Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Guruhlararo muloqotlar texnologiyasi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
мулокот маданияти

5.3. Guruhlararo muloqotlar texnologiyasi 
Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo'lmagan guruhlar ham mavjud. Bunday 
guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo'ladilar. Chunki ularning 
xarakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi. Bunday norasmiy guruhlar 
tanaffus paytlarida shakllanadi. 7—8 kishidan iborat uyushma muloqot orqali 
birlashadi. Natijada norasmiy guruh paydo bo'ladi. Shunday guruhlar bayram 
konsertlaridan avval, dam olish zonalarida, kechqurun uyda to'planilganda o'z-
o'zidan tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqt imkoniyati chegaralangan. Shuning 


95 
76 
uchun kishi faqat 7—8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo'la oladi. Shuning uchun 
katta jamoada rahbar bilan xodimlar o'rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi. 
Norasmiy guruh a'zosi rahbardan ham guruh a'zolaridan ham bir xil xatti-harakatni 
kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talab, guruh a'zolari boshqa 
talab qo'ysalar nizolar kelib chiqishi, jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin. 
Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, guruh a'zolarining ijobiy munosabati eng 
yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh 
a'zolarining hurmatidan qolish yomonroq. Guruh qanchalik uyushgan bo'lsa, rahbar 
bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a'zosini jamoa 
himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki butun bir guruhni 
boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi qiyin 
bo'ladi. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi. 
Chunki uni tug'diradigan sharoitlar — bu kishilarning qiziqishlari, qarashlari, bir-
birlarini tushunishlaridir. Guruhda kishilarning madaniyat darajasi bir xil bo'lsa, 
bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi 
kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya, simpatiya tez shakllanadi. 
Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlari to'g'ri 
kelmasa ziddiyat kelib chiqadi. Muloqotni barqarorlashtirish hisobiga guruhdagi 
nizolar bartaraf qilinadi. Guruhning o'z qonun-qoidalari mavjud bo'ladi. Guruh 
a'zolari unga albatta bo'ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi 
mumkin. Guruhdagi me'yor, tartib va qoidalar shaxsning shu guruhda o'z o'rnini 
topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a'zolarining fikri 
bilan hisoblashishlari, guruhning fikrini qo'llab-quvvatlashlari lozim. Shundagina 
jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə