Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
мулокот маданияти

aksial 
(bunda axborot ayrim konkret odamlargagina 
yo'naltiriladi) yoki 
retial 
(bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan 
retsipiyentlarga y o'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin. 
Kommunikator retsipiyent uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ 
rollar» o'zgargach biladi. Chunki bunda retsipiyent kommunikatorga aylanib 
avvalgi kommunikatorga qabul qiigan axborotning mazmunini qanday 
tushunganligini bildiradi. Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida 
quyidagi tizimlardan foydalaniladi: 
1.
Optik-kinetik tizimga imo-ishoralar (qo'l motorikasi), mimika (yuz 
motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning 
muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o'rganish uchun alohida soha-
kinesika shakllangan. 
2.
Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo'lib, unga ovoz sifatlari, 
diapazoni kiradi. Ekstralingvistik tizimga to'xtalishlar, yo'talib qo'yishlar, yig'i, 
kulgu, nutq tempi kiradi. 
3.
Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi 
joylashuvi va kommunikatsiya vaqti kiradi. 
4.
Vizual kontaktga ko'zlar orqali muloqot qilish kiradi. Dastlab muloqotning 
bunday turi faqat intim muloqot doirasidagina bo'lishi 


mumkin, deb hisoblangan. Ammo so'nggi tadqiqotlar vizual kontakt boshqa 
sohalarda, ya'ni tibbiyot, pedagogika, boshqaruv kabilarda ham kuzatilishini 
isbotlamoqda. 
Noverbal kommunikatsiya tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol 
o'ynaydi. Ular nutqni to'ldiradi, uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon 
ishtirokchilarining emotsional holatini aks ettiradi. 
Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o'rtasida bilish yoki baholash tarzidagi 
axborot almashishda namoyon bo'luvchi o'zaro ta'sirdir. 
Muloqotning o'zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko'rsatish jarayonida 
odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana 
shu umumiy narsa muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til 
muloqotga kirishuvchilar o'rtasida aloqa bog'lanishini ta'minlaydi. Uni bu maqsad 
uchun tanlangan so'zlar mohiyatiga ko'ra kodlashtirgan holda axborotni ma'lum 
qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya'ni uning ma'nosini oshkor 
etgan va ana shu axborot asosida o'z xulq-atvorini o'zgartirgan holda bu axborotni 
qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. 
A.V. Petrovskiy fikricha, axborotni boshqa kishiga yo'llayotgan kishi 
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipiyent) munosabat va 
birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va 
kodini ochishning bitta yagona tizimidan foydalanishlari, ya'ni bitta tilda 
so'zlashishlari kerak. Mohiyat — belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni 
ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo'lgan jihatidir. Qurol odamlarning 
mehnat faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va 
munosabatini namoyon qiladi. 
So'zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish va 
uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Til yordamida muloqotga kirishish 
tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in'ikosi boshqa odamlarning 
miyasida aks etayotgani bilan doimiy ravishda to'ldirilib turadi — o'y-frkrlarini 
ayirboshlash, axborot uzatish ro'y beradi. O'qituvchi u yoki bu so'zni ishlatganda 
uning o'zi ham, uning tinglovchilari ham yolg'iz o'sha bitta hodisani nazarda 


tutishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar tizimi kishining 
butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. 
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan 
birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o'rnatishi, o'zaro tushunishga 
erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda 
muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot jihati — kommunikatsiya sifatida 
namoyon bo'ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o'zi yasagan predmetda 
o'zini 
«translyatsiya» qiladi, ya'ni o'zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan 
predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o'tqazilgan daraxt) bir tomonidan 
faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o'zini ko'rsatadigan vositadir. Chunki 
bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. Shunday qilib, faoliyat muloqotning bir 
qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot 
va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi. 
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o'rtasidagi 
kommunikatsiyani ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, axborotni qabul 
qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) 
va uni qabul qiluvchi (retsipiyent) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi 
kerak, aks holda bir-birini to'g'ri tushunolmaydi. Axborot almashishda bola onasiga 
savollar beradi va u javob beradi, bu javoblardan bola o'z faoliyatida keyinchalik 
foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy 
bilimlarning bu qismini bola til shaklida, til yordamida so'z belgilari tizimida hosil 
qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo'ladi: o'quvchi olam haqida barcha 
bilimlarni o'qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya'ni til yordamida 
o'zlashtiradi. Bu yerda til o'zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya'ni 
yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o'zlashtirish vositasi tarzida 
namoyon bo'ladi. 
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko'pincha 
ijtimoiy qiymatga ega bo'lmagan o'zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. 
Masalan, men oshxona tomon yo'l olaman. Yo'lda o'rtog'im uchrab menga: 


«oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma'lum bir 
tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo'nayman. Bu yerda til 
o'zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki 
odamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo'ladi. Har 
qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta'sir qilishdan 
iboratdir. 
Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va fao-liyatlarini har bir 
ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning «shaxsiy» tajribasi, o'z 
individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o'ziga xos 
aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o'laroq, o'z harakatlarini rejalashtira 
oladi. Bunday rejalashtirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy 
quroli tildir. Demak, biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, 
tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasidir. So'z belgilar tizimi sifatida tildan nutq 
faoliyatida foydalaniladi. 
Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o'rnatish, o'z harakattarini rejalashtirish 
maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyati aloqa jarayonining o'zidir. 
Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: faol va passiv nutq. So'zlovchining 
nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki, tashqi 
nutqqa bo'linadi. Tashqi nutq — yozma va og'zaki nutqqa, og'zaki nutq esa 
monolog va dialogik nutqqa bo'linadi. Monolog — bir kishining o'ziga yoki 
boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu — o'qituvchining bayoni, o'quvchining toiaroq 
javobi, ma'ruza va boshqalar. Monologik nutq maium qiyinchiliklarga ega. 
Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning 
saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e'tibor berish kerak. 
Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda 
o'quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e'tibor berish kerak. Ikki 
yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon 
qilinayotgan fikr ko'p jihatdan undan oldingi fikrga bog'liq bo'ladi. Dialogik nutqda 
suhbatdoshlarga ma'lum bo'lgan ayrim so'zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun 


yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo'lmasligi mumkin. 
Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya'ni odatlanib qolgan so'z birikmasi 
ko'p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). 
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. 
Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi (bosqichi) sifatida 
namoyon bo'ladi. Biz ba'zida so'zni chala — yarim aytishimiz bilanoq 
tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og'zaki nutq aktlaridan, xususan ixtiyoriylik 
darajasi ancha yuqori bo'lgan og'zaki nutqdan yuksakroq sodir bo'lishi mumkin. 
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo'lib, yozma nutq monologik 
nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Yozma nutq tufayli kishilar to'plagan tajribani 
avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoniyati bor. Yozma nutq 
piktografiyadan (biror narsa yo hodisa ifodalangan ramziy surat) minglab so'zlar 
bir necha o'nlab harflar yordamida ifoda etilayotgan hozirgi zamon yozuviga qadar 
rivojlandi. Ko'pincha bir narsani yozib qo'yish — uni anglab olish va eslab qolish 
demakdir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə