Kaykovus Unsurulmaoni
— 63 yoshida o g liga atab
«QOBUSNOMA» yozib, unda o ‘zining bola tarbiyasi, oilaviy
hayot,
shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Kitobdagi
asosiy g‘oya — yoshlarni ota-onani hurm at qilishga, e ’zozlash-
ga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnom aning
«Ota-ona haqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: «Har
bir farzandki, oqil va dono bo ‘lsa, ota-ona, m ehr-m uhabbati-
ni ado etmakdin bosh tortmagay». U bu borada «Nima eksang,
shuni o ‘rasan» degan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasi-
ning q o ‘yilishi ana shu m uhim maqol asosida qurilsa,
maqsadga muvofiq bo ‘ladi, deb hisoblaydi.
M a’lumki, «QOBUSNOMA» tarbiya borasida shunchalik
nodir asarlardan hisoblanadiki, uni m ashhur hind masali
«Kalila va Dimna», N osir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad
Yugnakiyning «Hibat ul haqoniq», A lisher Navoiyning
«Mahbub ul qulub», «Vaqfiya» kabi asarlar qatorida ko‘radilar.
Undagi fikrlar va ko‘rsatm alar ota-onalar uchun,
ayniqsa
o ‘smir va o ‘spirinlik yoshidagi yigit-qizlarni tarbiyalanishida
muhim dasturdir.
Turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasi
da o ‘ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz
Alisher
Navoiyning «M ahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning
sevgisi» deb nom qo ‘yilishi bejiz emas. Chunki bu asarda
Navoiy insonlarga qalbidagi eng kerakli o ‘gitlarini bayon etib,
ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyat-
21
lard an chiqishga im kon beruvchi yaxshi fazilatlar, ulam i tar-
biyalash masalalariga diqqatni qaratadi. Risolaning «Uylanish
va xotinlar to ‘g‘risida» bobida u uylanish va uning foydasi,
oilaviy m unosabatlar haqida durdona fikrlami bayon etadi,
U nda asosan insoniyat dunyosida mavjud bo ‘lgan 3 xil sevgi
ning naqadar go‘zal, tabiiy va insoniyat taraqqiyoti uchun
zarurligini zikr qiladi. Insoniy sevgi, chin m uhabbat, ikki xil —
jinsning turm ushda barkam ollik kasb etishi kabi g ‘oyalarni
tarannum etgan bu nodir asar bugungi davrimiz uchun ham
g‘oyat gim m atlidir. Navoiy ayol kishining oiladagi o ‘rniga
quyidagicha to ‘xtaladi:
«Yaxshi xotin — oilaning davlati va baxti. Uyning ozodali-
gi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan,
husnli
b o is a — ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala b o isa — jo n ozig‘idir.
Oqila bo ‘lsa, ro ‘zg‘orda tartib-intizom b o ia d i, asbob-anjom lar
saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar
bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va
pinhoniy dard-alam da hamnafas tan mahramiga ega b o iad i.
Turm ushda boshingga har qanday jafo tushsa, ham darding u.
Teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko'makdoshing u.
K o‘nglingga g‘am yuzlansa, u ham roh, badaningga xastalik va
zaiflik kelsa, uning ham joni halak, am m o xudo ko ‘rsatmasin,
nomuvofiq xotin uchrasa, o ‘z uyingda halokatli illat paydo
b o ia d i. U beandisha, shallaqi b o is a , k o ‘ngil undan ozor
chekadi va yomonlik axtaruvchi b o isa, undan ruh azob cheka-
di. Tili achchiq b o is a , barchaning diiini yaralaydi, pokiza
b o im asa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r b o isa , uy
odobi yo‘qoladi, axloqsiz b o isa , oila rasvo boiadi».
Buyuk allomaning oilaviy baxt, sevgi va er-xotin m uno
sabatlari, ularga zarur b o ig a n fazilatlar borasidagi bunday fikr-
larini bilish,
ularga rioya qilish har bir yoshning muqaddas
burchi b o im o g i shart.
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadim dan
jiddiy ahamiyat berilgan. U lar «Nasihatnoma», «Pandnoma»,
«Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu m anbalarda
qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy
fazilatlar shakllangan b o iish i, oila muqaddas, uni avaylab-as-
rash aynan uy bekalariga b o g iiq ekanligi haqida turli tarbiyaviy
ahamiyatga ega b o ig a n hodisalar hikoya qilinadi.
«Bolajonim, sevikli qizim, m eni yaxshilab tingla. N asihat
22
har kimga lozimdur, o'git ham m aga zarurdir. Nasihat bilma-
ganga o'rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga
ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir
erkak ayolga muhtoj b o ‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar
erkak uchun yaratilgandir.
Hayot mavjud ekan, bu qonunni
hech kim buza olmaydi.
Shu sababli, sen tug‘ilib o ‘sgan va voyaga yetgan uyingdan,
yayrab-yashnab, o ‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o ‘zing
bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir.
Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin!
Sen unga yer b o ‘lki, u senga osmon boisin! Sen unga uy b o ‘l,
ul senga ustun bo ‘lsin!
Aytganlariga amal qilsang, ering bilan go‘zal hayot kechi-
rasizlar, m as’ud,
baxtiyor va saodatli turm ush qurasizlar.
Bizlar ham (har ikki oila — bizning ham eringning oilasi ham)
huzur-halovatda baxtiyor bo'lam iz. Aks holda (ya’ni aytgan-
larimga amal qilmasang)
ikkala oilada ham huzur-halovat
b o ‘lmaydi. Sen o ‘zing bir jahannam da yashagandek b o ‘lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o ‘n o ‘gitimga quloq sol!
Bulami doimo yodingda tut:
1. Q anoat sohibasi bo ‘l. 0 ‘z holingga shukur qil. Y a’ni
ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan
narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol,
eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot
kechirmoqning bir yo‘li o ‘z holiga shukur etmoqlikdir. Holiga
shukur etmagan, o ‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri,
qalb rohati bo ‘lmaydi.
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini
qilma! Y a’ni, ering bilan suhbatlashganda, m uloqotda b o ‘l-
ganda itoatli boMishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab,
ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib
oladigan bo ‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyi-
ngiz saodat nuridan porloq b o ‘ladi.
3. Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e ’tibor ber!
Y a’ni uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday
qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko'rinm asin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin,
dimog‘iga yom on hid kelmasin. Chunki yom on hidlar ering
ko‘z o'ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irganishiga
sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng
23
yaxshi narsalardir. Inson ko‘ziga xush ko ‘rinishlik shular bi
land ir.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech
qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o ‘rgangan
b o isa, o ‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol
dasturxon sol.
Shuni yaxshi bilginki,
ochlik insonning tez
jahlini keltiradi.
6. Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni,
uning qachon uyquga ketish payti bo ‘lsa, o ‘rnini tayyorlab
qo ‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asabning buzu-
lishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi,
m uhabbatini sekin-
sekin so‘ndiradi.
7. Eringning moli va ashyosiga juda e ’tiborli b o ‘1! Ya’ni,
eringning m ol-dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla,
muhofaza qilgil. Chunki uning m ol-dunyosi senikidir. Em ing
m ol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish de-
makdir.
3.
Eringning qarindosh va yaqinlariga hurm at k o ‘rsat!
Y a’ni eringning qarindoshlari va yaqinlariga hurm at, uning
e ’tiborini qozonm oq demakdir. Ularni hurm at qilish eringni
hurm at qilish demakdir. Bu esa qadr va e ’tibor qozonishdir.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma!
Ya’ni eringning
b a ’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot b o iib ,
uni saqla,
birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo ‘ysang, uning g‘azabini
keltirib qo ‘yasan,
ishonchini yo'qotasan. Bunda tuzayotgan
oilangiz buziladi.
10. Eringning dinga to ‘g ‘ri keladigan barcha buyruqlarini
ado qil! H ech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat
bolm asin. Agar bir shunday harakat b o isa, senga kin saqlab,
oxiri dushman b o iad i. U senga dushmanlik y o iin i tutsa, sen
ko‘p zarar ko‘rasan va qolingdan hech narsa kelmaydi.
Shuni yaxshi bilib olginki, ering xafa b o lg a n d a sen
nash’ali, xursand bolishdan, u xursand b olganda, sen xafa
b o lish d an juda ehtiyot bolgin. Chunki uning xafa b o ig an
paytida sening xursand ko‘rinishing, uning quvonchli b o ig an
vaqtlarida sening g ‘amgin bolishing unga ham dard bolm aslik
kabi bir qusurni o ‘rtaga tushiradi. Bu esa, fahmsiz va tarbiyasi
yom on odamlarga munosib ishdir.
Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko‘rgan aqlli va oqila xotin-
larga munosib emas.
24
Bolajonim! Eringga qanchalik k o ‘p sevgi va hurm at
ko‘rsatsang, o ‘zing shunchalik m uhabbat va hurmatiga erisha-
san. Aytganlarini qanday bajarsang, so‘zlarini tinglasang, shu
darajada m uhabbat va hurm atga sazovor b o ‘lasan.
Farzandim! Shuni yaxshi bilginki, bu o ‘gitlarimni o ‘rniga
qo‘yib bajarib, keragicha amal qilib, o ‘zingning shaxsiy istak va
orzularingga erishishing uchun ering ham o ‘z istaklariga erishi-
shi kerakdir. Ering istaklarini o ‘zingning orzu-istaklaring deb
bilsang, u holda bu o ‘gitlarimga amal qilgan bo ‘lasan!»
Bu nasihat oila uyasida jannat hayotida yashashni istagan
kelinchaklarga qaratilgandir. Bu o ‘gitlar butun hayoti davomida
o ‘z tajribasidan o ‘tkazgan onaning nasihatidir.
Bu nasihat hozirda ham shirin turm ush qurish va uni chi-
royli idora etish uchun har bir turmushga chiquvchi aqlli qizga
suv va havodek zarurdir.
Qanoat, sabr-bardoshli bo ‘lish, erning xohishiga qarab, uni
hurm at qilish, oilada tozalikka, hayot gigiyenasiga rioya qilish,
pazanda b o lish , ovqatni vaqtida, mazali pishirish, rejali te-
jam kor bo ‘lish har bir oilaning barqarorligini, osoyishtaligini
ta ’minlovchi omillardir.
Y usuf Tovasliy o ‘gitlariga ko‘ra, erining m ol-m ulkini
saqlash — bu o ‘zining, bolalarining m ol-m ulkini saqlash de-
makdir. Uyda er mulkini tejamaydigan, saqlashni bilmaydigan
xotin oila zavolidir. Shuningdek, erning qarindoshlariga hurm at
ko‘rsatish aqlli ayol uchun eng to ‘g‘ri yo‘ldir. Ota-bobolarimiz
«gulni sevgan tikonni e ’zozlaydi», — deydilar. Erining qarindosh
lariga izzat va hurm at ko‘rsatishni bilmaydigan ayol huzur ichi
da yashash yo‘llarini bilmaydigan ayoldir. Gul sevilib, tikon sevil-
maydimi? Tikonni izzat qilmagan, gul isidan bebahra qoladi.
Erining qarindosh yaqinlariga hurm at ko‘rsatishni bilmagan ayol
erining ko‘nglini ololmaydi, uning m ehrini qozona olmaydi, u
erining nafratiga uchraydi, muhabbatini so‘ndiradi. Aqlli ayollar
bunday yo‘lni tanlamaydilar.
Shu o ‘rinda donishm andlar ayol kishi erning sirini
o ‘zgalarga oshkor etmaslik ham ulam ing eng yaxshi fazilati
ekanligini uqtiradilar. «Erning siri — oilaning siri. Haqiqatda er
sirini qalbining eng to ‘rida tutgan aqlli xotinlar o ‘z oilalarida
huzur va rohat quradiganlardir».
Shuning uchun har bir oqila ona, qizini uzatar ekan yoki
qizini oilaviy hayotga tayyorlar ekan — baxtli yashashi, baxtli
25
yashash uchun esa faqat oilada yashamog‘ini uqtirishi kerak.
Chuitiki juft bo ‘lib yasham oq hayot sunnatidir. N ikoh vositasi-
da, shar’iy yo‘l bilan juft b o ‘lib yashash — axloqiy poklik va
sog‘lik garovi, jam iyat mustahkamligi asosi ekanligini anglatish,
unga amal qilishini tushuntirishi kerak.
Yuqorida keltirilgan fikrlar yoshlarning yaxshi oila qurishi
va baxtli yashashi uchun zarur dasturulamal hamdir.
M ana shunday o ‘gitlar bilan o ‘stirilgan qizlarimiz ibo-ha-
yoli, andishali bo ‘lishgan. U lar ota, aka-uka va erlarining hur-
m atida b o ‘lishgan.
T urkiston xalqlarining psixologiyasi, turm ush tarzidagi
o ‘ziga xosliklar, o ‘zbek ayolining odobi va axloqi, oilada o ‘zini
tutishi juda ko‘p ohm lar va allom alam i qiziqtirib kelgan.
Masalan, XIX asrning 70-yillarida farangistonlik etnograf,
olim a, m u saw ir B urdon xonim T urkiston ellari o ‘rtasida
tadqiqot olib borgan edi. U bu xalqlaming hayot tarzi bilan
tanishish jarayonida ayollaming odobi, bolalarga m unosabati va
er-xotin munosabatlarining guvohi bo ‘ldi. Unga o ‘zbek ayoli
ning o ‘z uyida, to ‘y-marosimlarda, qo ‘n i-q o ‘shnilar bilan m u
loqotda o ‘zini tutishi, axloq-odobi, sharm-hayosi uni hayratda
qoldirdi. «Biz, — deb yozgan edi u, — m adaniylashgan
O vro‘po ayollari axloq-odobni, iffatni bizning nazarim izda
yow oyi hisoblangan turkistonlik ayollardan o ‘rganm og‘imiz
joiz ekan... Lesgaft, D idro nazariyalaridan m utlaqo bexabar bu
ayollar axloq nazariyasidan q o ila n m a yozsalar arzir ekan...»
/«Saodat»,1993, 10/.
Olima xonimning zam ondoshi va maslakdoshi XIX asrning
oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Faxr-ul banot
Sibgatulloh qizi ham o ‘z davrining olimasi edi. U ning asarlari
birinchi navbatda xotin-qizlarga qaratilgan b o ‘lib, «Qizlar tar-
biyasi», «Oila saboqlari» kabi kitoblari qizlar m aktablarida
darslik sifatida ham qo‘llanilgan. Bu risola 87 saboqdan iborat
b o ‘lib, unda xulq-atvor, yurish-turish, m uom ala m adaniyati-
ning psixologik asoslari berilgan.
Q adim dan qizlar tarbiyasi,
ularni e ’zozlash, ularga
o ‘zgacha m ehr bilan qarash xalqimizning oliy fazilati b o ‘lgan.
Shu sababdan xalq og‘zaki ijodi nam unalarida ham bu masala-
ga e ’tibor berilgan. Buning tasdig‘i sifatida ushbu rivoyatni
keltirishni lozim deb topdik.
«Bir vaqtlar davlatmand aqlli odamning qizi aqlli-odobli
26
yigitga uzatilibdi.
Kuyov odobli b o ‘lganligi uchun qaynota
tom onidan juda sevikli kuyov bo ‘libdi.
Qizning ukalari atrofidagilaming ta ’siridanmi, yoki yoshlik
qilibmi, otalari pochchasini bunchalik yaxshi ko‘rishiga g‘ayr-
lik qila boshlabdilar.
0 ‘g‘illaridan biri akasiga bir kun: — Akajon, otam hadeb
«Kuyovim, kuyovim» degani degan. H am m a vaqt pochcham iz
uyga kelganda turli shirin ovqatlar qilinadi. Otam «kuyov u n
day, kuyov bunday» deb maqtaydi, xolos. Kuyov shunday
yaxshimi? — deydi.
Bu gaplardan xabar topgan ota — ey, mening aqli to ‘lish-
magan o ‘g‘ilginam, kuyovimni nega yaxshi ko‘rishimni bilasan-
mi? — deydi. U sen bilan mening nomusimizni q o ‘riqlaydi.
Qizimizni, onangni, farzandimizni, bolajonimizni himoya qi
ladi. Aslida m en qizimni himoya etishim kerak, lekin hozir u
him oya qilayapti. Men uni yaxshi k o ‘rm ay kim ni yaxshi
ko‘ray? Qizimizni juda yaxshi ko‘rganim uchun kuyovimni ju
da yaxshi ko‘raman. Kuyovimni sevish qizimni sevish de
makdir. Agar qizimga kuyovim qaramasa, men qarashim kerak
b o ‘ladi. Sevikli o ‘g‘illarim, ko‘zim nurlari! Ayol, ona, qiz
oilaning nomusidir. Nomusni saqlash, q o ‘riqlash mard erkak-
larning ishidir. M ana, nomus nimaligini sizlarga o ‘rgatdim.
Men qanday b o ‘lsam, siz ham shunday bo ‘lasiz. Onangiz siz
ning nom usingizdir. M en o ‘lsam, pochchangizga bir gap
b o ‘lsa, opangizga siz qaraysiz, uning nomusini siz q o ‘riqlaysiz.
Shunday ekan, mening aytganimga quloq solib, pochchangizga
m ehr va hurm at ko‘rsatasiz, deydi.»
Shariatda qizini turmushga chiqarib, undan aloqasini uzgan
ota haqiqiy ota hisoblanmagan. Haqiqiy ota qiz farzandini ham
astoydil tarbiyalaydi, ham turm ushga beradi, ham keyinchalik
unga mehribonligini ko‘rsatib turadi. Farzandi, avlodi qadr-
qimmatini bilmagan, avlodiga muhabbati boMmagan, avlodini
yomon yo‘ldan qaytarmagan, to ‘g‘ri yo‘lga boshlamagan ota
haqiqiy, chin musulm on emas, deyiladi.
Shuning uchun ham Hadisi Sharifda har kimki uch qiz
farzand o ‘stirib, ularni turmushga berib, ularga yaxshilik qilish-
ni davom ettirsa, ul kimsa jannatiydir, deyilgan.
Fan va ilm -u m a’rifat taraqqiyotida m uhim o ‘rin tutgan
XIX asming ikkinchi yarmi va XX asr olim, m a’rifatparvar-
27
lari — Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Avaz 0 ‘tar,
Abdulla Avloniy kabilar esa Sharq mutafakkirlaridan ruhlanib,
axloq-odob, oila etikasi va psixologiyasiga oid qator asarlar
yaratdilar.
Abdulla Avloniyning oila pedagogikasi va psixologiyasiga
oid fikrlari ham diqqatga sazovordir. Uning 1913-yilda yozgan
va ] 917-yilda ikkinchi marta nashr qilingan «Turkiy guliston
yoxud axloq» asari Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos
Hojibning «Qutadg‘u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma»,
Sa’diyning «Guliston va bo‘ston», Jomiyning «Bahoriston»,
Navoiyning
«Mahbub ul-qulub»
asarlariga o ‘xshash janrda
yozilgan bo ‘lib, m uallif unda oilada bola tarbiyasi va um um an
oilaning ijtimoiy rolini ochib bergan. Avloniy tarbiya jarayoni
da oilaning va jam oatchilikning o ‘rnini alohida ta ’kidlaydi.
Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida
ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar
g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Bolaning shaxs sifatlariga to ‘xtalib, unda oilaning rolini
ko‘rsatar ekan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladur», — deydi.
«Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq
xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo ‘lsa, har
kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson b o ‘lub chiqar...».
D em ak olim, bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib
q o ‘yadi: “ ... tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlam oq lozim ekan.
Tarbiyani kim qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu
savolga «birinchi uy tarbiyasi — bu ona vazifasidir. Ikkinchi
maktab va madrasa tarbiyasi — bu ota, muallim, mudarris va
hukum at vazifasidir, — degan javob bersak». K o‘rinib turibdi-
ki, Avloniy bolaning mukam m al tarbiyasi nafaqat oilaga, balki
maktab va jam oat tashkilotlariga ham bog‘liqligini e ’tirof etib,
tarbiya masalasini um um insoniy vazifalar darajasida talqin et-
gan.
Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki,
m usulm on olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila m uam m o-
lari bilan shug‘ullangan va shu xususda o ‘zlarining qimmatli
fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko ‘p.
Biz ulam ing ayrimlariga to ‘xtaldik xolos.
28
|