95
50
kayfiyati, o'z hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi
kabilar.
2.
Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq qilish. Bolaning
rasmiga qarab uning turli
hissiy holatlarini aniqlang (qoniqishi, qiynalayotgani, muvaffaqiyatsizligi,
ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari axboroti bilan taqqoslang.
4.6.
Oilada pedagogik muloqot
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega. Uning oxiri va avvali
yo'q. Biz bolani tug'ilgandan boshlab tarbiyalaymiz. Bola ota-onasining xatti-
harakatlarini taqlid qilish orqali o'rganadi, ular aytgan so'zlarni takrorlaydi. Demak,
ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo'lishi kerak. Oiladagi
tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o'rtasidagi doimiy muloqotdir.
Bolaning tarbiyasi yaxshi bo'lishi uchun uni sevish kerak. Biz bola bilan
muloqotga necha minut vaqt ajratamiz? Shuni o'ylab ko'rish kerak. 1
soat vaqt
ajratsak, bu yaxshi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-ona va bola o'rtasidagi
muloqot bir sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 minut muloqotda bo'lar
ekan: «qorning ochmi? nima yeysan?» kabilar tarzida. Bola savol bersa ayrim ota-
onalar javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan ovora, ota gazeta o'qish
bilan. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu muammo bo'lishini biz.kattalar
bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak. Moddiy g'amxo'rlik bolaga, uning
tarbiyasi uchun, muloqoti shakllanishi uchun yetarli emas. Bolaning qalbiga quloq
sola bilish muhim. Ota-ona o'rtasidagi nizolar kelib chiqishining
sabablaridan biri
bolaga e'tibor bermasligidadir. Nima uchun biz hamkasblarimiz bilan, do'stlarimiz
bilan qancha muloqotda boisak ham qoniqmaymiz, lekin farzandimiz
bilan kam
muloqotda bo'lamiz?
Ota-onaning e'tibori oilada hissiyot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Shunday savol tug'iladi: Nima uchun o'smirlar jinoyatchilik ko'chasiga kirib
qolayapti? Masalan, o'smirlar keksa kishini kaltaklashayapti. Demak, biz kattalar
farzandimizga e'tiborliroq bo'la olmayapmiz. Ularning ko'ngliga quloq
solmayapmiz. Ularda boshqalar g'amiga hamdard bo'lish tuyg'usini shakllantira
95
51
olmayapmiz. Yoshlar bilan moda haqida gaplashsangiz ular siz bilan ko'ngildan
muloqotda bo'ladilar. Shu tariqa ularning ko'ngliga qo'l solish mumkin.
Bolalar bilan ota-ona o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkillashtirish uchun
turli to'siqlar xalaqit beradi. Jumladan, band bo'lish «to'sig'i»— ota-onalar doimo
band bo'lishadi, bolaga e'tibor berolmaydilar, chunki ularning uy yumushlari ko'p.
Bu bolada hissiy rivojlanishning to'xtashiga olib keladi. Ikkinchi to'siq — yoshga
bog'liq bo'lib, bunda kattalarning yoshi ulug' bo'lgani uchun bolani tushunmaydilar.
Bolaning ichki dunyosini hisobga ololmaydilar. Kattalar uchun arzimaydigan
narsalar bola uchun muhim bo'lishi mumkin. Eski qolip «to'sig'i»— ota-onalar o'z
bolasining yoshi ulg'ayib borayotganini sezishmaydi. Farzand ulg'ayib borgan sari
ota-onasining u bilan hisoblashishlarini istaydi. Shuning uchun ular o'rtasida
tushunmovchiliklar, nizolar tug'iladi. Biz kattalar farzandlarimiz bizni doimo
tinglashlarini xohlaymiz, bizga bo'ysunishlarini istaymiz. Ularning mustaqil
fikrlarini eshitishga erinamiz. Demak, kattalar bolaga nisbatan eski qarashlarini
yo'qotishlari lozim. Shunda o'rtadagi to'siq yo'qoladi.
Tarbiyaviy an'analardagi «to'siq» — ota-onalar oiladagi ilgarigi tarbiyaviy ta'sir
usullarini qo'llaydilar, bolaning ruhiy rivojlanishi darajasini hisobga olmaydilar.
Ular o'z malakalarini oshirish ustida ishlamaydilar. Natijada bola bilan o'rtalarida
to'siq paydo bo'ladi, ular bir-birlarini tushuna olmaydilar.
Didaktizm — bunda ota-onalar bolaga doimo aql o'rgatadilar. «Unday qilma,»
«bu to'g'ri, bu noto'g'ri» va h.k. Bolaning har bir qadami o'lchanadi, baholanadi. Bu
esa bolada zo'riqishni yuzaga keltiradi, asabiy bo'lib qoladi. Demak, yuqoridagi
«to'siqlar»ni yo'qotish uchun ota-ona farzandi bilan to'g'ri muloqotda bo'lish
yo'llarini izlab topishi kerak. Shundagina bola bilan til topisha olishlari mumkin
bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: