"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

5-
 
shart.
Psixologik maslahat qulay sharoitlarda o`tkazilishi kerak. Bu 
vaziyat qanday bo`lishi kerakligi to`g`risida keyinchalik to`xtalib o`tamiz. Hozir 
esa ko`pchilik hollarda psixologik maslahat maxfiylik holatida o`tkazilishi 
kerakligini, u psixolog-maslahatchi va mijozni uzoqlash- tirishi emas, balki 
yaqinlashtirishi kerakligini, mijozdagi keskinlikni yo`qotish psixolog-maslahatchi 
bilan ochiq-oydin munosabatda bo`lishga imkon beradigan bo`lishi keraqligini 
aytib o`tamiz. 
 
PSIXOLOG-MASLAHATCHI BA UNING ISHIGA QO`YILADIGAN 
TALABLAR. 
Agarda ancha malakali, mas’uliyat bilan va yuksak darajada psixologik maslahat 
berish bilan shug`ullanadigan odamni psixolog-maslahatchi oliy va maxsus oliy 
psixologik ma’lumotga ega va bundan tashqari psixolog maslahatchi sifatida 
yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va 
kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo`lishi mumkin. 
Buni kengroq tushuntirib o`tamiz. 
Mutaxassis oliy o`quv yurti - universitet yoki institutning psixologiya 
fakul`teta yoki bo`limini muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin olgan ma’lumoti 
umumiy oliy psixologik ta’lim deb ataladi. Psixologiya fani va amaliyoti 
yo`nalishlaridan birida ixtisoslashishni ko`zda tutish ta’limi maxsus psixologik 
ma’lumot deb ataladi. Bunday ikki turdagi ta’lim psixolog-maslahatchi uchun 
zamonaviy ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik 
bilan shug’ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob bera oladi. 
Zamonaviy mijozlarning psixologiyasi qanday? Haqiqatda psixologik maslahat 
so`rab yordam ko`rsatishga murojaat etgan mijozlar bilan hozirgi paytda nimalar 
sodir bo`lmoqda? Nima uchun mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak? Ushbu 
tavsiyalar mijozga qanday ta’sir ko`rsatish kerak? 
Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar ahamiyatini 
tushuntirish kerak? 
Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar mijozga 
tushunarli bo`lishi va professional psixologlar uchun ishonchli bo`lishi kerak. 
Psixolog-maslahatchining amaliy faoliyati bilan, uning odamlar bilan psixologik 
ishlash metodlarini o`zlashtirish bilan bog`liq psixologik ta’lim maxsus amaliy 
ta’lim deb ataladi. Birinchi navbatda oliy ma’lumotli amaliy psixologlarni 
tayyorlovchi maxsus fakul`tetlarda o`qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari 
to`g`risida boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi 


psixologiyani o`qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha murakkab hayotiy 
muammolarini hal etishi uchun zarur. 
Psixolog-maslahatchi uchun amaliy ish tajribasi har doim ham zarur. Bularning 
barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi uchun juda muhimdir. Psixolog-
maslahatchi bilim va malakalardan tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga ega 
bo`lishi kerak. Masalan, u odamlarni yaxshi ko`rishi, ularning holatlarini so`zsiz 
sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli 
bo`lishi kerak. 
Ushbu talablarga shu sohada mashxur mutaxassis bo`lgan R.Meyning 
psixolog-maslahatchi to`g`risida o`z vaqtida aytgan gaplarini qo`shimcha qilish 
mumkin. "Maslahatchi-psixolog", - deb yozadi u, "odamlarni o`ziga jalb qilishi
har qanday odamlar orasida o`zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir bo`lishi 
kerak. Psixolog-maslahatchida asosiysi - bu mehribonlik va mijozni tushunishga 
intilish, unga o`zini yaxshi tomonlarini ko`ra olishga va shaxsiy sifatida o`zining 
qimmatini anglab yetishga yordam berishdir". 
Psixologik maslahatga va psixolog-maslahatchi amaliy ishiga qo`yiladigan 
umumiy, kasbiy va ma’naviy-axloqiy talablar tizimi nizomlarda juda yaxshi aks 
ettirilgan. Mana shu Nizomning ko`pchilik qoidalari

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə