95
47
—bugungi muloqot ko'ngildagidek bo'lmasa, uni tuzatishga harakat qiling;
—darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya ( vaziyatni yaratish,
real hayotda
bor narsani ko'rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;
—
auditoriya bilan ish boshlashdan avval faqat o'zingizning pedagogik
materiallaringiz haqida emas, balki
bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida
o'ylang.
2.
Pedagogik faoliyatning muhim jihati — e'tiborni o'ziga tortish
bo'lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars
jarayonida bolaning diqqati barqaror bo'lishi kerak. O'ziga jalb
qilishning quyidagi usullari mavjud:
—verbal muloqotda bo'lish (nutqiy);
—tanaffus qilish;
—harakatli (doskaga yozish, ko'rgazmani osish);
—aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qoilash).
Darsda ko'pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha,
yuz ifodasi va imo-ishoralar orqali ma'ruzada 40% axborot beriladi.
3.
Obyektning (kishi) qalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni
tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich
kommunikatsiyani o'ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni bayon
etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O'qituvchining o'quvchini
tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi.
4.
Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya'ni
o'qituvchining yangi materialni o'quvchilarga og'zaki bayon qilib berishidir.
Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida
pedagogning so'zi obrazlar qo'zg'atuvchisi bo'lib hisoblanadi.
5.
Pedagog bilan tinglovchi o'rtasidagi o'zaro harakatda hayajonni uzatishning
kommunikativ vositalari muhim rol o'ynaydi. Jumladan, pedagogning nutqi jonli,
ohanglarga boy,
tushunarli, aniq, sodda tilda bo'lishi kerak. Shunda
tinglovchilarning idroki to'liq, obrazli bo'ladi.
Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o'z ichiga oladi:
95
48
a)
pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga qaratilgan
mashqlar;
b)
berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini egallashga
qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo'lishi uchun bir nechta nafar pedagog
birlashgan holda ish olib borishi lozim. Yosh pedagoglar uchun birlashgan
seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi natija beradi. Tajribali pedagog
rahbarligida treninglar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich — hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni o'rganish.
Masalan, xayolan
auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing, yuring, materiallarni
tayyorlang, stolga o'tiring, kitobni yoki jurnalni oching, eshikni yoping, tashqariga
chiqing. Bu harakatlarni yana
bir marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni
o'rganing.
2-bosqich — pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini shakllantirish.
Qo'llaringizni qimirlating, his qiling, qayerga sizning quvvatingiz boryapti
(bo'yningizgami, boshqa barmog'ingizgami, qo'lingizgami); ortiqcha og'irlikni
(zo'riqish) yo'qotishga harakat qiling, barmog'ingizni qattiq ushlang bo'yningizni,
keyin yelkangizni bo'sh qo'ying, qo'lingiz erkin harakat qilsin, ko'rsatgich
barmog'ingiz esa qattiq tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni
bo'shatishga harakat qiling, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha.
Keyin 5 gacha sanab barcha muskullaringizni yana bo'shatishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: