Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
мулокот маданияти

3.2. Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya 
Nutq o'zining fiziologik negiziga ko'ra, eshitish va harakat analizatorlari 
faoliyatini bajaradi. Miya qobig'ida tashqi olam tomonidan bo'ladigan turli xil 
qo'zg'atuvchilar bilan so'zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush 
paychalari, xiqildoq, til va boshqa a'zolar harakati o'rtasidagi muvaqqat 
bog'lanishlar o'rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So'z, 
LP. Pavlov fikricha, «signallar signali»dir. Nutqni dasturlashtirish — nutqiy 
ifodaning, ya'ni kishi bildirmoqchi bo'lgan fikming ma'naviy o'zagini tuzish — 
birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich — jumlaning sintaktik tarkibini 
tuzishdan iborat. Nihoyat, jumla ovoz chiqarib aytiladi, ya'ni nutq real tarzda 
ro'yobga chiqadi. Shunday qilib, «gapirish» jarayoni boshlanadi. Bu jarayon 
davomida kommunikator uzatilishi lozim boigan axborotni kodlashtiradi. 
Retsipiyent tinglash jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu 
kommunikator aytmoqchi bo'lgan so'zning anglab yetilishini ta'minlaydi. 


XIX asrning o'rtalaridayoq olimlar miyaning ba'zi bir qismlari ishidagi buzilish 
nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka 
bemorlarda chap yarimsharning pastki peshona qismidagi burmalari orqa 
tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so'zlarni talaffuz etishda buzilish 
ro'y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarimsharning ustki chakka 
qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so'zlarni 
tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to'qimalarining ushbu 
qismlari harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish («Vernike 
markazi») «markazlari» deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan 
psixofiziologlar (A.R. Luriya, N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin va boshqalar) ning 
ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari («Nutq 
markazlari») faoliyatidan ko'ra ko'proq yaxlit holdagi miya faoliyatining murakkab 
tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq-ravshan bo'ldi. Shunday qilib, nutq 
funksiyalarining jo'shqin, ya'ni anatomik tarzda emas, balki harakatchan tarzda 
cheklanishi to'g'risidagi tasavvur tarkib topdi. Bu — markaziy asab tizimining 
keng ravishda kompensatsiyalab (o'rnini to'ldirib) turish imkoniyatlaridan 
foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to'g'rilashida juda katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, 
pauza, poza (holat), ko'z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal 
kommunikatsiya — so'zni to'ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o'rnini bosadi. 
Bolgarlarda boshni qimirlatish «yo'q» degan ma'noni anglatsa, ruslarda uning 
aksini anglatadi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha 
bo'ladi. Masalan, bolalar ko'pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o'z xohish va 
kayfiyatlarini o'tkazishda yig'idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so'z 
bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya 
vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. 
O'rtog'ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga hamdardlik 
bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini 


g'amgin tutadi, past ohangda, qo'llarini yuziga yo peshonasiga qo'ygan va boshini 
chayqagan holda chuqur xo'rsinib gapiradi va h.k. 
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida 
turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo'llanayotgan 
vositalarning axborotni so'z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga 
muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday 
muvofiqlik ham og'zaki, ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining 
quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir. 
Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol o'ynaydi. 
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar, mimika va 
pantomimika yordamida ifodalanadi. Noverbal belgilar nutqni to'ldiradi, ba'zida 
uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional holatini 
aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va 
ularning mazmunini tushunish juda muhimdir. 
Noverbal muloqotda quyidagi belgilar tizimlaridan keng foydalaniladi: 
1. Kinetik belgilar tizimi imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat. 
Masalan, rost so'zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko'rsatishdan qo'rqmaydi. 
Aksincha, yolg'onchi ularni berkitishga harakat qiladi. Suhbatdoshdan o'zini yuqori 
tutish belgilaridan biri — butun kaft cho'ntakda bo'lib, bosh barmoqning tashqariga 
chiqarib qo'yilganligidir. Shubhalanuvchanlikni odatda og'izni qo'l bilan 
himoyalash, burunga tegib qo'yish, qovoqlarni silab qo'yish, quloq ortini yoki 
bo'yinni qashlab qo'yish bildirib qo'yadi. Dahanni silab-silab qo'yish qaror qabul 
qilishga qiynalishni ko'rsatadi. Asabiylik holati kishining biror narsaga — bilak 
uzugi, soati va shu kabilarga hech qanday maqsadsiz qayta-qayta tegib turishi 
ostiga yashirinadi. Stulning ustiga «minib», oyoqlarni keng yozib o'tirishdan 
odamdagi dominantlikka (ustunlikka, hukmronlikka) moyillikni sezish mumkin. 
Oldinga chiqarilgan oyoq, ayniqsa, uning uchi bilan yer depsinayotgan bo'lsa, 
dominantlik yaqqol namoyon bo'ladi. Bosh orqasida chalishtirilgan qo'llar, 
ayollarda belga tiralgan mushtlar ham dominantlikka intilish munosabatidan darak 
beradi. Kiyimdagi yo'q changlarni qoquvchilar bunday harakati bilan suhbatdosh 


fikriga e'tiborsizligini yoki qo'shilmasligini ko'rsatadi. Qo'llarini boshining 
orqasiga o'tkazib, oyoqlarini chalishtirib o'tirgan kishi vaziyat to'la uning nazorati 
ostida, deb hisoblaydi. O'tirganda qo'llarni tizzaga qo'yish harakatga darhol 
tayyorlikni bildiradi. Suhbatni tugatmoqchi bo'lgan kishi qo'llarini tizzasiga qo'yib, 
qaddini biroz oldinga egadi. Odam gapira turib oyoqdan oyoqqa ko'chaversa, 
tezroq ketishga harakat qilayotganligini, suhbat unga yoqmayotganligini yoki 
shoshayotganligini taxmin qilish mumkin. Ko'krak qafasini berkitish himoyalanish 
alomatidir. Bunda qo'llar ko'krak qafasiga chalishtirilgan, qaddi-qomat egilgan 
bo'lishi mumkin. Agar kishi dahanini kafti bilan tirab o'tirgan bo'lsa, bu ko'pincha 
diqqat bilan tinglayotganligi va o'ylanib qolganligini bildiradi. 
2.
Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi 
joylashuvidan iborat. Muloqot davomida kishilar o'rtasidagi munosabat to'rt xil 
hududdan birida amalga oshadi. Jumladan, 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə