sabrli, kamchiliklarni toqat bilan tuzatishga harakat qiladi. Muvozanatli. Harakatchan.
Irodasi kuchli, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi, qat’iyatli va tashabbuskor.
Obrazli, emotsional xotira turlari yaxshi rivojlangan. Kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qoladi. Eslab ko’rish va unutishga ko’ra xotira 3-tip – tez eslab, sekin yoddan chiqaradi.
Fikrlash doirasi yaxshi. O’z fikriga ega. Bahs-muzokaralarda o’z fikrini o’tqizishga harakat qiladi, fikrini mantiqiy izohlay oladi.
Nutqi ravon, aniq ifodalay oladi.
O’qituvchilar va o’quvchilar bilan tez kirishadi, muloqot qilish unga yoqadi. Doimo insonlarga yordam beradi.
Har qanday sohada birinchi bo’lishga intiladi, o’z harakatlari va gaplarini doim nazorat qiladi, emotsiyalarini doimo boshqaradi.
Barcha pedagoglarini hurmat qiladi, mas’uliyatli ishlarni unga topshirishadi.

Maktab direktori: _______________________
Maktab psixologi: _______________________
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI Sirtqi ta’lim Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 9-1KOMS-22 guruh talabasi Homidov Muxriddin Nurmat o’g’liga
Tavsifnoma
Homidov Muxriddin Nurmat o’g’li 15-maydan boshlab Paxtachi tuman 31-umum talim maktabida amaliyot o’tadi. U darslarga o’z vaqtida keldi. Amaliyot davomida o’quvchilar bilan ishlash metodikasini yaxshi o’zlashtirdi. O’zlashtirish past bo’lgan o’quvchilar bilan individual holatda shug’ullandi. O’quvchilarni mehnatsevarligi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi, o’z bilim ko’nikmalarini oshirishga intilishi bilan jamoada e’tibor qozondi. O’zining odobi va intizomini ko’rsatishga harakat qildi.
Kelajakda Homidov Muxriddin Nurmat o’g’li yuksak yutuqlarga erishishiga tilakdoshman va malakali pedagog bo’lishiga ishonaman.
Ushbu tavsifnoma Sirtqi ta’lim Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishiga topshirish uchun berildi.

Maktab direktori: Sadinov F.
Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə