"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

psixolog
-maslahatchi ishiga 
bevosita qo`llanilgan. Ularning «psixolog» iborasi o`rniga «psixolog-maslahatchi» 
so`z birligini kiritib, ushbu qoidalarni eslatib o`tamiz. 
1.
Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati u mijozga taklif etgan tavsiyalari 
uchun mijoz oldida uning mas’uliyati bilan ifodalanadi. 
2.
Psixolog-maslahatchining kasbiy faoliyati ma’naviy-axloqiy va yuridik 
asoslarga muvofiqlikka tayanishi kerak. 
3.
Psixolog-maslahatchining faoliyati mijozning intellektual va shaxsiy 
rivojlanishi yo`lida har qanday cheklanishlarni olib tashlashni ko`zda tutuvchi 
insonparvarlik maqsadlariga erishishga qaratilgan. 
4.
Psixolog-maslahatchi o`z ishini mijoz shaxsini qadr qimmatini so`zsiz 
hurmat qilish va daxlsizligi asosida tashkil etadi. Psixolog-maslahatchi inson 
xuquqlari deklaratsiyasi bilan belgilangan inson huquqi asoslarini hurmat qiladi. 
5.
Mijozlar bilan ishlashda psixolog-maslahatchi xalollik va ochiqlik 
tamoyillariga amal qiladi. Shu bilan birga u mijozga maslahat va tavsiyalarni 
berganda puxta o`ylashi va extiyot bo`lishi kerak. 
6.
Psixolog-maslahatchi mijoz xuquqlari buzilishini sezganda o`z kasbiy 
birlashmalari a’zolari, xamkasblariga xabar berish, mijozlar bilan insonparvarlik 
munosabatlari buzilayotgani xolatlarini aytishi kerak. 
7.
Psixolog-maslahatchi mijozlarga kerakli ma’lumoti, malakasi, bilimlari va 
ixtisosi mavjud bo`lgan xizmatlarni ko`rsatishi mumkin. 


8.
O‘z ishida psixolog-maslahatchi faqat zamonaviy umumfan standartlariga 
javob beradigan sinovdan o`tgan metodikalarni qo`llashi kerak. 
9.
O`zining bilimlari va malakalarini doimiy ravishda yuksak darajasini 
ta’minlab turish psixolog-maslahatchining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. 
10.
Ilmiy tajribalarga to`la javob bermaydigan yetarlicha sinovdan o`tmagan 
psixologik metodlar va tavsiyalarni qo`llashga majbur bo`lganida psixolog-
maslahatchi bu haqida o`z mijozlarini ogohlantirishi va o`z xulosalarida juda 
ehtiyot bo`lishlari kerak. 
11.
Psixolog-maslahatchi o`z mijozi to`g`risida ma’lumotni oshkor qilishga 
yoki maslahatlar natijasi to`grisida ma’lumotni oshkor qilishga yoki uchinchi 
shaxsga aytishga haqqi yo`q. 
12.
Psixolog-maslahatchi huquqi bo`lmagan, kasbiy tayyorgarlikka ega 
bo`lmagan shaxslarning psixologik maslahatlar va psixologik ta’sir ko`rsatish 
metodlaridan 
foydalanishlariga 
to`sqinlik 
qilishi 
hamda 
shunday 
«mutaxassislarning» xizmatlaridan foydalanayotganlarni bu haqda ogohlantirishi 
kerak. 
13.
Psixolog-maslahatchi huquqi bo`lmagan odamlarga mijozlar bilan 
psixologik ishlar metodlarini o`rgatishi mumkin emas. 
14.
Psixolog-maslahatchi mijoz tomonidan noo`rin ishonch va umid yuzaga 
keltirmaslik uchun, ehtiyot bo`lishi kerak, unga bajarib bo`lmaydigan va’dalar, 
maslahatlar va tavsiyalar bermasligi kerak. 
15.
Psixolog-maslahatchi mijozlarga taalluqli axborotlarni sir saqlash uchun 
shaxsiy javobgarlikni bo`yniga oladi. 
Mana shu barcha qoidalarga yoki odob normalariga amal qilish psixolog-
maslahatchi amaliy ishida majburiy hisoblanadi.
Nazorat savollari. 
1.
Intim-shaxsiy maslahat insonni qaysi holatida yordam beradi? 
2.
Psixolog-maslahatchi maslahat jarayonida nimalarga e’tibor berishi 
kerak? 
3.
Pedagogik-psixologik maslahatni asosiy obyekti kimlar? 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə