Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 O'smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
мулокот маданияти

2.5. O'smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti 
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma'naviyboy, yangi 
davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib 
tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muam-molaridandir. «Ta'lim to'g'risida» gi 
Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga 
birlamchi e'tibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir yoshlarni muloqot jarayonida 
mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini 
shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. 
Zero, XXI asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo 
muloqotga o'rgatish zarur. O'smirlarni muloqotga o'rgatish uchun ularga 
psixologik, pedagogik adabiyotlarni o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida 
yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik 
o'yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. 
Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma nutq mazmunli, ta'sirli bo'lib, 
grammatik jihatdan tobora to'g'ri, mukammal tuzilib boradi va natijada bunday 
nutq og'zaki nutqning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsata boshlaydi. Bolalar nutqi 
bevosita kattalar nutqi ta'sirida o'sadi. Shuning uchun o'qituvchi nutqi o'quvchilar 
nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. 
O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ularning nutqini o'stirib bo'lmaydi. 
Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga 
e'tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida 
muntazam ishlash, o'qigan matnlarning tezisi (asosiy mazmuni)ni, 
konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma'ruza, referatlar tayyorlash, adabiy 
kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli 
reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir 
tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni 
tuzatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq 
odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. 


Bizning yuksak ma'naviy ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan ehtiyoj. 
Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi. Shuning uchun 
biz doimo muloqotga bo'lgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir 
muloqotdan qoniqish, ba'zi hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi 
kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, 
xizmat yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda 
(oila), mahallada, ko'cha-ko'ylarda bo'ladi. 
Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya'ni bir-
birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba'zi paytlarda muloqot 
buzilishi ham mumkin. Chunki ular ham ayrim paytlarda bir-birlarini 
tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari, ko'ngilga og'ir botadigan gaplar aytib 
yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot 
madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari 
oson kechadi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta'sirida, o'z-
o'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga 
namuna, ibrat bo'lishimiz bir-birimizga bo'lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə