Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

Liderlik 
guruhdagi 
shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va 
qaramlik munosabatlaridir.
Malaka
–faoliyatning avtomatlashtirilgan ko‘nikmasi, mustahkam mahoratidir. 
Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’ѐrdagi harakat bo‘lgan narsa har bir 
kishiga turmush tajribasiga ko‘ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko‘nikmalar faqat 
oson payqash mumkin bo‘lgan harakatchan bo‘lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-
kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo‘ladi. Avtomatizmdan iborat 
bo‘lgani holda ko‘nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi 
(bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o‘z asbobida musiqa chalishning 
zarur texnikasi, ko‘nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo‘la olmaydi, chunki 
u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib 
qo‘yishdan qo‘rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik
– hamkorlarning aloqasi davomida ularning 
ehtiѐjlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinaѐtgan masalalarning 
ijobiy echim topishiga ѐrdam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab 
qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi 
kishilarning muloqot davomida o‘z salohiyatini o‘stirish, shaxsiy o‘sishi, sotsial 
etuklikning 
shakllanishi 
tomon 
harakatlanishi 
yo‘nalishini 
ko‘rsatadi. 
Munosabatning o‘zgarishi (deformatsiya
) – bu munosabatlardagi shunday 
o‘zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi 
samaradorlikning pasayishi ѐki buzilishiga, hamkorliklarning sog‘lig‘iga, ularning 
obro‘siga ѐki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur 
etkazadi. O‘zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., 
mening ustimdan kulishaѐtgani uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do‘st 
emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni masxara qilishaѐtganligi 
va ko‘plab boshqa narsalarni anglay boshladim.
Mazmun 
– bevosita hissiy kechinmalar davomida ѐki ongda aks etuvchi qandaydir 
ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni xira bo‘lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko‘ra 
paydo bo‘ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiѐji bor, 
boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun 
mazmunga ega» ѐki «buning men uchun mazmuni yo‘q» tashqaridan qaraganda bir 
narsa bo‘lib tuyulgan yumush (o‘ra qazish) ѐllangan er qazuvchi uchun daromad 
qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni echish, 


94 
tasodifiy yo‘lovchi uchun esa piѐdalar yo‘lining buzilaѐtganligi unga qandaydir 
buzg‘unchilik mazmuniga ega bo‘lib tuyuladi.
Me’ѐr
– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o‘zaro bog‘liqligini anglatadigan
mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik o‘rtasidagi zaruriy uyg‘unlik 
ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik
– kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o‘zaro birbirini 
tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish 
qobiliyati.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə