Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Milliy g'oya asosida muloqotning shakllanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
мулокот маданияти

1.3.
Milliy g'oya asosida muloqotning shakllanishi 
Milliy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani 
shakllaritirishdir. Bunda muloqot katta ahamiyatga ega. 
Respublikamizda istiqbolda amalga oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. 
Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib 
kelmoqda. Bu g'oyalar: 
1) O'zbekiston kelajagi buyuk davlat; 
2) 
O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo 
etish; 
3)
fuqarolar ongini ma'naviyat mash'ali bilan yoritish
4)
mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash
5) komil insonni kamol toptirish kabilardir. 
Vatanimizning milliy g'oyasi barcha millatlar uchun umumiydir. 
Milliy g'oya fuqarolarning diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar 
baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu 
niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan 
singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali 
mashg'ulotlarni o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala 
treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan 
muloqot treningini tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e'tiborga*olish kerak. 
Muloqot treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun 
yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga milliy 
g'oyani, milliy g'ururni singdirish mumkin. 
Milliy tamoyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy 
natija beradi: 
1.
Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e'tibor berish; 
2.
Vatanimiz bayrog'iga ta'zim qilishga o'rgatish; 



3.
«Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish; 
4.
Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish
5.
Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə