2)
pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo'lgan muloqot tizimi;
3)
aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda
namoyon bo'ladigan muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va ta'lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta'sir xusu-siyatlarini
muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:
a)
pedagogning
kommunikativ imkoniyatlari;
b)
pedagog va tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar tabiati;
d) pedagogning ijodiy individualligi;
e)
o'quvchilar jamoasining xususiyatlari (Kan — Kalik. yvvrejno
o neaarorHHecKOM o6meHHH. 97-bet).
Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
1.
Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
2.
Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot.
3.
Masofadan turib muloqotga kirishish.
4.
Qo'rqitish (qo'rquv) asosidagi muloqot.
5.
Soxta obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot. Birinchi
uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi (axloqi)
tashkil etadi. Bu uslub haqida M.O. Knebel, LP. Volkov, V.F. Shatalovlar o'z
fikrlarini bildirganlar. Ularning fikricha, bolalar bilan bo'ladigan munosabat va
pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.
Ikkinchi uslub asosan do'stona munosabatlar, o'quv-tarbiyaviy faoliyatda
shakllanadi. Do'stona munosabatlar muloqotning boshqarihshini ta'minlaydi.
Maroqlilik bilan do'stona munosabat birgalikda rivojlanadi.
Pedagog bir tomondan
bolalar uchun yaqin o'rtoq, ikkinchi tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi
bo'lishi lozim.
Uchinchi uslub, ya'ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga
ega. Pedagog bilan o'quvchi o'rtasida muayyan masofa bo'lishi kerak.
Masofa juda
uzoq bo'lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti
shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obro'-e'tibori ortadi.
95
46
To'rtinchi uslub — qo'rqitish asosidagi muloqot boiib, bu uslub muloqotning
negativ shaklidir. Ba'zi pedagoglar o'quvchilarni qo'rqitish orqali muloqotda
bo'ladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan bo'ladi.
Ayniqsa, katta auditoriyada ma'ruza o'qiydigan ma'ruzachilar auditoriyani shu
uslub asosida boshqaradilar. Juda
qattiq turib, tinglovchilarni qo'rqitib pedagogik
muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman, deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu
o'zaro tushunishga to'sqinlik qiladi.
Beshinchi uslub — soxta obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan
muloqot bo'lib, yosh o'qituvchilar malakasi yetarli bo'lmagani uchun yolg'on
ishlatadilar. Bu bilan o'qituvchi o'quvchi bilan tezroq muloqotda bo'lib olishga
harakat qiladi. Bunday usulni qo'llaydigan pedagogda umumiy pedagogik va
kommunikativ madaniyat yetishmaydi. Demak, pedagoglarning fikricha, birinchi
va ikkinchi uslub asosida muloqotga kirishishigina yaxshi natijalarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: