Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni
Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilma- 
gan ta’sirlar tushunilib, ular yordamida bir guruh insonlar —
522


tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga — tarbiyalanuvchilarga 
ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida 
ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir 
vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyati- 
ni o‘zgartirish uchun qollanilgan harakatlar tushuniladi. Ular 
qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ij­
timoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini 
o‘zgartirish bilan bogliq bolgan holatlar kiradi. Tarbiya vosita- 
lari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global va har taraflama 
o4kaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixo- 
terapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksi- 
ya turlarini ko‘rsatish mumkin.
Tarbiya vositasi bo‘lib, tarbiyachining shaxsiy namuna b o li­
shi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-ha- 
rakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda kel- 
tirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga 
ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mum­
kin bolgan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi.
Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ik­
ki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bu- 
lardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni 
bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkin- 
chisi, qandaydir vositalar orqali o'tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi (masalan, ki- 
tob o£qish va b.).
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining anglashi nuqtayi nazari- 
dan kelib chiqilsa, tarbiya jarayonida uning vositalarini aniq va 
mavhum turlarga bolish mumkin.
Anglangan tarbiya vositasi qollangan taqdirda tarbiyachi 
anglagan holda o‘z oldiga aniq, anglangan maqsad qo‘yadi, tarbi­
yalanuvchi u haqida biladi va uni qabul qiladi. Agar mavhum vo­
sitalar ta’siri qollanilganda sinovdagi tarbiya ta’siri anglanmagan 
holda kechadi, tarbiyachi anglab nazorat olib bora olmaydi ham­
da oldindan o‘ylangan yanglish ta’sir kelib chiqadi.
523


Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra 
uning vositalari quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va 
xulqiy. Tajribada ko‘proq ular kompleks tarzda uchraydi.
Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz to- 
monlariga ega. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbi­
yaviy ta’sirining o'ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda 
tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid qilish va maj- 
burlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv mexa- 
nizmi yotadi. Bu usul qollanilganda tarbiyachi so‘z vositalaridan 
foydalanmasligi ham mumkin, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri va kerak- 
li xulq-atvorni namuna sifatida ko‘rsatishi va o‘rnak bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi doimo o‘zi istaganidek, barcha narsani so‘z bilan 
ifodalab bera olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ridan to‘g‘ri tar­
biya ta’siri tarbiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqa­
ri, bu vosita bola rivojlanishining ilk bosqichida mumkin bolgan 
yagona usuldir, holbuki bola hali unga qarata aytilgan so‘zlarni 
tushunmaydi. Bu holat bolalarning yoshidan qat’i nazar katta 
ahamiyatga egadir. Pedagogikada bu usul shaxsiy namuna deb 
nomlanadi. Ushbu tarbiya vositasining kamchiligi shaxsiy va vaqt 
bo‘yicha qollanilishining chegaralanganligidir.
Tarbiyalovchi tarbiyalanuvchiga faqat o‘zi ega bolgan bilim- 
larni bera olishi mumkin. Bundan tashqari tarbiyachi har doim 
ham tarbiyalanuvchi bilan muloqotda bola olmaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri bolmagan yoki bilvosita tarbiya vositasi- 
da kitob orqali, ommaviy axborot vositalari va kodlashgan tizim 
orqali bir odamdan boshqa odamga axborot uzatiladi. Bunday ax- 
borotlarni saqlash va bir necha marotaba qollash mumkin. Bun­
day inson takror va takror material manbayiga murojaat eta oladi. 
Ammo bunday tarbiya odatda insonga xos bolgan jonli hayotiy 
kuchlardan mahrumdir. Bundan tashqari ushbu vosita ta’siri yosh 
bo‘yicha ham chegaralangan. Ushbu usul so‘zlab berilgan mavzu- 
ning axloqiy mazmunini anglatadigan bolishi lozim.
Bevosita tarbiyaviy ta’sirning yutuqlari shundan iboratki, u 
boshqariladigan, avval o‘ylab rejalashtirilgan va nazorat qilib tu-
524


rish mumkin bolgan natijalar beradi. Bilvosita tarbiya jarayo­
nida ko‘rilgan, kuzatilgan kamchiliklar bunda ham mavjuddir. 
Mavhum anglanmagan tarbiya vositasi anglangan tarbiya vosita- 
laridan k o la ko‘proq uchraydi, lekin uning yutuqlari va kamchi- 
liklarini amaliy jihatdan baholash qiyin. Bunga sabab uni ongli 
ravishda nazorat etib bolmasligidir.
Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo‘naltiril- 
gan bolib, uni o‘zgartirish, mukammallashtirishni maqsad qilib 
qo‘yadi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga kola, insonning 
dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib qol- 
may, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbi­
ya ta’sirining bu sohadagi yutuqlari sezilarli darajada ortib, hozir­
gi davrda bu soha asosiy o‘rinni egallab bormoqda.
Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum affektiv 
holatni vujudga keltirishga va uni saqlab turishga moljallangan 
bolib, ularning psixologik ta’sirlarni qabul q

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə