Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
мулокот маданияти

intim hudud 
(oralig'i 15—45 sm) ga 
eng yaqin va tanish odamlargina kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muhiti
past ovoz, taktil aloqa. Intim hududga begonalarning kirishi organizmda muayyan 
fiziologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi (yurak urishi tezlashadi, adrenalin 
ajralishi ko'payadi). 
Shaxsiy hudud 
(45—120 sm) da tanishlar hamkasblar 
muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq 
davom etishi, verbal muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo'lishi. 
Ijtimoiy 
hudud 
(120 -400 sm) da begona kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy 
belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega bo'lishi, suhbatdoshlar bir-birini 
yaxshi tanimasligi. 
Ommaviy hudud 
(400 sm va undan ortiqroq) da kishilarning 
katta guruhi bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning 
yo'qligi, noverbal signallar rolining ortishi. 
3.
Vizual kontakt ko'zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan iborat. Psixologik 
tajribalardan ma'lum bo'lishicha, suhbatdoshlar bir-birining ko'zlariga tikilishi 
bilan o'zidagi yoqtirish, sadoqat yoki aksincha, (agressiv) tajovuzkor reaksiyalarga 
tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suhbat davomida kishilar ko'zlar 
to'qnashuvidan o'zlarini saqlaydilar. Ayollar erkaklarga nisbatan vizual kontaktga 
ko'proq moyildirlar. Odamning emotsional holati ta'sirida ko'z qorachig'i kengligi 


o'zgaradi. Salbiy emotsiyalar ta'sirida qorachiq torayadi, ijobiy emotsiyalar ta'sirida 
esa kengayadi. 
Mutaxassislar maslahatiga ko'ra, ijobiy va ishonchli munosabat o'rnatish uchun 
suhbatdoshlar vizual kontakti butun muloqot vaqtining 60—70%ini egallashi 
kerak. Odam samimiy bo'lmasa yoki uyalayotgan bo'lsa vizual aloqa butun 
muloqot vaqtining 1/3 qismini egallaydi. Agar vizual kontakt butun muloqot 
vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu holat odamga nisbatan qiziqish kuchlihgini 
(bunda ko'z qorachig'i kengayadi) yoki salbiy munosabat kuchliligini ko'rsatadi 
(bunda ko'z qorachig'i torayadi). Ammo vizual aloqada milliy xususiyatlarni 
inobatga olish kerak. Janubiy Yevropa xalqlarida suhbatdosh ko'zlariga uzoqroq 
tikilish odatiy holat. Ba'zilarga bu haqorot bo'lib tuyulishi mumkin. Yaponlar 
yuzga nisbatan bo'yinga ko'proq qaraydilar. Vizual kontakt 10 soniyadan 
ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suhbatdoshlarning yuzma-yuz 
emas, ma'lum burchak ostida (90 gradus) bir-biriga yuzlanishidan iborat. Bunday 
joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi va harakatlarning erkin bo'lishini 
ta'minlaydi. Demak, noverbal muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan 
foydalaniladi. Ulardan foydalanish ko'pincha ongsiz ravishda amalga oshadi. 
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan 
holda o'zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo'lib 
kelgan. Bu hoi subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish 
ehtiyojini keltirib chiqaradi. Muayyan yoshda bola aniq-ravshan nutqni egallay 
boshlaydi, bir yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo'ladi. 
Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «o — pa», «bu — vi» 
kabi ohangdosh so'zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret 
shaxslarga — ona — ota — buviga bogiaydilar va bolaga ana shu ohangdosh 
so'zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog'lanishi qaror 
topishiga («bu sening buving») yordamlashadilar. Bola so'zni talaffuz qilarkan, 
istaganiga erishishga — e'tiborga, erkalatilishga, o'yinchoq kabilarga erishishga 
intiladi. So'z aloqa vositasiga aylanadi. Qo'llanadigan so'zlar soni to'xtovsiz orta 
boradi va 2 yoshda bolalarning so'z boyligi kengayib, ularning grammatik 


shakllarini to'g'ri ishlatishi ham mumkin bo'lib qoladi. Jumlalar murakkablashib va 
uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo'lgan yillar 
davomida muttasil boyib boradi. 
Maktabda o'qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda 
muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli 
munosabat shakllantiriladi. Til o'qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil 
predmetiga aylangan holda o'quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan 
qonunlar ta'siriga bo'ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o'quvchilarda nutqiy munosabatga 
kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli katta. Bu o'rinda ham 
o'qituvchining erkin hamda aniq-ravshan nutqi o'quvchilar nutqi va tafakkurini 
rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq 
madaniyati — o'qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim 
shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o'ziga xos tazrda shakllanib, 
takomillashib boradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə