Pul bozori. Pul bozorida muvozanat. I kirish I bob pul bozori



Yüklə 411,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix29.11.2023
ölçüsü411,88 Kb.
#141863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Pul bozori. Pul bozorida muvozanat. I kirish I bob pul bozori

M · V* = P · Y
(Fisher tenglamasi), bundan:

P · Y 
M= ----------- 
V* 
P · Y – nominal YAIM mikdorini bildirishini va doimiy mikdorligini xisobga 
olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul mikdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va 
xizmatlar mikdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal 
YAIM o`zgarishiga boglik. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik 
nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir 
ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan. 
Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real 
YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iktisodiyotda 
baxolar darajasi barkaror bo`ladi. 
Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij 
tenglamasidan xam keng foydalaniladi: 
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari mikdor.
k - koeffitsientni nominal pul mikdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini 
ko`rsatadi. 
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy 
aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash 
imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi. 
Pulga real talab kuyidagi ko`rinishda xisoblanadi:
(M/P)
 D
= k Y 
Bu erda: M/R – “real pul koldigi”, “pul mablaglarining real zaxirasi” deb 
nomlanadi. 
 



1.2. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori. 

Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni 
nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi: 
1.
transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab); 
2.
extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum 
mikdorda nakd pullarni saklash); 
3.
spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar 
sotib olish uchun pulga talab). 
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari 
bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, 
ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga 
xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. 
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni 
afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab 
mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab 
turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd 
pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. 
Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab 
turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun 
foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab 
turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: 

Yüklə 411,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə