Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

Ijtimoiy sanksiya
– normalarning shaxs xulqida nomoѐn bo‘lishni nazorat 
qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmi.
Iste’dod nishonalari
– qobiliyatni o‘stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik 
asosi). Ular tug‘ma ѐki egallangan bo‘lishi mumkin. Ularni ro‘ѐbga chiqmagan 
qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod nishonalari inson 
xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular keyinchalik u ѐki 


92 
bu qobiliyatga uning komponenti bo‘lib qo‘shiladi. Bir xil biologik jihat bir qancha 
qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod nishonalari 
rolini bajara oladi.
Individuallik 
- insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror 
xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo‘lishi insonning ta’lim, tarbiya, 
u bilan faol munosabatidagi individual ѐndashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir 
kishigacha etib borish» - bunday ѐndashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish 
(nodonlik, ishonch ѐki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik ѐki 
umumilmiy g‘oyalarning oddiy formulalariga sig‘inish oqbatida) zaruriy tarzda bir 
qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik
ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, 
tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt, aql
– inson haѐti davomida bilish faolligiga tegishli bo‘lgan barqaror 
o‘ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va 
tashqi haѐtiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo‘ljal ola 
bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog‘liq holda sotsial intellekt, 
texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og‘zaki, noverbal intellektlarni 
farqlashadi. Ilmiy psixologiya – inson va hayvon psixikasi taraqqiѐti, paydo bo‘lish 
va mavjud bo‘lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va 
murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – 
yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa 
tomondan esa, qaysi o‘rinda ular ishonarli, qay holda esa ѐlg‘on va noaniq 
ekanligini ayniqlashdan iboratdir.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə