Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
мулокот маданияти

1.4.
Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari 
O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida 
birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar milliy 
istiqloldan so'ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir 
qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar 
davom etmoqda, o'zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, 
ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada 
uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining 
asosiy maqsadi, avvalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, 
o'qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini 
singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlarni muloqotni shakllantirish 
orqali yaxshilashdir. 
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 
1) 
hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta'sir va 
muloqot qonuniyatlarini o'rganish; 
2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish
3)
o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini 
ta'kidlab o'tish; 
4)
o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni 
shakllantirish; 
5)
shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish
6) o'zaro ta'sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish. 
Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan 
vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng 
tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif etgan 
tasnif): 



l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini ta'minlash 
vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. 
Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda 
nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal 
kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: 
—kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika); 
—paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar); 
—proksemika (masofa va vaqt me'yorlari); 
—vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa); 
—takesika 0ismoniy aloqa). 
Ba'zida muloqotdagi individlarning hidlari ham o'ziga xos belgilar tizimi 
sifatida baholanadi. 
2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulq-atvorining 
regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta'minlash vazifasi. Kishilar muloqot 
jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, 
maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta'sir o'tkazishi, biror harakatga undashi va 
harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va 
korreksiyalovchi tarzda ta'sir ko'rsatishi mumkin. 
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya 
(boshqarish) qilinishini ta'minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining 
eng muhim determinantasidir. Chunki turli-tuman emotsional holatlar muloqot 
jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. 
L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi vazifalari 
ajratiladi: 
—aloqa o'rnatish vazifasi — suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash; 
—informatsion vazifa — suhbatdosh bilan muayyan ma'lumotlar, fikrlar va 
rejalarni almashish; 
—faoliyatga undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish 
(rag 'batlantirish); 



—koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil 
etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish; 
—tushunishni ta'minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini 
tushunish; 
—amotiv vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg'otish hamda ularni 
o'zgartirish; 
—munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, 
mavqeni aniqlash; 
—ta'sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, 
maqsadlarini o'zgartirish. 
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya'ni ko'p vazifali hodisadir. 
Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini 
shakllantirishimiz zarur: 
—muomala madaniyatining nazariy asoslari
—shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari; 
—pedagogik muloqotning qonuniyatlari; 
— oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar haqida 
tasavvurga ega bo'lish; 
—shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; 
—muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish
—shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; 
—muloqot xossalarini bilish va qo'llay olish; 
—guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; 
—oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish; 
— muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar 
tashkil etish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə