Psixologik trening asoslari


Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/190
tarix21.05.2022
ölçüsü2,48 Mb.
#87506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190
fayl 776 20210505

3.Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili. 
Mashqlar 
davomida ishtirokchilar xulq-atvori impul’sivlikdan ob’ektivlik darajasiga o’tadi 
va trening davomida o’zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor 
Faollik 
tamoyili.
Ijodiylik 
tamoyili.
Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) 
muloqoti tamoyili.
 
Xulq-atvor 
ob’ektivlas
hishi 
(anglab 
yetilishi) 
tamoyili.
Trening tamoyillari 


12 
obg’ektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi 
aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash trenerning ma’suliyatidir. Ijtimoiy 
psixologik 
trening 
mashg’ulotlarida 
namoyon bo’ladigan xulq-atvor 
shaklarining ob’ektivlashuvi, yag’ni guruh ag’zolarining munosabati ro’lining 
talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni 
real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul 
qilishi zarur. 
4.Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyili.
Sheriklik, yoki sub’ekt-
sub’ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg’ulari, 
qayg’ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Har bir 
mashg’ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat 
qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin 
begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga va tinglashga mos 
tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi. Ushbuning qo’llanilishi 
guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. 
3.Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari. 
Psixologik treningning tub ma'nosi – insoniy munosabatlarga o’rgatishdan 
iboratdir. Psixologiya sohasi keyingi yillar mobaynida anchagina rivojlandi. 
Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening 
tarmog‘i ham rivojlandi. Fan sifatida rivojlanayotgan psoxologik trening va uni 
o ‘tkazish uslubiyoti mazmun jihatdan ta’lim va tarbiya sohasida treninglarning 
qanday tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilishi borasidagi masalalami yoritishga 
ham bag‘ishlanadi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish 
ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan 
shaxs psixologiyasi va shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo 
etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb 
ataladi.
Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi 
paytlardagiga nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina 
hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng 
jamoatchilikni, shuningdek, aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga 
solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki, bunday holatlar turli darajadagi 
zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. 
IPT(ijtimoiy psixologik trening )- bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga 
shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib. Bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit 


13 
guruhning muloqot yoki kommunikativ faoliyati sohasidagi bilimdonlik 
darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir.
IPT aniq talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, shaxsning kommunikativ 
bilimdonligi darajasining qisqa fursatlarda maqsadga qaratilgan tarzda 
shakillanishga imkon beradi.
Treningning tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan turlari haqida fikr 
yuritish mumkin. Maxsus tarzda uyushtirilgan treningda alohida vaziyatlar va 
o‘yin ishtirokchilarining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur 
bo‘lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik 
vaziyatga o‘zgalar tomonidan yo’naltiriladi. 
Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy 
extiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur. 
Mashg’ulotlarning muvaffaqiyati ayrim tamoyillarga aniq bo’ysunishni 
taqozo etadi. Birinchidan, mashg‘ulotga yozilgan shaxslardan ijtimoiy faollik 
talab etiladi. Ikkinchidan, 1-guruh a’zolaridan doimiy izlanuvchanlik, muayyan 
joyda vaziyat hamda rollarini tahlil qilgan holda uning mohiyatni tushunish u 
yoki bu rolga kirishga to‘g‘ri keladi, trening tafakkur va qarashlarning 
egiluvchan, vaziyatlarga mos bo‘lishini talab etadi. Uchinchidan, guruh 
a’zolarining munosabati va rolining talablaridan kelib chiqqan holda har bir 
ishtirokchi aynan shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlash va 
boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur. To’rtinchidan, har bir 
mashg‘ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda hurmat qilishlariga 
asoslanmog’i kerak. 
Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxslararo samarali muomalaning muhim 
omilidir. Shaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro bir-
birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o‘zaro munosabatlar samarali 
hisoblanadi. 
Kishilarni muloqot jarayonida bilimdonlikka o‘rgatishda ijtimoiy 
psixologik trening (IPT) dan foydalanish samaralidir. Ijtimoiy psixologik trening 
muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur 
kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 
shakllantirishdir. Eng muhimi ijtimoiy psixologik trening mobaynida 
odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Demak, shaxsni eskicha streotiplardan, ya’ni fikrlarni tanqidsiz qabul 
qilish, tinglash va takrorlash bilan bog‘liq turg‘un qarashlardan holi bo‘lish, 
erkin fikr yuritish va o‘z fikr mulohazalarini bayon etishga, o‘z erkini his 
qilishga, shaxslararo vaziyatlada muloqot kompetentlik darajasini shakllantira 


14 
olsak, shaxs psixologiyasi va munosabatlarida yangicha holat yuzaga keladi. 
Bunda ijtimoiy psixologik treninglar, ya’ni samarali muloqot va muomala 
usullari hamda maromlarini keng qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə