Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
мулокот маданияти

2.4. Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti 
Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari 
yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, 
tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan boisa, endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari 
bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu davrda mas'uliyat hissi shakllanadi. 
Bolalar nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi katta rol o'ynaydi. Bola 
maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, maktabda esa u gaplashayotgan til 
o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish 
jarayonida bola nutqining fonetik jihati to'g'ri bo'lib boradi, nutqning sintaksis 


tuzilishi takomillashadi. Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish 
jarayonida o'quvchi nutqining lug'ati boyiydi, so'zlarning mazmuni uning uchun 
chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining 
o'sishida muhim bosqich bo'ladi. Bola o'z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga 
harakat qiladi. O'quvchi o'qituvchining topshirig'iga binoan yozma ishlar 
bajarayotganda o'zining shu ishiga o'z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga 
qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. O'quvchi maktabda berilgan 
topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o'zigao'zi gapirib berishni mashq 
qilib turishi nutqining o'sishiga katta ta'sir qiladi. Bolalar nutqining o'sishida 
o'qituvchining nutqi katta rol o'ynaydi, chunki uning nutqi o'quvchilar uchun 
namuna hisoblanadi. Shuning uchun o'qituvchi o'z nutqini takomillashtirish ustida 
ishlashi kerak. Maktabda bolalar uchun eng avvalo faol ishlatiladigan so'zlarning 
miqdori oshadi. Yozma nutqni, o'qish va yozishni o'zlashtirish o'quvchi hayotida 
hosil qilingan malaka hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni 
bir-biriga qo'shish orqali so'z tuzish malakasini egallab olgach, ba'zida main 
mazmunini noto'g'ri tushunadilar. Unga o'quvchilarning so'z boyligining kamligi 
yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab bo'ladi. Shu munosabat bilan o'qituvchi 
oldida bolalarda lug'at boyligini oshirish va ularni o'qigan narsalari yuzasidan 
mustaqil reja tuzishga barvaqtroq o'rgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola 
harf va so'zlarni yozishda katta qiyinchilikka duch keladi. Dastlab bola butun 
e'tiborini yozish texnikasiga va o'tirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. Avval 
bolaning yozma nutqi uning og'zaki nutqi orqali belgilanadi, ya'ni u so'zni qanday 
talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bo'yicha 
muntazam mashqlar o'tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli 
o'zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan 
foydalanilmaydi. Shu bois bolalarning yozma nutqlari ularning og'zaki nutqiga 
qaraganda ancha bo'sh bo'ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta'sirida o'sadi. Shuning 
uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og'zaki va yozma 
nutqni o'stirish bilan birga nutq madaniyatini ham o'rgatib borishlari zarur. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə