Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Ilk bolalik davrida muloqotning o'ziga xosligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
мулокот маданияти

2.3. Ilk bolalik davrida muloqotning o'ziga xosligi 
Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram bo'ladilar, chunki ularning mustaqil 
harakat qilishlari qiyin. Hatti-harakat xulq me'yorlarini bolalar kattalardan 
o'rganadilar. Bu davrda bola xulqining motivi anglanilmagan bo'ladi. Bolaning 
ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bog'liq. Chunki bola kattalar kutgan 
muloqotni darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga bo'lgan qiziqishini avvalo 
kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo'llash orqali oladi. 
Kattalar agar bola bilan kam muloqotda bo'lsalar, uning nutqi rivojlanishdan 
orqada qolishi mumkin. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj bolada kattalarning muloqoti 
orqali o'sadi. 


Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo'l orqali amalga oshiriladi: 
kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. 
Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so'zlar bilan emas, balki mimika, imo-
ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular 
harakatga signal bo'lib xizmat qiladi. 2 yoshli bolalar oldida o'yinchoqlar turgan 
bo'lsa onasi unga «ber menga» deb o'yinchoqni ko'rsatsa darhol bola uni olib 
beradi. «Mumkinmas», degan so'z bolaning harakatlari to'xtashiga signal bo'lib 
xizmat qiladi. Mas'alan, rozetkaga qo'li tegayotganida, qizib turgan dazmolga qo'li 
yaqinlashayotganida, oyoq kiyimlarga qo'lini tekkazayotganida bu so'zning 
aytilishi bola harakatlarini to'xtashiga olib keladi. 
3 yoshga to'lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga bemalol 
kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o'zi kiyishga harakat qiladi. O'z 
ehtiyojlarini so'zlar orqali bayon qila oladi. Nutqni to'la egallaydi. Bola 
kattalarning ko'rsatmasiga binoan hatti-harakatlarini to'g'ri yo'naltirishga o'rganadi. 
U kattalarning o'zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga harakat qiladi. 
Bu davrda bolalar ertak, hikoya, she'rlarni eshitishni juda yaxshi ko'radi. Bu — 
bolaning tashqi olamni bilishiga katta ta'sir ko'rsatadi. 1,5 yoshli bolalar 30—40 
so'zdan 100 gacha bo'lgan so'zlarni egallaydi, xalos. 2 yoshdan so'ng bolalar 
kattalarga juda ko'p savollar bilan murojaat qiladilar. «Bu nima?», «Nimaga 
bunaqa?» kabi savollar bolaning nutqi o'sayotganidan dalolat beradi. 2 yoshning 
oxirigacha bola 300 ta so'zni o'rganadi. 3 yoshning oxiriga borib, 500 dan —1500 
gacha so'zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom bo'ladi, 
ular nonni «nanna», suvni «umma» kabi iboralar bilan ataydi. Asta-sekin kattalar 
bolalar bilan to'g'ri muloqotda bo'lsalar, bu avtonom nutq yo'qolib boradi, ya'ni 
bola har bir narsani o'z nomi bilan ayta boshlaydi. Bolaning bitta aytgan so'zi uning 
aytmoqchi bo'lgan gapini ifodalab beradi. Masalan, «oyi» desa oyisi bolaga non 
berishi yoki suv olib berishi mumkin. Shu bilan bolaning ehtiyoji qondiriladi. 
Bolani muloqotga o'rgatish uning ruhiy jarayonlari rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir 
etadi. Bu davrda bolalar nimani xohlasa o'sha zahoti muhayyo bo'lishi kerak. Lekin 


buni asta-sekin tarbiyalash orqali yo'qotish mumkin, ya'ni sabrli bo'lishni bolaga 
yoshlikdan o'rgatish lozim. 
3 yoshli bolalarda birinchi «inqiroz» davri boshlanadi. Bu davrda bolalarda 
«hamma ishni o'zim qilaman», «men o'zim» degan tushunchalar shakllanadi. Ular 
qaysar, injiq bo'lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda 
e'tiborliroq bo'lishlari lozim. 
3 yoshdan so'ng bolalardagi krizis (inqiroz) davri sekinlashib qoladi. 
Bolaning kattalar bilan bo'ladigan muloqotlari normallashadi. Bola bu 
yoshda ota-onaning diqqat markazida bo'lmaydi, chunki uning kichik 
ukasi bo'lishi mumkin. Hozirgacha u kattalarning diqqat-e'tiborida 
bo'lgani uchun endi uning fikricha ota-onasi faqat bir-biri bilan 
munosabatda bo'lib, unga e'tibor bermay qo'yishyapti. Unga tushunarli 
bo'lmagan narsalar haqida gaplashadilar. Bu unga yoqmaydi, natijada 
injiq bo'lib qoladi. Haqiqatda esa bola ancha mustaqil bo'lib qolgani 
uchun onasi undan ko'ngli to'lib, kamroq e'tibor beradi, bu esa bolaga 
yoqmaydi. Shuning uchun ota-ona bu davrdagi bolalarga e'tiborliroq 
bo'lishlari lozim. Ko'pincha bola balog'atga yetmaganligi uchun onasi bilan 
yashaydi. Bunday oila noto'liq oila deyiladi. Bunday oilada o'sayotgan bola avval 
otasi yo'qligini his qilmaydi, lekin birdaniga his qilib, u qo'zg'aluvchan, hissiyotga 
beriluvchan bo'lib qoladi. Ota-onalar farzandi uchun mas'uliyatni his qilishlari 
lozim. Chunki bola ota-onasining munosabatlarida aybdor emas. Agar bola 
sog'lom o'ssa, bolalar bog'chasiga beriladi. U yerda bola yangi kishilar bilan, yangi 
tengdoshlari bilan yangicha munosabatlarga kirishadi. 
Bu davrdagi bolalar o'yini ham o'ziga xos bo'ladi. Bolalar o'yinda turli rollarni 
o'ynaydilar. O'yin qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muloqot shakllari bola hali 
guruh bo'lib o'ynamasidan avval, ya'ni o'z-o'zi bilan o'ynaganidayoq shakllanadi. 
Bu davrda bola o'yin o'ynaganida ko'proq o'zining hatti-harakatlariga e'tibor beradi. 
O'zaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi. 4 
yoshli bolalar ko'proq boshqa bolalar bilan muloqotda bo'lishga harakat qiladilar. 
Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan o'yinchoqlarini almashtiradilar, bir-birlariga 


yordam bera boshlaydilar. Hamkorlikda o'ynaladigan o'yinda bolalar bir-birlarini 
tushunishga, bir-birlariga yordam berishga o'rganadilar. Endi bola o'zi 
o'ynamasdan boshqa bolalar bilan o'ynashga harakat qiladi. O'yin o'ynaganda 
bolalar ko'pincha boshliq bo'lishga harakat qiladilar. Kim o'yinni tashkil qilsa u 
doimo boshliq bo'lgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi. O'yindan 
qoniqmagan bola «men o'ynamayman sen bilan,» deb noroziligini bildiradi. O'yin 
vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi. Kichik va o'rta maktabgacha 
yoshdagi bolalarda so'z boyliklari o'yin faoliyati orqali ortib boradi. Mashg'ulotlar 
orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashg'ulotlarda bolalar she'r 
yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. 
O'g'il va qiz bolalar o'rtasidagi munosabatlar bolalar bog'chasida o'ziga xos 
xususiyatga ega. Bolalar bog'chasi bola uchun faqatgina tashqi olamni bilish, 
dunyoni hissiy baholash emas, balki o'z tengdoshlari bilan muloqotda bo'lish 
imkoniyatini beradigan joydir. Bog'chada bolalar jamoasi shakllanadi. Ilk bolalik 
davrida bola o'g'il bola bilan qiz bolani ajrata olmaydi. O'rta maktabgacha 
yoshdagi bolalar esa ajrata boshlaydilar. Kattalar bolaga o'g'il bola qanday bo'lishi 
kerakligi, qiz bola qanday bo'lishi kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, o'g'il 
bola yig'lasa «yig'lama, sen erkak bo'lishing kerak», «qiz bolamisan?» deb, 
qizlarga esa «daraxtga tirmashma, sen qiz bolasan«kabi iboralar bilan 
tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollarning xulq-atvorlariga 
qarab ham o'zlarini qanday tutishni o'rganadilar. O'yin faoliyatiarida erkak va 
ayollarga xos xususiyatlarni namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda 
muloqotning shakllanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni 
rivojlantirish tarbiyachilarning mahoratiga bog'liq, ya'ni mashg'ulotlarning to'g'ri 
tashkil qilinishi muhimdir. 
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar endi o'zlari mustaqil harakat qila oladilar. 
O'zlari yuvinadilar, kiyinadilar. Lekin bari bir ular ota-onalarining erkalashlariga, 
diqqat-e'tiborida bo'lishga harakat qiladilar. Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi 
usullardan foydalanadilar: 


1.Avtoritar uslub — boshqarish qattiqqo'llik asosida olib boriladi. Boladagi 
tashabbus ota-onalar tomonidan taqiqlanadi. Har bir hatti -harakati albatta 
jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar qo'rqoq, jur'atsiz bo'lib qoladilar
o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydilar. Chunki ota-ona ularga sharoit 
yaratib bermaydi. 
2.Liberal uslub — bu usulda ota-ona farzandiga befarq bo'ladi, u nimaga 
qiziqadi, nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon, nima 
yaxshiligini bila olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakat qila olmaydilar. 
3.Demokratik uslub — tarbiyaning mahsuldor usuli bo'lib, unda ota-ona 
farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari bilan hisoblashadi. 
Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani to'g'ri tarbiyalash imkonini 
beradi. 
Ayrim oilalarda bola yolg'iz farzand boigani uchun ota-ona unga barcha 
mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib qo'yishlari mumkin. Yoki bola ukalari 
tug'ilganda ham o'zini yomon his qiladi. Chunki ota-ona endi kichik farzandiga 
ko'proq e'tibor beradi. Bunday holatlarda kattalar bolaga u endi mustaqil ish qila 
olishi, aqlliligini tushuntirsalar, shunda u kichik ukalariga mehrli bo'ladi. 
Tarbiyachi guruhga uyda tarbiyalangan yangi bola kelib qo'shilganida boshqa 
bolalarga u bilan iliq munosabatda bo'lishlarini tushuntirishi lozim. Unga ko'proq 
e'tibor berish, yaxshi muomalada bo'lish kerak, shunda bola yangi muhitga tezroq 
ko'nikadi. Agar tarbiyachi yangi kelgan bolalarga mashg'ulotlar davomida yaxshi 
muloqotda bo'lsa, qolgan bolalar undan o'rganadilar. Tarbiyachi bolalar bilan do'st 
sifatida munosabatda bo'lsa, bunday guruh uyushgan bo'ladi, bir-birlari bilan iliq 
munosabatda bo'lishni o'rganadilar. 
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali iroda sifatlari 
shakllanadi. O'yinda bolaning emotsional rag'batlantirilishi yaxshi natija beradi. 
O'yin faoliyati bolalarning bir-birlari bilan muloqotda bo'lishlarini ta'minlaydi. 
Ayniqsa, rolli o'yinlar orqali bolalarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini 
aniqlash mumkin bo'ladi. Shuningdek, o'yin orqali bolalarda boshqalarga nisbatan 
g'amxo'rlik, to'g'ri munosabatda bo'lish, muomala ehtiyojlarini qondirish amalga 


oshiriladi. O'yin faoliyatida bolalar o'yin qoidasiga rioya qiladilar, «onasi unday 
qilmaydi», «doktor bunday ukol qilmaydi» kabi fikrlari bilan bir-birlarining 
harakatlarini to'g'rilab turadilar. O'yin bolaning kattalar hayotini to'g'ri 
tushunishiga yordam beradi. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj o'yinda qondiriladi. O'yin 
qoidasini buzganda bola samimiylik bilan «endi bunday qilmayman», deydi. 
Demak, o'yin bolani samimiylikka, his-tuyg'ularini tarbiyalashga, boshqalarga 
yaxshilik qilishga, to'g'ri muloqotda bo'lishga o'rgatadi. O'yin qoidasini muntazam 
buzadigan bolalar oxiri yakkalanib qoladilar, qolgan bolalar uni yoqtirmaydilar, u 
bilan o'ynagilari kelmaydi, hatto u bilan muloqotda bo'lishni ham istashmaydi. 
O'yinni musobaqa tarzida tashkil qilishda tarbiyachi ehtiyotkor bo'lishi lozim. 
Chunki o'yinda yutqazgan bolalarda yutgan bolalarga nisbatan ado vat tug'ilishi 
o'yindan so'ng ular nizolarni, keltirib chiqarishi mumkin. 
Bola maktab yoshiga yetganida ham o'yinga bo'lgan ehtiyojini qondirishga 
harakat qiladi. U yangi o'yinchoqqa nisbatan «eski» — o'zining doim o'ynaydigan 
o'yinchog'ini o'ynashni yaxshi ko'radi. Qo'g'irchoq— sadoqat va refleksning 
shakllanishida ajoyib vosita. Bolaning qo'girchog'i bilan bo'ladigan muloqoti uning 
kattalar bilan bo'ladigan muloqotiga taqlid qilishidir. Qiz bolalar ko'proq 
qo'g'irchoqlar, idish-tovoqlar (o'yinchoq) bilan muloqotda bo'lsalar, o'g'il bolalar 
esa turli o'yinchoqlar (samolyot, koptok, to'pponcha, mashina, velosiped) bilan 
muloqotda bo'ladilar. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə