"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Guruhiy konsultantning shaxsi va kvalifikatsiyasi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

2-Mavzu: Guruhiy konsultantning shaxsi va kvalifikatsiyasi. 
 
Reja: 
1.Psixologik konsultatsiyaga kelgan patsientning maqsad va vazifalarini tavsiflash.
3.Guruhiy konsultatsiyani o`tkazishda nazariya va dunyoqarash.
4.Guruhiy konsultatsiyada shaxsiy uslub. 


Tayanch iboralar: Psixologik konsultatsiya, patsient,shaxsiy uslub, Terapiya, 
Konsultatsiyani o`tkazishda nazariya va dunyoqarash. 
 
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bo`lganligi va turli masalalarda 
ular yordam so`rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar 
individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. 
Birinchi navbatda intim-shaxsiy deb ataluvchi psixologik maslaxatni ajratib 
ko`rsatamiz, ko`pchilik odamlarda ko`pincha mana shunday maslahatga talab 
yuzaga keladi. Ushbu turga shaxsiy sifatida odamga chuqur ta’sir ko`rsatadigan, 
unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi odamlardan yashiriladigan 
masalalar bo`yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bo`lar odam nima bo`lsa ham 
ularni yo`qotishni xoxlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo 
munosabatlar bilan bog`liq muammolar, turli qo`rqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, 
vrach aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga 
odamning o`zidan-o`zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni ham 
kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo`yicha va hayotda ko`p uchraydigan 
psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat hisoblanadi. Bunga 
odamning o`z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo`yicha maslahatlarni kiritish 
mumkin. Bular xususan bo`lajak turmush o`rtogini tanlash, oilada o`zaro 
munosabatlarni to`g`ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo`lishi 
mumkin bo`lgan nizolarni oldini olish va bartaraf qilish, er-xotinlarning 
qarindoshlari bilan munosabatlari kundalik oilaviy muammolar bo`lishi mumkin. 
Maslahatlarning bir turi - psixologik-pedagogik maslahatdan iborat. Bunga 
maslahatchining mijoz bilan bolalarni tarbiyalash va o`qitishni, biror ishga 
o`rgatish hamda kattalarning pedagogik malakasini oshirishni, pedagogik 
raxbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin. 
Psixolog-pedagogik maslahatning eng ko`p tarqalgan turi - amaliy maslahatlar. 
U o`z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo`lsa, shuncha turlariga ega 
bo`ladi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bog`liq muammolarini 
hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda 
qobiliyatlarini rivojlantirish, uning mehnatini tashkil qilish, ish bajarish 
qobiliyatini oshirish, ish bo`yicha muzokaralar olib borish masalalarini kiritish 
mumkin. 
Aytib o`tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi bilan 
o`xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o`zining 
psixologik talqin qilinishi bo`yicha bir xil muammolar yuzaga kelishi mumkin. 
Lekin shu bilan birga psixologik maslahatlar aytib o`tilgan har bir turida o`zining 
xususiyatlari mavjud. Ularni ko`rib chiqamiz. 


Intim-shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir tutilishini va shu bilan 
bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun ochiq bo`lishini, ular o`rtasida 
o`zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida 
vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko`nglidagini ochiq aytishni, tavbani 
eslatadi. 
Maslahatning bu turi bevosita taalluqli bo`lgan muammolari tabiati bo`yicha 
vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo`lishi mumkin emas. U birinchidan - 
psixolog-maslahatchining 
hamda 
mijozning 
o`zining 
katta 
psixologik 
tayyorgarligini, ikkinchidan - psixolog-maslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, 
odatda oson bo`lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo`lgan 
muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko`zda tutadi. Uzoq vaqt talab 
etilishi intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmasligi bilan 
bog`liq. 
Oilaviy maslahat o`z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning 
mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo`lsa shaxsiy oilaviy hayotida 
ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo`lmagan odamlar oilaviy maslahatlar bilan 
muvaffaqiyatli shug`ullanishlari qiyin bo`ladi, aksi ham bo`lishi mumkin. Oila 
qurishga yoki oilani saqlab qolishga o`rinmagan, inson yaxshi psixolog-
maslahatchi bo`lishi qiyin. Uning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda 
foydali bo`lishi mumkin. SHu bilan birga aytish kerak-ki, shu kabi va boshqa 
holatlarda shaxsiy tajribasi yaxshi psixolog-maslahatchi bo`lishi uchun zarur 
hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam 
boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yo`l qo`ymaslikni aytib berishi mumkin, 
lekin oilani saqlab qolish va o`zaro munosabatlarni yaxshilash uchun emas. Biroq 
bu qoidada ham o`zgacha holatlar bo`lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy 
hayotda o`zlari ko`p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy 
masalalar bo`yicha yaxshi psixolog- maslahatchi bo`lib chiqqanlari ma’lum. 
Psixologik-pedagogik maslahat berish o`z navbatida maslahatchining 
pedagogik ma’lumotga ega bo`lishi, o`qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega 
bo`lishini talab qiladi. Sobiq o`qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi 
hamda kerakli ma’lumotga ega bo`lib, odatda psixologo-pedagogik masalalar 
bo`yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo`lib chiqadilar. 
Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga 
xam taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi bo`lgan faoliyat 
sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin. 
Psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatli bo`lishi uchun yani iloji boricha 
ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish jarayonida qator shartlarga amal 
qilish kerak. Ushbu shartlar mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz. 


1-shart.
Psixologga yordam so`rab murojaat etayotgan odam psixologik 
xususiyatdan xayoliy emas, balki haqiqiy muammoga hamda uni iloji boricha 
tezroq hal etish yaqqol ifodalangan istakka ega bo`lishi kerak. 
Yuqorida biz ba’zi odamlar nima bo`lsa ham hal qilishni istaydigan murakkab 
muammolari bo`lgani uchun emas, aslida psixolog-maslahatchiga masalan, 
shunchaki qiziqqanliklaridan va o`z holatlarini o`zgartirish kerakligidan bir 
maqsad bilan kelishlarini aytib o`tgan edik. Psixolog-maslahatchi bunday 
odamlarga to`g`ridan-to`gri qandaydir yordam ko`rsatishi qiyin bo`ladi, faqat 
ularning izzat-nafslarini (ambitsiya) va o`zlariga ishonchlarini, kekkayishlarini 
biroz pasaytirishi mumkin. 
Agarda odamda haqiqiy muammo mavjud bo`lsa, lekin uni to`la anglab yeta 
olmayotgan bo`lsa, buning oqibatida undan xoli bo`lish istagi bo`lmasa, unda 
bunday odamga psixolog-maslahatchi faqatgina mijoz bilan suhbati natijasida u 
o`zining 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə