Psixologiya



Yüklə 35,46 Kb.
tarix07.11.2018
ölçüsü35,46 Kb.
#77965

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI O‘QITUVCHISI



N.B.ATABAYEVA TOMONIDAN

PSIXODIAGNOSTIKA. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA” FANIDAN

BILISH JARAYONLARI PSIXODIAGNOSTIKASI” MAVZUSIDA PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA TA`LIM YO‘NALISHI 201- AKADEMIK GURUHLARIDA 2017 YIL 30 OKTYABRDA O‘TKAZILGAN OCHIQ SEMINAR MASHG‘ULOTINING

HUJJATLARI

Toshkent – 2017 y

MAVZU: Psixodiagnostik metodikalar va psiodiagnostik tekshiruv jarayoniga qo‘yiladigan talablar

Reja:

1. Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari.

2.Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari.

3.Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi.

4.Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to‘plam reprezentativligi muammosi

O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarda Psixodiagnostik metodikalar va psiodiagnostik tekshiruv jarayoniga qo‘yiladigan talablar haqidagi bilimlarni kengaytirish.

O‘quv mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar: Talabalarda psixodiagnostik metodikalar va psiodiagnostik tekshiruv jarayoniga qo‘yiladigan talablar haqidagi amaliy bilimlar shakllanadi.

Tayanch tushunchalar:

1. Validlik atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.

2. Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.

3. Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi.

4. Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi.

5. Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.

6. Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.

7. Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to’plam bosh to’plam xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi.


  1. Topshiriq: “Bumerang” topshirig‘i

1-guruh uchun: Metodikaning ishonchliligi va uning turlari

Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.

Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga bog‘liq va bu quyidagilardir: asbob-uskunalarning o‘lchov sifati; psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi; sinaluvchining ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishi; sinaluvchining xulqi, xatti-harakati; sinaluvchining dolzarb psixologik holati.

Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‘zgarishi o‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning imkoni yo‘q, shuning uchun ham psixodiagnost metodikaning Yuqori darajada ishonchliligiga amin bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning o‘zining ishonchliligidir, chunki qolgan omillarning olingan natijalar doimiyligiga ta'siri ancha kamdir.

Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish mumkin:

Ushbu metodika yordamida har xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash.

Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash.

Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror-bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov asbob-uskunalarining aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan: santimetrga bo‘lingan metrdan ko‘ra millimetrga bo‘lingan chizg‘ich bilan aniqroq o‘lchash mumkin.

Psixodiagnostik metodika qanchalik aniq bo‘lsa, o‘lchovning sifati shuncha Yuqori bo‘ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada hamma vaqt ham o‘lchovning aniqligi, baholashning Yuqori darajasi talab qilinmaydi. Masalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga bo‘lish kerak bo‘lsa, u holda qo‘llanilayotgan metodika aynan shunga mos holda bo‘linishi kerak, undan ko‘pga ham, kamga ham emas. Agar sinaluvchilar beshta guruhga bo‘linishi shart bo‘lsa, u holda beshta o‘lchov shkalasi bor metodikani qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular beshta punktdan iborat bo‘lishi kerak, masalan «ha», «yo‘qdan ko‘ra ha», «yo ha, yo yo‘q», «yo‘q hadan ko‘ra», «yo‘q» shaklida. Metodikanig bir sifatliligi ushbu metodika yordamida olingan natijalar qay darajada, aynan bir xususiyatga taalluqli o‘zgarishni o‘lchashi bilan tavsiflanadi. Agar o‘rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko‘rsatkichlar, ushbu metodika bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa bir xususiyat ko‘rsatkichlarini namoyon qilsa, u holda ushbu metodika bir sifatlilik mezoniga mos bo‘lmaydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq motivlarini baholash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq motivlariga taalluqli to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berishi mumkin, u holda olingan javoblar bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam hollarda ro‘y berishi mumkin, chunki sinaluvchi o‘z xulq motivlarini anglagan holda eksperimentatorga xulq motivlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.

O‘quvchi, talabaning faqat bilimlarni o‘zlashtirishini baholash ham bir sifatlilik mezonini to‘liq qanoatlantira olmaydi, chunki bilimni o‘zlashtirishga hamisha ham ob'ektiv baho qo‘yilmaydi, bunda o‘quvchining bilimlaridan tashqari, uning o‘qituvchi bilan munosabati va o‘quvchining xulqi ko‘rinishi ham namoyon bo‘ladi.

Psixodiagnostikada biror-bir metodikani qo‘llashdan oldin tadqiqotchi ushbu metodikani validligi, ishonchliligi, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to‘liq ishonch hosil qilishi shart. Aytib o‘tilgan mezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o‘lchov uskunalari bu ikkala mezonga mos kelmasa, u holda psixodiagnostikada bu vositalarni qo‘llash umuman mumkin emas. Mabodo metodikaning aniqligi va bir sifatliligi to‘liq bo‘lmasa ham uni aniq shartlar asosida qo‘llash mumkin. Ammo quyidagilarni unutmaslik zarur:

noaniq metodika, o‘tkazilayotgan eksperiment natijalari biror-bir xususiyatdagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bermaydi;

metodika bir sifatliligining to‘liq emasligi, hamisha ham aynan baholanayotgan xususiyatdagi o‘zgarishlar darajasi bilan olingan ko‘rsatkichlarni taqqoslash imkonini bermaydi.

2-guruh uchun: Metodikaning validligi

«Validlik» atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.

Metodikaning validlik tavsifi ushbu metodika orqali haqiqatdan ham psixologik sifatni o‘lchash mumkin, degan xulosadan tashqari uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohani va uning sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni ham o‘ziga qamrab oladi.

Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir necha turi borligini va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish hamda baholash zarurligini qayd etamiz. Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.



Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.

Nazariy validlik bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‘rsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi.

Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qo‘llanilgan metodika yordamida baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter ko‘rinishining qo‘llanilgan metodikadan olingan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‘ladi.

Empirik validlik mezonlari bo‘yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.

Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman butunlay biz o‘rganayotgan xususiyatni o‘lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas yoki ichki validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi.

Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.

Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika uzoq muddat qo‘llanilgandan so‘ng u haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan validlikning to‘rt turi ham tekshirilishi zarurdir.

Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish ahamiyatga molikdir:

A) Xulqiy ko‘rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaktsiya va xatti-harakatlari;

B) Sinaluvchining faoliyatidagi Yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va hokazolar;

V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma'lumotlar;

G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma'lumotlar – validlik tekshirilayotgan metodikaning boshqa metodika bilan bog‘liqligining etarli darajadaligi.



3-guruh uchun: To‘plam reprezentativligi

Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to’plam bosh to’plam xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi. Reprezentativlik o’rganilayotgan belgilarning tanlanma to’plamda taqsimlanishi ularning real taqsimlanishiga ma`lum statistik xatolik bilan mos kelishini bildiradi. Har qanday tadqiqotda to’plam reprezentativligini ta`minlash uchun ma`lum sharoitlarga amal qilish kerak. Ulardan asosiylari quyidagilar: a) bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur; b) o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi; v) tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi; g) tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim. Keng ma`noda reprezentativlik metodikaning validligi bilan bog`liq.

Hozirgi zamonda fanga ma'lum, insonning psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini o‘rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik metodikalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Yangi ilmiy tushunchalarni bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida, ularga xos belgilarni o‘rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan fanlarning, masalan fizika fanining tushuncha va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar qo‘yildi va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va verifikatsiya talablaridir.


To’plam reprezentativligini ta`minlash uchun sharoitlar



bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur



o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi


tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi



tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim

Operatsionalizatsiya talabi asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda albatta aniq, konkret muolajalar, usul va metodlarni ko‘rsatib berish va ular yordamida ilmiy tushunchalarni bayon qilishda bu ko‘rinishlar haqiqatdan mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim. Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati ish jarayonida ilmiy tushunchadagi ko‘rinishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatlarga ega ekanligiga ishonch hosil qila olsin.

Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilmiylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha, fanga kiritilayotgan yangiliklar, albatta, haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so‘zi «tekshirish» ma'nosini anglatadi. Bu har qanday tushuncha bo‘shliqdan paydo bo‘lmaganligini, haqiqatdan ham mavjudligini isbotlashda, unga mos psixodiagnostik muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv» tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga ma'lum tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, ko‘rinishlarni aniq tavsiflab bera olishimiz kerak. «Motiv» tushunchasini quyidagicha ta'riflab ko‘raylik. “Motiv – bu ichki, psixologik, o‘zini anglagan yoki o‘z-o‘zini anglamagan odam harakatini qo‘zg‘atuvchi manba hamda u bir maqsadga yo‘naltirilgan holda faollikni qo‘llab turadi”.

Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo‘llanilishi shart, aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi Yuzaga chiqishi mumkin.

Qo‘llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o‘tkazishda bir qator kasbiy-ahloq iy tavsifga ega talablar qo‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir:

Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida qo‘llanmasligi shart.

Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‘daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.

Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‘liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.

Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‘la olmaydi.

Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart.

Psixodiagnostikada qo‘llanilayotgan ko‘pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‘liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‘lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o‘rganilayotgan xususiyatlarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o‘rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‘ishi, o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‘rsatkichlari me'yordan yuqori bo‘lsa, u holda bola o‘z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‘lsa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi.

Ikkinchidan – bu o‘z-o‘zidan me'yorlarni o‘rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‘n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko‘rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta qayta tekshirib ko‘rish talab qilinadi.

Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o‘zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‘pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‘liqdir.

Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‘llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko‘rish kerak.

Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‘rish bosqichlari quyidagilardir.

Psixodiagnostika so‘zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan.

Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiladi.

Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‘p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday metodlar sirasiga kiradiki, ular o‘rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko‘rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‘llaniladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad uchun qo‘llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o‘rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Ularning asosiy maqsadi – ishonchli bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‘rsatib beruvchi ikkita misol ko‘rib o‘tsak:

1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi.

Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‘ziga 187ta mulohazani qamrab olgan bo‘lib, 16ta guruhga bo‘lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko‘rsatma, qo‘llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‘llaniladi va o‘zgartirilmaydi.

2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari.

Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‘rganish uchun mo‘ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‘rinish, belgilarning har birini alohida o‘rganish imkonini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment o‘tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‘tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb Yuritiladi.

Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‘naltiruvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda qo‘llaniladi.

To‘g‘ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‘tkazilgan eksperiment o‘rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‘rsatdimi, yo‘qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor mehnatini yodga soladi, ya'ni shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‘tkazadi.

Psixolog ham diagnostika bilan shug‘ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot darajasini tashxislab, so‘ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi.



Xulosa qiladigan bo’lsak, biz metodikaning validligi, ishonchliligi, aniqligi, tanlanma to’plam reprezentativligi haqida tushunchalarga ega bo’ldik.
Topshiriq: “Rezyume” texnologiyasi

1-guruh uchun: Validlikning turlarini o‘zaro qiyoslang.

Konstruktiv validlik

Mazmuniy validlik

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi













Xulosa:____3-guruh_uchun:_To‘plamlarni_o‘zaro_taqqoslang.'>Xulosa:____2-guruh_uchun:_Ishonchlilik_turlarini_tahlil_qiling'>Xulosa:



2-guruh uchun: Ishonchlilik turlarini tahlil qiling

Parallel ishonchlilik

Retest ishonchlilik

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi













Xulosa:



3-guruh uchun: To‘plamlarni o‘zaro taqqoslang.

Umumiy to‘plam

Tanlanma to‘plam

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi













Xulosa:





  1. Topshiriq: “Aqliy hujum” uchun savollar

  1. Validlik – bu

  2. Ishonchlilik – bu

  3. To‘plam – bu

  4. Tanlanma to‘plam – bu

Yüklə 35,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə