"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Guruhiy konsultantning axloqiy me’yorlari. Guruhiy



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

3-Mavzu: Guruhiy konsultantning axloqiy me’yorlari. Guruhiy 
psixologik konsultatsiyaning asosiy bosqichlari va guruhiy dinamik 
jarayon. 
Reja: 
1. Psixolog-konsultantning axloqiy me’yorlari. 
2. Individual va guruhiy konsultatsiyani bosqichlari. 
3. Psixologga konsultatsiya paytida qo’yiladigan talablar. 


Tayanch iboralar: Konsultatsiyani o`tkazish bosqichlari va strukturasi.Patsient 
bilan tanishish va suhbatni boshlash, Qayta so`rash, Konsultativ taxminni 
tekshirish va ifodalash.
Psixologik maslahat ishini tashkil etish. Psixologik maslahatni yaratish va 
uning amaliy ishlarini tashkil qilish zaruriyati quyidagi sharoitlarda yo`zaga 
keladi. Birinchidan, u yoki bu tashkilotda ishlovchi ko`pchilik odamlarda 
psixologik xususiyatdagi turli muammolar bo`ladi. Bu muammolarni ular mustaqil 
hal eta olmaydilar. Gap, o`zini bemor deb hisoblamaydigan va vrachga yordam 
so`rab murojaat qilishni hoxlamaydigan lekin psixolog maslahatiga quloq 
tutadigan va uning tavsiyalariga amal qiladigan odamlar xaqida bormoqda. 
Jamiyatda yashovchi ko`pchilik odamlarda hayot sharoitlari ancha va o`zoq 
vaqtga yomonlashganda, raqobatchilik keskin ko`payganda va hayot keskinligi 
o`sganda odatda bunday muammolar ommaviy paydo bo`ladi. Bo`larning barchasi 
erkinlik cheklangan va jamiyatni yuqoridan boshqarish bilan totalitar jamiyatdan 
bozor iktisodiyotiga va siyosiy erkinlikka asoslangan jamiyatga o`tishda mavjud 
bo`ladi. 
Ikkinchidan, alohida psixologik maslahatni yaratish ehtiyoji u yoki bu ijtimoiy 
birlikda (jamiyat, tashkilot) o`zining psixologik maslahati mavjud bo`lib, uning 
ishi samarasini oshirish zarur bo`lgan sharoitlar yo`zaga keladi. Bunga odatda 
mutaxassislar faoliyatining yagona tashkilot doirasida tashkil etish va vazifalarini 
taqsimlash hisobiga erishiladi. 
Vazifalarni taqsimlash o`z navbatida ishida chuqur ixtisoslashishni ko`zda 
tutadi, buning hisobiga yuksak kasb mahorati va ish sifatini oshirishga erishiladi. 
Amaliy psixologiyada bu psixolog - mutaxassislar orasida uch faoliyat; sohasi: 
psixodiagnostika , psixokorrektsiya psixologik maslahat bo`yicha kasbiy 
vazifalarining taqsimlanishini ko`zda tutadi. 
Ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirish ko`rsatib o`tilgan alohida faoliyat 
sohalari har biri ichida yanada tor vazifalarni ajralishini ko`zda tutadi. Shu 
mazmunda intim - shaxsiy, oilaviy, psixolog- pedagogik va amaliy maslahat 
sohalarida alohida amaliy psixologlar doirasida ixtisos- lashish juda to`gri bo`ladi. 
Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish masalalariga uni doimiy 
o`tkazadigan xonani tanlash ham kiradi. Agarda psixologik maslahat boshqa 
xonalardan alohida, boshqa ishlar bilan shug’ullanadigan odamlardan o`zoqda 
bo`lsa yaxshi va qulay bo`ladi. Biroq hozirgi sharoitlarda bunga erishish deyarli 
mumkin emas. 
Shunda boshqacha tamoyillarga amal qilish kerak bo`ladi. Birinchi navbatda 
psixologik maslahat o`tkazish mumkin bo`lmagan joyda uni tashkil etishga iloji 
boricha yo`l qo`ymaslik. Masalan, psixologik maslahat ishlarini bir sharoitda olib 


borish va maslahatchi — psixologning mijoz bilan tinch ishlashiga halal beruvchi 
sharoitlar mavjud korxonalar yaqinida yoki ichida psixologik maslahatni 
joylashtirish mumkin emas. Psixologik maslahatlarni savdo korxonalari yaqinida 
va ichida, tansport yo`llari yaqinida umuman, shovqin bor joylarda o`tkazish 
umuman mumkin emas. Psixologik maslahatlar uchun kasalxonalar va klinikalar 
yaqinida, ularning binolarida esa umuman joylashtirib bo`lmaydi, bunday qo`shni 
bo`lish mijozning xayolida u kasal odam degan fikr paydo bo`lishiga sabab 
bo`ladi. Psixologik maslahatni militsiya bo`limlari, qonunbuzarlarni hibsda 
ushlash joylari, harbiy va boshqa shunga o`xshash idoralar yaqinida joylashtirish 
mumkin emas. Shahardan uzoqda, psixologik maslahatni joylashtirish mumkin 
emas, chunki bu mijozlar uchun qo`shimcha qiyinchiliklar tug’diradi, psixologik 
maslahat uchun tinch, yaqin joyni, masalan turar joy binosi yoki ta’lim, madaniyat 
muassasasi binosida xona topilsa juda yaxshi bo`ladi. 
Mijoz o`z muammosini to`gri tushunib, umuman uni o`zi xal etishga tayyor 
bo`lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o`zining to`g‘ri yo`l tutayotganiga 
to`la ishonchi bo`lmagan hollarda, shunday holatda psixologik maslahat davomida 
mijoz psixolog-maslahatchi bilan muloqot natijasida ular tomonidan professional 
va ruhiy qo`llab quvvatlanadi, bu esa unda o`ziga ishonchini kuchaytiradi. 
Maslahat olishdan boshqa hech qanday imkoniyati bo`lmaganda mijozga yordam 
ko`rsatish. Bunday holatda psixologik maslahat berar ekan, psixolog-mutaxassis 
mijozga aslida u ancha to`la va uzoq vaqtli psixokorrektsion yoki psixoterapevtik 
yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi. 
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt 
kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat 
ekanligi to`grisidagi xulosaga kelishidan iborat bo`ladi. Ba’zida uning xulosalari 
umuman mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa mos kelmaydi. 
Xulosalar mos kelmagan xolda psixolog-maslahatchi mijozga u - maslahatni 
nima uchun dastavval mijozning o`zi o`ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana 
shu xulosaga kelganligini tushuntiradi. 
Mijozga muammoni tushuntirish aynan mana shundan iborat bo`ladi. Shunday 
tushuntirish davomida psixolog- maslahatchi uning muammosi nimadan iborat 
ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo 
yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham 
ko`rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga 
oshiriladigan qadam - bu mijoz shaxsini psixologik o`rganish hisoblanadi. Buni 
o`rganmay turib birinchidan - mijozning o`z muammosini to`la, chuqur tushunib 
yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib 
bo`lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning 


muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga 
olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o`zi tushunishi 
va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo`yicha tavsiyalarni ifoda etib 
beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo`lishi hamda 
mijoz tomonidan kerakli ongli nazorat bilan mavjud hayotiy sharoitlarda amaliy 
belgilanishi mumkin bo`lishi kerak. 
Har doim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini 
amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko`pincha o`zining tajribasizligi yoki 
bilmasligi sababli xatoga yo`l qo`yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan 
kundalik yordamga muhtoj bo`ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o`zi 
va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to`g`ri hal etish bo`yicha tavsiyalar taklif 
etib, o`zining professional burchini to`la bajardi deb o`ylashi kerak emas. 
Mijozning olgan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash 
ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisobla- nadi. To`g`ri mijoz psixolog-
maslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xoxlamasligi ham mumkin. Odamlar 
hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo`ladiki, ular takroran yuzaga 
keladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga 
kelmasligiga to`la kafolat bo`la olmaydi. SHuning uchun mijoz bilan maslahat 
berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga 
harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Uni hal etib psixolog- maslahatchi mijozning o`zi o`z harakatlari 
bilan hayotida kelajakda shunga o`xshash muammo takror yuzaga kelishining 
oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofilaktik masalani mustaqil 
hal qilishga qodir bo`lishi hamda o`ziga o`zi zarur yordamni ko`rsata oladigan 
bo`lishi uchun maslahatchi- psixolog ba’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun 
kasbiy zarur bo`lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo`lgan oddiy psix Agarda 
ancha malakali, mas’uliyat bilan va yo`qsak darajada psixologik maslahat berish 
bilan shug`ullanadigan odamni psixolog-maslahatchi oliy va maxsus oliy 
psixologik ma’lumotga ega va bundan tashqari psixolog maslahatchi sifatida 
yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va 
kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo`lishi mumkin. 
Buni kengroq tushuntirib o`tamiz. 
Nazorat savollari. 
1.
Konsultatsiya o’tkazish bosqichlari nechta hisoblanadi? 
2.
Psixologik konsultatsiya joylari asosan qayerlarda bo’lishi kerak? 
3.
Qanday hujjatlarga ega bo’lgan Konsultat-psixolog bo’la oladi? 



Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə