"psixologiya"


  va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, xuquq va madaniyatshunoslik kabi  o’nlab fan sohalaridir. 3



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/180
tarix16.02.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#100890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11 
va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, xuquq va madaniyatshunoslik kabi 
o’nlab fan sohalaridir.
3
 
4. Psixologiya fanining metodlari. 
Ma’lumki, har qanday fan o’zining predmetining mohiyatini yoritish va 
materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular 
fanning 
metodlari
deb yuritiladi. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari 
xilma–xildir. Shu bilan birga, ularni klassifikasiya qilish ham turlichadir. Biz 
mashhur rus psixologi B. G. Ananyev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni 
sanab o’tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to’rt guruhga bo’ladi:
Tadqiqot ishlarining birinchi – tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash,
longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoklama) deb atalgan turlarni oladi.
Tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo’lib,
unga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat,
intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, biografik kabilar 
kiradi.
Tadqiqot metodlarining uchinchi guruhiga statistik (miqdor) va psixologik 
(sifat) metodlari kirib, ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangandir.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchi – sharhlash guruhi genetik va donalash 
metodlaridan iboratdir. 
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos 
metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks 
tarzda o’rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o’z vaqtida va 
professional tarzda qo’llay bilish va olingan natijalardan to’g’ri xulosalar 
chiqara olishdir.
 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
 
1. Psixologiya fani nimani o‘rganadi?
A) odamlarning ruhiy xususiyatlarini
B) tirik mavjudotlarning o‘z tanasidan va tashqi muhitdan kelayotgan 
qo‘zg‘atuvchilarga bergan javoblari 
C) kishilar ongini
D) psixikani, psixikaning zohir bo‘lish mexanizmlarini va qonuniyatlarini 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə